1-Mavzu: jahon tarixida o ‘rta asrlar tarixini o'rni. Rim imperiyasining inqirozi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu yuzasidan taqdimot (2)
1-Mavzu: JAHON TARIXIDA O‘RTA ASRLAR TARIXINI O'RNI. RIM IMPERIYASINING INQIROZI. R E J A: 1. O'rta asrlar tarixini davrlashtirish. 2. Bu davrda o 'rganiladigan eng dolzarb masalalar. 3. 0‘rta asrlar tarixi davri manbalari. 4. Rim imperiyasi va uning inqirozi kolonlik va kuriallar. Varvarlar qirolliklarining tashkil topishi. 5. Keltlar, germanlarning ijtimoiy ahvoli. Varvar qabilalarining ijtimoiy va siyosiy hayotini haqida manbalar «O’rta asrlar» degan termin deyarli yangi termindir. Bu terminni XVI-XVII asrlarda o`tgan gumanist-tarixchilar kiritgan bo`lib, ular ham buni o’z navbatida gumanist-filologlardan olganlar. Gumanist-filologlar lotin tilini qadimgi, O’rta va yangi (Renessans yoki Uyg`onish davri – yangi davr deb atalgan) til deb, uchga bo`lganlar. Bu terminologiya XVIII asrda o’zil kesil qaror topdi. Tarixshunoslik ilmida O’rta asrlar tarixi uzoq davrni, milodning V-XVII asrlarini o’z ichiga olib, uni dunyo xalqlarining deyarli hammasi o’z boshidan kechirganlar. Ma’lumki, qadimgi dunyo quldorlik jamiyati Sharq dunyosida vujudga kelib, Misr, Bobil, Xindiston, Xitoy mamlakatlarida o’zining yuksak taraqqiyotiga erishgan. Uning so`nggi davrida yuksak rivojlanish markazi asta-sekin G’arb dunyosiga ko`chdi. Feodalizm jamiyati etsa xuddi shu, insoniyat tarixida muhim o`rin to’tgan Yevropa mamlakatlarida ayniqsa tez rivojlanib, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Quldorlik jamiyati g`oyalarining yuksalishini, unda paydo bo`lgan qarama-qarshiliklarni, uning tanazzulini milodning V asridan boshlab biz asosan Rim quldorlik imperiyasi misolida o’rgani shimiz mumkin. O’rta asrlar Renessansi, Uyg`onish davrining jahon xalqlari madaniyatiga qo`shgan hissasi benixoya kattadir. Sharq va G’arb dunyosining buyuk allomalari madaniyat tarixida o`chmas iz qoldirdilar. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling