1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI



1-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA 
MAZMUNI
Reja 
1.1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil uchun 
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasidan o‘rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar. Iqtisodiy tahlil 
fanining paydo bo‘lish zarurati va uning sabablari. 
1.2.Iqtisodiy tahlilning mazmuni. Iqtisodiy tahlil boshqaruvning muhim 
funktsiyasi ekanligi. 
1.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti.
1.4.Iqtisodiy tahlilning vazifalari. Fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o‘rni. 
Iqtisodiy tahlilning asosiy printsiplari. 
Tayanch iboralar: Tahlil, iqtisodiy tahlil, iqtisodiy tahlil ob’ekti, iqtisodiy 
tahlil predmeti, iqtisodiy tahlil vazifalari, omillar, omilli tahlil, iqtisodiy tahlil 
fanining mazmuni, tahlil boshqaruvning muhim funktsiyasi ekanligi, iqtisodiy tahlil 
fani predmetining ta’rifi, iqtisodiy tahlilning vazifalari, tahlil ob’ekti, tahlil 
sub’ekti.
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil uchun 
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasidan o‘rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar. Iqtisodiy tahlil 
fanining paydo bo‘lish zarurati va uning sabablari 
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari 
to‘g’risidagi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
Parlamentga 
Murojaatnomasida quyidagilar alohida tahkidlandi: “Bugun biz shiddat bilan 
o‘zgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyo miqyosida manfaatlar 
kurashi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlashib bormoqda.”
1
Shu 
sababli Prezidentimiz kelgusi yil uchun amaliy rejalar tuzar ekanmiz, xalqaro 
maydondagi 
ana 
shunday 
murakkab 
vaziyatni 
hisobga 
olgan 
holda, 
taraqqiyotimizning ustuvor yo‘nalishlarini aniq-ravshan belgilab olishimiz 
zarurligini uqtirib o‘tdilar. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad - 
yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qathi nazar, erkin, 
tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashidir, deyilgan 
Murojaatnomada.

Murojaatnomada keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi 
maqsadlar mujassam ekanligi qayd etilgan: 
– ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini 
tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; 


– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish 
orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; 
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini 
oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni tahminlash; 
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; 
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar 
siyosatni amalga oshirish; 
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir 
malakali kadrlarni tayyorlash. 
Murojaatnoma ko‘rsatilishicha, bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi 
ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling