Normativ-huquqiy hujjatlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi


Download 26.9 Kb.
bet3/5
Sana08.06.2023
Hajmi26.9 Kb.
#1463081
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat huquq asoslari va konstitutsiyaviy huquq kazus

Huquqiy pretsedent (lot. praecedens - avvalgisi, oldingisi). Huquqiy pretsedent – sud yoki ma’muriy organning yozma yoki og’zaki qarori bo‘lib, bu qaror kelgusida barcha shunga o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun asos bo‘ladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va ma’muriy pretsedent shakllari mavjud. Huquqiy pretsedentning sud pretsedenti shakli AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi umumiy huquq amalda bo‘lgan davlatlarda huquqning manbasi sifatida keng qo‘llaniladi.
Normativ-huquqiy hujjat – vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjat umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi hamda o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi:
– davlat nomidan qonunda belgilangan tartibda qabul qilinadi;
– vakolatli sub’ektlarning huquq ijodkorligi faoliyatining mahsuli hisoblanadi;
– barcha uchun umummajburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi;
– maxsus protsessual tartibda amalga oshiriladi;
– muayyan hujjatlashtirilgan shaklga ega (qonun, farmon, qaror va boshqa);
– muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan;
– ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari bayon etiladi;
– normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo‘yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.
O’zbekiston Respublikasida huquqning asosiy shakli normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g’risida”gi Qonunining 5-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari ko‘rsatib o‘tilgan:

Download 26.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling