1-mavzu: Kirish. Hujeyra fiziologiyasi. O`simliklarda suv muvozanati


Download 1.13 Mb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1251504
  1   2   3   4
Bog'liq
MARUZA 1.





Reja:

  1. Hujeyra tuzilishi, undagi organoidlarning fiziologik va biokimyoviy jarayonlardagi ishtiroki.

  2. Hujeyrada moddalar almashinuvi jarayonlari.

  3. Plazmatik membrana uning tanlab o`tkazish va yarim o`tkazish xususiyatlari.

  4. O`simliklardagi suv muvozanati.






  • Hujayra hayotning tuzilma va funksional birligidir. Hujayra (grekcha-cytos yoki lotincha-cellula) so'zini birinchi bor Robert Guk 1665 yilda qo'llagan. Biologiya fanining asosiy yutuqlaridan bo'lgan hujayra nazariyasi 1839 y. M.Shleyden va T.Shvann tomonidan yaratilgan (I.1-rasm).

  • Tabiatdagi organizmlar hujayra tuzulishiga nisbatan ikki gruppaga bo'linadi:

  • 1-prokariotlar-hujayrasida, shakllangan yadro bo'lmaydi, ularga bakteriyalar va ko'k-yashil suvo'tlari kiradi.

  • 2-eukariotlar-hujayrasida albatta shakllangan yadro bo'ladi. Ularga o'simlik va hayvon organizmlari kiradi. Bir organizm tarkibiga kiruvchi hujayralar tuzilishida ham bir-biridan sezilarli darajada farq bo'lishi mumkin. Ko'p hujayrali organizmlarda maxsus funksiyalarni bajaruvchi yuqori darajada mutaxassislashgan hujayralar uchraydi. Har bir tirik hujayraning o'ziga xos bo'lgan ko'pgina vazifalar funktsiyalar mavjuddir.

  • O'simliklar hujayrasi ham barcha eukariot organizmlar hujayrasiga o'xshashdir. Ammo ulardan farqli o'laroq o'simlik hujayrasida fototrof oziqlanish uchun xos bo'lgan plastidlar, hujayrani o'rab turuvchi polisaxarid devori hamda turgorni saqlab turish uchun muhim bo'lgan markaziy vakuola mavjud. Bo'linuvchi o'simlik hujayrasida esa sentriollar yo'q. Tirik hujayra yarim o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan membrana bilan chegaralangan bo'lib, o'zini qayta qurish qobiliyatiga ega.







    • Peroksisoma (mikrotanacha) deyarli barcha eukariot hujayralar sitoplazmasida joylashgan membranali organella. Peroksisomalar oksidlovchi organellalar boʻlib, vodorod peroksid (H2O2) saqlaydi. Organellaga nom berilishi ham uning ushbu xususiyati bilan bogʻliq. Peroksisomalar juda uzun zanjirli yogʻ kislota, tarmoqlangan yogʻ kislota, oʻt kislotalari (jigarda), D-aminokislota, poliaminlar katobolizmida va plazmalogenlar biosintezi yaʼni sutemizuvchilar miya va oʻpkasi faoliyati uchun muhim hisoblangan efir fosfolipidlar biosintezida qatnashadi. Peroksisoma shuningdek, energiya almashinuvi uchun muhim boʻlgan pentoza fosfat yoʻlidagi ikki ferment (glukoza-6 fosfat degidrogenaza va 6-fosfoglyukonat degidrogenaza) aktivlanishining 10%ini oʻz hissasiga oladi.

    • Peroksisoma (mikrotanacha) 1954-yilda Shved olimi J.Rodin tomonidan taʼriflangan. Peroksisoma organella sifatida 1967-yilda belgiyalik sitolog Kristian de Duve fanga kiritilgan. Kristian De Duve oʻzining hamkasblari bilan birgalikda peroksisoma oʻz tarkibida vodorod peroksid ishlab chiqarishda ishtirok etadigan bir qancha oksidazalar hamda vodorod peroksid (H2O2) ning kislorod va suvga parchalanishida ishtirok etadigan katalazalar mavjudligini aniqladilar. Peroksid almashinuvida qatnashganligi sababli Kristian de Duve tomonidan bu organella "peroksisoma" deb nomlandi, hamda ungacha ishlatilgan "mikrotanacha" atamasining oʻrnini egalladi. Kristian de Duve amalga oshirgan ishlari uchun Nobel mukofotini olgan. Peroksisomalarning toʻrt sinfi mavjud: Birinchi turi nukleoidsiz boʻlib insonlarda uchraydi. Bundan tashqari yana nukleoidli 3turi mavjud. Barcha turlarining yashash davri besh kun boʻlib, vazifasini bajarib boʻlgan peroksisomalar toʻrt daqiqada lizasoma taʼsirida parchalanib ketadi. Ushbu jarayonlar bilan birga endoplazmatik toʻr tomonidan sintezlanadi.








  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling