Normativ-huquqiy hujjatlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi


a) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; b)


Download 26.9 Kb.
bet4/5
Sana08.06.2023
Hajmi26.9 Kb.
#1463081
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat huquq asoslari va konstitutsiyaviy huquq kazus

a) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
b) O’zbekiston Respublikasining qonunlari;
v) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
g) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;
d) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
e) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining buyruqlari va qarorlari;
j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Normativ shartnomalar ham huquqning muhim manbasi hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq sub’ektlari o‘rtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlarga normativ shartnomalar deyiladi. Normativ shartnomalar, ayniqsa, xalqaro huquqda katta ahamiyatga ega.
Normativ shartnomalarning quyidagi turlari mavjud: sub’ektlariga ko‘ra: ikki tomonlama va ko‘p tomonlama; xususiyatiga ko‘ra: norma o‘rnatuvchi va ta’sis etuvchi.
Normativ-huquqiy hujjatlar vaqt, hudud va shaxslarga nisbatan amal qilish doirasiga ega bo‘ladi. “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish tartibi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. 
Normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) quyidagi hollarda amal qilishini tugatadi:
– ­­­normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) mo’ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganda;
– normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaviy emas deb topilganda;
– normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) o’z kuchini yo’qotgan deb topilganda;
– normativ-huquqiy hujjat qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor qilinganda.
Normativ-xuquqiy xujjatlarni tizimlashtirish davlat mexanizmi va xuquqiy tizim jo‘shqin maromda ishlashining zaruriy shartidir. Mazkur faoliyatni oqilona yo‘lga qo‘yish uning nazariy va metodologik asoslari xamda mukammal mexanizmini ishlab chiqishni taqazo etadi. Bu ishga davlat xokimiyati organlari, muassasalarini va xuquqshunos olimlarni faol jalb etish zarur. Qonunchilik xujjatlarini tizimlashtirishning real vazifalarini belgilash uchun, birinchi nav-
batda, xuquq tizimi va qonunchilik tizimi o‘rtasidagi munosabatni chuqur tadqiq etish zarur. Ko‘p yillar davomida MDX davlatlari va mamlakatimiz xuquqshunos olimlari tomonidan bu masalada muayyan tadqiqotlar olib borilib, ularning ko‘pchiligi qonunchilik amaliyotida o‘zining munosib tasdig‘ini topgan, ba’zilari esa qonunchilikda baxs-munozaraligicha qolib ketmoqda. Ob’ektiv huquq tizimining elementini xuquq normasi, qonunchilik tizimining elementini esa normativ- huquqiy xujjatning (qonunning) normasi tashkil qiladi. Qonunchilikni tizimlashtirishni aniq tashkil etishda, shuningdek xuquq instituti va qonunchilik instituti, huquq tarmog‘i va qonunchilik tarmog‘i o‘rtasidagi nisbatni aniqlash nixoyatda muximdir.
Qonunchilikni tizimlashtirish, birinchi navbatda, inson va fuqarolarning qonunlardan unumli foydalanishiga imkon beradi. Shu jhatdan, normativ-xuquqiy xujjatlarni tizimlashtirishni mamlakat Konstitutsiyasidan kelib chikib tashkil etishni xam o‘ylab ko‘rish lozim. Masalan, fuqaroda bankka qo‘yilgan omonatlarning sir tutilishiga oid muammo kelib chiqdi, deylik. Fuqaro esa bank va moliya xuquqi soxasi bo‘yicha yetarli malakaga ega emas. U o‘zining xuquqiy
savodxonligi imkoniyatidan kelib chiqib, xuquqlarining buzilishiga oid tegishli xuquqiy normani qidirib topa olmasligi mumkin. Shu bois, fikrimizcha, fuqarolarning xuquqlari va burchlarini tartibga solishga qaratilgan normalar guruxini qonunchilik tizimida aloxida bo‘lim sifatida ajratish maqsadga muvoffiq. Chunki fuqaroning o‘zi izlagan qonunni tez va oson topishiga erishish xonunchilik xujjatlarini tizimlashtirishning eng asosiy maqsadidir.



Download 26.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling