1 Mavzu. Menejmentning nazariy asoslari


Download 26.51 Kb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi26.51 Kb.
#1199707
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu.MENEJMENT NAZARIY ASOSLARI


1 Mavzu. MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI

Режа:


        1. Boshqaruv va menejment.

        2. Menejment tamoyillari. Boshqaruv usullari.

        3. Moliyaviy menejment. Innovatsion menejment. Savdo menejmenti.



Tayanch iboralar: menejment fani va amaliyotining maqsadlari, boshqaruvning mohiyati va uni amalga oshirish shartlari, boshqaruvning subyekti va obyekti, boshqaruv (menej- ment) tizimi va uning tuzilishi, boshqaruv usullari, menejmentning yondashuvlari va tamoyillari tizimi.
Boshqaruv va menejment
Menejment — bu boshqarish orqali ishlarni amalga oshirish, ishbilarmonlar qanday ish yuritishini o‘rgatish, yangi boshqarish tafakkurini shakllantirishdir. Menejment deganda firmalarning maqsadiga erishishlarini tashkil etish, rejalashtirish, nazorat qilish, tashkilot ichidagi o‘zaro ta’sir etishni muvofiqlashtirish, firma salohiyatidan foydalanishorqali jarayonlar, munosabatlar, harakatlarni amalga oshirish kabilar anglanadi.
Zamonaviy menejment asoslari muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy fanlar — milliy xo‘jalikni rejalashtirish, bashorat qilish, statistika, makro-mikroiqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya, kredit, rejalashtirishning ekonometrik usullari, psixologiya, pedagogika, huquqshunoslik, iqtisodiyot nazariyasi, marketing kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Zamonaviy menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqarish obyekti orasidagi o‘zaro munosabatdir. Ichki bozorda muvozanat usuli, firmaning olayotgan foydasi bo‘yicha narxini baholash, ayrim qismlarini baholash, firma qiymatining bo‘lishi mumkinligiga, sarmoya kiritish vaqgiga keladigan daromadga, firmani qulay joyga joylashishiga qarab baholashga to‘g‘ri keladi. Bularning har birini ishlata olish menejerdan bilim talab qiladi. Har bir firmaning ichida o‘ziga xos boshqarish nuqtai nazari bor. Ichki bo‘lim va bo‘linmalardagi turli jarayonlar, meyorlar, yechim qabul qilish, kommunikatsiya boshqaruv apparatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda salmoqli o‘rinni texnologiya, xodimlar, tashkiliy madaniyat, ishlab chiqarishni boshqarish, marketingli boshqarish, moliyani boshqarish, shaxsni boshqarish, rahbarning rahnamolik sifatiga qarab boshqarish kabilar egallaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, menejmentning asosiy vazifalari quyidagi yo‘nalishlarda ifodalanishi mumkin:
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish (texnologik faoliyat);
- tijorat faoliyati (harid qilish, sotish va almashtirish);
- moliyaviy faoliyat (sarmoyani izlash va oqilona foydalanish);
- xavfsizlik faoliyati (aholi mulkini muhofazaqilish);
- ekkaunting (tahlil qilish, hisobga olish, statistika);
- boshqarish faoliyati (rejalashtirish, marketing, tashkil etish vazifasi, taqsimlash, muvofiqlashtirish va nazorat).
Bu vazifalarni amalga oshirishda menejmentning tamoyillari, nazariyasi, andozalar, ma’lumotlarga ishlov berish, boshqarish qonunlaridan foydalana bilish kerak.
Shu bilan birga unutmaslik lozimki, firma iqtisodiy sharoitlar, iste’molchilar, davlat shartnomalari, qonunchilik, raqobatchilik, jamiyatdagi qadriyat va ma’naviyat tizimlari, jamoa qarashlari, texnika va texnologiya va shunga o‘xshashlar ta’sirida faoliyat ko‘rsatadi. Ular esa, firma faoliyatiga bilvosita, ayrim hollarda esa bevosita ta’sir etadi. Menejment firmaning barcha faoliyatiga ta’sir etsa ham uning ta’sir ko‘rsatish chegarasini aniqlash mumkin.
Firmaning boshqarish maqsadiga erishishi uchun resurslardan foydalanadi. Resurs va maqsadlar orasidagi jarayonlar firmani boshqarish jarayoniga kiradi. Menejment asoslari esa uning to‘la ilmiyligi,iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa xolis qonunlarga suyanishidir. Muayyan sharoitda ushbu qonunlarni bilib va ularni hisobga olgan holda tashkilot rahbarlari xo‘jalikni boshqarish strategiyasi va taktikasini aniqlaydilar.



Download 26.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling