1-mavzu. Ilmiy uslub. Uslublar va vizual axborotlar


Download 51.5 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi51.5 Kb.
#112951

1-mavzu. Ilmiy uslub. Uslublar va vizual axborotlar.

Rejasi:


  1. Ilmiy uslub va uning xususiyatlari

  2. Lug’atlar bilan ishlash

  3. Dastlabki ilmiy matnni yaratish (AKT sohasiga tegishli kamida 10ta termindan foydalangan holda kichik ilmiy matn yaratish va terminlardan izohli lug’at tuzish) Terminlar izohi bo’yicha manbalar ko’rsatilishi shart.

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.

1.Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.

Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.

Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.



1- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.

Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.



2- mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.

Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.



2. Lug’atlar bilan ishlash

O‘zbek tilining izohli lug‘ati”



Yangi izohli lug‘at o‘zbek adabiy tilida iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalarini, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, tarixiy va eskirgan atamalarni o‘z ichiga oladi.Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. Istiqlol arafasida va mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatori til borasida, xususan, o‘zbek tilining hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yurtboshimiz rahnamoligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinishi va mazkur qonun moddalarida qayd etilgan yo‘l-yo‘riq va vazifalar o‘zbek tili taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi.1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.Keyingi davrda, bir tomondan, o‘zbek tili taraqqiyoti jarayonida uning o‘z ichki imkoniyatlari asosida rivojlanishi qonuni erkin va to‘la amal qila boshlagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan zalvorli o‘zgarishlar tilimizga, uning leksikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro miqyosda faol muloqot vositasiga aylanib borayotgani ham alohida e’tiborga molikdir.Ana shunday omillar va o‘zbek tili lug‘at tarkibida yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar tilimizning izohli lug‘atini tuzish va chop etishni talab etdi. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 10 sentabrdagi qaroriga muvofiq ushbu lug‘atni yaratish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti zimmasiga yuklandi.Mazkur institut mutaxassislarining qayd etishicha, besh jildli ushbu lug‘at leksikografiyaning yangi yutuqlarini hisobga olgan holda yaratilgan mutlaqo yangi fundamental ishdir.Yangi lug‘atda berilgan so‘zlarning amalda qo‘llanishi o‘zbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan. Lug‘at “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida nashrga tayyorlangan.O‘zbek tilshunosligi bo‘yicha mutaxassislar, adiblar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va talabalari, keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan va Mustaqillik ayyomi arafasida nashr etish ishlari yakunlangan ushbu besh jildli lug‘at lug‘atshunos va noshirlarimizning xalqimizga munosib bayram tuhfasi bo‘ldi. Yangi nashr keng o‘quvchilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lishi barobarida, o‘zbek adabiy tili me’yorlarining mustahkamlanishiga va nutq madaniyatining yanada yuksalishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Tilning eng asosiy manbai - so‘z. Biroq so‘zlar odamlar, ya'ni shu til egalari va uni bilganlar ongidagina mavjud. Agar yozib olinmasa, bir joyga jamlanmasa, ma'nolari izohlanmasa, uning ham bir qismi bugun-erta unutilishi, yo‘qolib ketishi hech gap emas. Bizda ming yillik lug‘atchilik tarixi mavjud. Mahmud Koshg‘ariy XI asrdayoq turkiy so‘zlar boyligini arab tilida izohlab, o‘sha davrgacha xalqimiz yaratgan lisoniy boyligimizni bizga buyuk meros sifatida qoldirib ketgan. Bundan tashqari, lug‘at bo‘yicha yana to‘qqiz milliy manba mavjud. Bular - Mahmud Zamaxshariyning "Asos ul-balog‘a" va "Muqaddimat ul-adab" (XII asr), "At-tuhfat uz-zakiyati f-il-lug‘at it-turkiya" (XIII asr), Tole Imon Hiraviyning "Badoe' ul-lug‘at" (XV asr), noma'lum muallifning "Abushqa" (XVI asr), Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" (XVII asr), Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lug‘ot" (XVIII asr), Mirzo Mahdiyxonning "Sangloh" (XVIII asr), Sulaymon Buxoriyning "Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy" (XIX asr) asarlari. O‘zbek tili izohli lug‘atini tuzish an'anasining yuzaga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilgan manbalarning birinchisi - shu. I k k i n ch i toifasiga rus olimlarining XIX asr oxiri - XX boshlarida tuzgan lug‘atlari kiradi. Sho‘ro davridagi lug‘atchilik u ch i n ch i guruh manbalarni tashkil etadi. Xususan, 40 ming so‘zli "O‘zbekcha-ruscha lug‘at" (1959) va ikki jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (1981) bu jihatdan alohida ahamiyatli bo‘ldi.Til me'yorlarsiz yashay olmaydi. Ammo me'yor qotib qolgan narsa emas, ya'ni u abadiy bo‘lmaydi. Chunki bu me'yorlar ham, tilning o‘zi kabi, ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq holda o‘zgarib, rivojlanib, takomillashib boraveradi. Shuning uchun har davr tilining o‘z izohli lug‘atiga muhtojligi bor. Shunga qaramay, uncha-muncha xalqda hozirgacha ham izohli lug‘at yo‘q. Ko‘plarida bu ezgu ish boshlangan, lekin chala qolib ketgan.O‘zbek lug‘atchiligi kamida mingyillik boy tarixga ega bo‘lsa-da, lug‘atlarning aksariyati ikki, ayrimlari ko‘ptilli edi.

"O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti 2006 - 2008 yillar mobaynida besh jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"ni nashr etdi (1 - 2-jildlar 2006, 3-jild 2007, 4 - 5-jildlar 2008 yili chiqdi). Beshala jild ham zahmatkash tilshunos Abduvahob Madvaliev tahriri ostida chiqdi.Xo‘sh, ushbu izohli lug‘atning ahamiyatini qanday izohlash mumkin?So‘z tilning asosini, uning eng asosiy boyligini tashkil etadi. Tilimiz - bu jihatdan dunyodagi boy lisonlardan biri. Xo‘sh, o‘zbek tilida qancha so‘z bor? 1981 yili chop etilgan ikki jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da 60 ming so‘z izohlangan. Biroq, bu tilning so‘z boyligini to‘liq qamrab ololmagani aniq. Chunki eski o‘zbek tili bor, asr-asrlar mobaynida necha-necha asarlar saqlanib qolgan. Navoiyning o‘zi 26 mingdan oshiq so‘z qo‘llagan. Bularning bir qismi hozir ham tilimizda mavjud. Lekin bu buyuk shoir ijodida bugungi adabiy tilimizda mavjud bo‘lmagan yana qancha-qancha so‘z bor. Ochig‘ini aytganda, hali mumtoz adabiyotimiz namunalari tilining mukammal lug‘ati tuzilgani yo‘q. "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati" 4 jildligi chiqqan, xolos. Sho‘ro davrida tuzilgan izohli lug‘atga 60 ming so‘z kirgan bo‘lsa, hozirgisi 80 mingdan ortiq so‘zni izohlaydi. Oradagi tafovut - 20 ming so‘z! Ikki izohli lug‘atimiz o‘rtasidagi birinchi farq - shu. Lug‘atchilikda 20 ming so‘z katta hajm hisoblanadi.


Lug’atning turlari
1.Qayd etuvchi imlo lug’ati (1929 yildan hozirgacha oʻzbek tilining turli hajmli 20 dan ortiq imlo lugʻati tuzilgan; 6500 soʻz va soʻz shaklini qamrab olgan eng mukammal imlo lugʻati 1975 yil nashr etilgan).

2. Soʻzlarning adabiy talaffuzi qayd etiladigan talaffuz (orfoepik) lug’ati; 3.Oʻzbek tilining orfoepik lugʻati — M. Sodiqova, Oʻ. Usmonova, 1977;

4.Oʻzbek adabiy talaffuzi lugʻati, 1984;

5. Soʻzlarning morfem tuzilishini koʻrsatuvchi morfem lug’ati (A. Gʻulomov va boshqa Oʻzbek tilining morfem lugʻati, 1977).

6. Soʻzligi frazeologik birliklardan iborat boʻlgan frazeologik lug’ati (M. Sodiqova. Ruscha-oʻzbekcha frazeologik lugʻat, 1972;

7. Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati 1978).

8. Soʻzlarning qoʻllanish miqdori va foizi haqida maʼlu-motberuvchi chastotali L. (I. A. Kissen. Slovar naiboleye upotrebitelnix slov sovremennogo oʻzbekskogo literaturnogo yazika, 1972).

9. Soʻzlar teskari tomondan boʻlgan alifbo tartibiga kura joylashtirilgan ters (chappa) lug’ati. (R. Qoʻngʻurov va A. Tixonov. Oʻzbek tilining chappa lugʻati, 1968).

10. Soʻzlikni tarkib toptiruvchi soʻzlar roʻyxati maʼlum mavzularga boʻlib beriladigan tematik (mavzuli) L. (A.Tixonov va boshqa Russko-oʻzbekskiy tematicheskiy slovar, 1975).

11. Soʻzliklari omonim, sinonim, antonim, paronim singari lugʻaviy birliklardan iborat boʻlgan omonimlar lug’ati, sinonimlar lug’ati, antonimlar lug’ati, paronimlar lug’ati (Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tili omonimlarining izohli lugati, 1984;

12. A. Hojiyev.Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati, 1974;

14.Sh. Rahmatullayev va boshqa Oʻzbek tili antonimlarining izohli lugʻati, 1980; A. Maʼrufov. Paronimlar lugʻati, 1974).

15. Soʻzligi atoqli otlar yoqi joy nomlaridan iborat boʻlgan antroponimik va toponimik lug’atlar (E. Begmatov. Oʻzbek ismlari, 1991;

16.E. Begmatov. Oʻzbek ismlari maʼnosi. 14600 ism izohi, 1998;

17. Doʻsimov va X. Egamov. Joy nomlarining izohli lugʻati, 1977).

18. Maʼlum bir yozuvchi yoki asar tilida qoʻllangan soʻzlarni izohlovchi. lug’ati (Navoiy asarlari lugʻati, 1972;

19.Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati, 1 — 4-j.lar, 1983—84; B.Hasanov;

20. "Qurʼoni Karim" soʻzlarining arabcha-oʻzbekcha koʻrsatkichli lugʻati, 1995).

21. Soʻzligi maʼlum bir fan va texnika tarmogʻi, ijtimoiy yoki xoʻjalik hayotining biror sohasiga oid soʻz-terminlardan iborat boʻladigan terminologik lug’atlar. Bunday lug’atilar soʻzlikning berilishi va izohlanishiga koʻra, ensiklopedik lug’at bilan lingvistik lug’at belgilariga ega boʻladi (1925 yildan hozirgi kungacha Oʻzbekistonda 50 dan ortiq soha boʻyicha 140 taga yaqin terminologik lugʻat nashr etilgan; ular soha ter-minologiyalarini tartibga solishga xizmat qiladi).



3.Dastlabki ilmiy matnni yaratish uchun namuna:

Ekologik muammolar

Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko‘rsatayotgan ta’sir doirasini kengaytirib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va boshqalar) har qanday hodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga bo‘linadi.

1.      Umumbashariy (global)

2.      Mintaqaviy (regional)

3.      Mahalliy (lokal)

Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin:

Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib olib, yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.

Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo‘lib, u 2,8 % ni tashkil etadi. Chuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.

Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3 – 3,5 km3 suv sarflanmoqda. XXI asrga borib ushbu ko‘rsatkich 1,5 – 2 marta ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oqimi yer yuzi bo‘yicha 50 ming km3. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yetishmasligi aniq.



Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o‘rmonlarning holatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd. m3 hajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich yaqin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin.

Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln. gektar tropik o‘rmonlar vayron bo‘lgan, atiga yiliga 11 mln. gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling