1-mavzu: Mavzu: Shaxs rivojlanishining individual xususiyatlari Mavzu rejasi: Shaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlar talqini


Download 20.3 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi20.3 Kb.
#1743381
Bog'liq
1-amaliy


1-mavzu: Mavzu: Shaxs rivojlanishining individual xususiyatlari
Mavzu rejasi:
1. Shaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlar talqini (B.G.Ananyev).
2. Individuallik xususiyatlari klassifikatsiyasi va ularning shaxs xulq-atvori regulyatsiyasidagi o‘rni.
3. Temperament va ONF tiplari xususida I.P.Pavlov nazariyasi, temperament haqida hozirgi zamon nazariyalari.
4. Psixologiyada xarakter muammosi. Xarakter shakllanishi. Xarakter aksentuatsiyasi.
5. Shaxsning instrumental darajalari: qobiliyatlar haqida tushuncha.

Amaliy mashg`ulotning texnologik kartasi



Faoliyat bosqichlari

Faoliyatning mazmuni

Ta`lim beruvchi

Ta`lim oluvchilar



1-bosqich. O‘quv mashg`ulotiga kirish (Da`vat bosqichi)
(10 minut)



1.1 Mavzuni aniqlaydi, ta`limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi (1-ilova).
1.2 Belgilangan ta`limiy maqsadlarga mos o‘quv vazifalarini ishlab chiqadi.

Tinglaydilar

2-bosqich.
Asosiy (Anglash bosqichi)
(60 minut)

2.1.Talabalarni faollashtirish va nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida o‘quv topshiriqlar majmui qo‘llaniladi (2-ilova).
2.2. Amaliy mashg`ulot bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar beradi, talabalar faoliyatini nazorat qiladi, yo‘naltiradi, maslahat beradi.
2.3.Bajargan ishlarini takdim qilishlarini so‘raydi. Taqdimot jarayonida talabalar fikrlarini tahlil qiladi, faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi.

Savolga javob beradilar.
Yakka tartibda bajargan ishlarini muhokama qilib, maxsus blankalar to‘ldiriladi.
Bajarilgan ishlar taqdimoti tayyorlanadi.

3. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1.Amaliy mashg`ulotni umumlashtiradi, hulosalar qiladi, yakun yasaydi.



Tinglaydilar
Vazifani yozib oladilar.


DISKUSSIYA
DISKUSSIYA (lotincha discussio – tadqiq etish, muhokama qilish) – bu munozarali savolni yig’ilish, suhbat yoki bahs-munozara davomida atroflicha muhokama qilishdir. Boshqacha aytganda, diskussiya qandaydir savol, muammo yoki solishtirilgan axborotlar, g’oyalar, fikr va takliflarni jamoa bo’lib muhokama qilishdan iboratdir. Diskussiya o’tkazishning maqsadlari turli xil bo’lishi mumkin: o’rganish, trening, diagnostika, qayta ishlab chiqish, yo’l-yo’riqni o’zgartirish, ijodkorlikni rag’batlantirish va boshqalar.

  1. Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish: Diskussiya vaqtida tinglovchilar bir-birlarini to’ldirishlari yoki bir-birlariga qarshi turishlari mumkin. Birinchi holatdagi diskussiyada dialog elementlari mavjud bo’lsa, ikkinchi holatda diskussiya bahs-munozara xususiyatiga ega bo’ladi. Qoidagi ko’ra, diskussiyada ushbu ikki element ham mavjud bo’ladi va shuning uchun diskussiyaga faqat bahs-munozara sifatida qarash to’g’ri bo’lmaydi. Bir-birini inkor etuvchi, bir-birini to’ldiruvchi bahslar va o’zaro rivojlantiruvchi suhbat ham muhim rol o’ynaydi, chunki bitta masala bo’yicha turli fikrlarni taqqoslash fakti muhim ahamiyat kasb etadi.

Diskussiyaga tayyorgarlik ko’rish uchun o’qituvchi:
– diskussiya xulosasi bo’yicha muhokamaga qo’yilishi mumkin bo’lgan
savollarni oldindan tayyorlash lozim;
– muhokama qilinayotgan muammo chegarasidan chetga chiqilishiga yo’l
qo’ymaslik;
– tinglovchilarning ko’pchiligini, imkon darajada barchasini suhbatga jalb
qilinishini ta’minlash;
– hech bir noto’g’ri fikrni e’tibordan chetda qoldirmaslik bilan birga to’g’ri
javobni ham darhol bermaslik lozim, shuningdek bu jarayonga o’z vaqtida
tinglovchilarning tanqidiy yondashuvlarini tashkil etgan holda jalb qilish
maqsadga muvofiq;
– diskussiya materiallariga taalluqli bo’lgan savollarga o’zi javob berishga
shoshilmaslik: bunday savollarni auditoriyaga yo’naltirib yuborish lozim;
– tanqid obyekti fikr bildirgan tinglovchi emas, balki u bil-dirgan fikr
bo’lishini nazorat qilish;
– tinglovchilarni jamoaviy tahlil va muhokamaga jalb qilgan holda turli
nuqtai nazarlarni taqqoslash.
Download 20.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling