1-mavzu: muzeylarning paydo bo’lishi va rivojlanishi asosiy savollar


Download 24.46 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2023
Hajmi24.46 Kb.
#1232959
  1   2   3   4
Bog'liq
muz 1


1-MAVZU: MUZEYLARNING PAYDO BO’LIShI VA RIVOJLANIShI


Asosiy savollar:
1. Muzeyshunoslik fani, predmeti va vazifalari.
2. Muzeylarning paydo bo’lishi va rivojlanishi.
3. Muzey fondlarini saqlash.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Muzeylar, muzeyshunoslik, tarixchi-tadqiqotchilar, mustaqil O’zbekiston, tomoshabin, muzey eksponatlari, ekspozitsiya, muzey fondi, grek afsonalari, zevs va mnemosina, muzalar.


Mavzuga oid muammolar:

  1. Muzeyshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqadorligi nimalarda namoyon bo’ladi?

  2. Turkiston o’lkasida muzeylar to’g’risida nimalar bilasiz, ularning ahvoli qanday bo’lgan?



1-asosiy savol. Muzeyshunoslik fani, predmeti va vazifalari.


1-savol bo’yicha dars maqsadi: Muzeyshunoslik fanining yordamchi tarixiy fanlar sifatidagi o’rnini tushuntirish.


1-savol bo’yicha dars maqsadi: Muzeyshunoslik fani predmeti, o’rganish ob’ektini ochib berish, fanning vazifalarini va ahamiyatini talabalarga tushuntirish.


1-savolning bayoni: O’zbekiston mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq muzeylarning qimmatbaho eksponatlarini saqlashga alohida ahamiyat berib kelmoqda. Shuningdek moddiy va ma’naviy madaniyatimiz xisoblangan ushbu yodgorliklarni topish va ro’yxatga olish bilan shug’ullanib kelmoqda. Chor Rossiyasi davrida mamlakatda 180 ta muzey mavjud edi. 1918 yilning oxiriga kelib, mamlakatda 250 ta xar xil yo’nalishdagi muzeylar ochilgan edi. Bulardan ko’pchiligi O’zbekiston xududida joylashgan edi.
Insoniyat taraqqiyotida sodir bo’layotgan chuqur ijtimoiy o’zgarishlar, odamlarni ma’naviy va moddiy boyliklarni xar tomonlama o’rganishga da’vat etmoqda, mamlakat va umumjahon ijodiy estafetasida, ya’ni merosni saqlash va o’rganish yo’lida, dunyo moddiy-madaniy xazinasini boyitib borishga intilishlarini kuchaytirmoqda. Bu borada muzeylarning ahamiyati kattadir. Muzeylarning faoliyati, bajarayotgan ishlari mazmun mohiyatini o’rganadigan fan muzeyshunoslikdir. Muzeyshunos-tadqiqotchilar ham o’ziga xos nazariy umumlashtiruv va muammoli tahlillar bilan shug’ullanmoqdalar. Ularning qilgan tadqiqotlari muzeylarda saqlanayotgan va namoyish etilayotgan materiallar va ekspozitsiyalarning yanada qiziqarli va ilmiy ahamiyatga molik bo’lishini ta’minlashga qaratilgan. Xar bir muzeyning o’z nafosati mavjudki, uni tushunmagan holda, muzeyning faoliyati samarasiz bo’lib qoladi. Muzeylarda tomoshabinlarga xizmat ko’rsatish madaniyati va ko’p tarmoqli xizmatlarning ishlab turishi, muhit va yorug’likni ta’minlash har bir muzeyda o’ziga xos muhitni yaratishda katta o’rin tutadi.
Har bir muzeyning to’plagan va namoyish etayotgan kollektsiyasi ham o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Muzeylar madaniy xayotning tomonlarini nafaqat aks ettiradi, balki o’zicha transformatsiya ham qiladi. Umuman olganda, muzey-o’zaro muomalada bo’lish uchun xizmat qiladigan joy va quroldir. Jamiyat muzeylarni yaratib, o’zining o’tmishini ko’radi va o’zini avlodlarida va asrlar mobaynida aks ettira oladi. Muzey - bu barcha ko’rinishdagi san’at hamdir.
Muzeyshunoslik muzeylarning tarixi va ijtimoiy vazifalari, muzey ishining nazariyasi va metodikasi masalalarini o’rganuvchi fan hisoblanadi. Muzeyshunoslik muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi, muzey manbashunosligi, muzeyshunoslikning ilmiy metodikasi kabi tarmoqlarga bo’linadi. Muzeyshunoslikda muzeylarning tabiat va jamiyatni o’rganish bilan uzviy bog’liq bo’lgan manbalarni to’ldirish, muzey buyumlarini ilmiy hujjatlashtirish, o’rganish va saqlash, ekspozitsiya va ko’rgazmalar tashkil etish, ilmiy ma’rifatparvarlik faoliyati va boshqalarda namoyon bo’ladigan ijtimoiy funktsiyalari ustida tadqiqotlar olib boriladi. Shuningdek muzeylarni to’ldirish, yodgorliklarni hisobga olish, saqlash va restovratsiya qilishning ilmiy printsiplarini o’rganadi.
Muzeyshunoslik deganda odatda muzey ishi haqidagi fan, yoki muzey nazariyasi tushuniladi. Lekin bu yuzaki tasavvur bo’lib, hozirgi kunda shu bilan kifoyalanib bo’lmaydi. Shunday ekan muzeyshunoslik tushunchasining hal qiluvchi, aniqlovchi belgisini aniqlash vazifasi paydo bo’ladi. Yagona va hamma tan oladigan ilmiy ta’rif xozircha mavjud emas. Bunday murakkablik faqat muzeyshunoslikka xos bo’lmasdan, yangi paydo bo’lgan ko’plab fanlarda ham mavjud.
Muzeyshunoslik (kamida 16 asrdan boshlab) tajribalarni umumlashtirish va materiallarni tizimlashtirishning uzoq yo’li orqali o’zining nazariy tizimini, uslubini va fanlar ichidagi o’zining o’rnini aniqlay boshladi. Lekin faqat keyingi o’n yilliklarda asosiy tushunchalarning shakllanishi, fanning umumiy nazariy elementlarining yaratilishi muzeyshunoslikning rivojlanishini belgilab berdi.
Muzeyshunoslikka oid adabiyotlarda ilmiy fan bo’lgan muzeyshunoslik bir xilda tadqiq qilinmaydi. Ko’plab mamlakatlarda muzeyshunoslikka mustaqil fan sifatida qaraladi, lekin uning xarakterli belgilarini aniqlashda ayrim tafovutlar, kelishmovchiliklar mavjud.
Bundan tashqari ayrim mamlakatlardagi olimlar muzeyshunoslikning maxsus fan sifatida shakllanishi mumkinligini butunlay rad qilishadi. Shularga qaramasdan hozirgi kunda muzeyshunoslik, muzeylarning Xalqaro Kengashi (IKOM) tomonidan to’la tan olindi. Shunday qilib, muzeyshunoslikka ta’rif beradigan bo’lsak, Muzeyshunoslik bu ijtimoiy fan bo’lib, sotsial ma’lumotlarni to’plash, saqlash jarayonlarini, bilimlarni va hissiyotni bilish va muzey ashyolari orqali etkazib berishni, muzey ishini, ijtimoiy institut sifatida muzeyni, uning sotsial funktsiyalarini va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda, ularning amalga oshirish shakllarini o’rganadi. Lekin o’rganishning predmeti, o’rganishning ob’ektidan farq qilib, doimo o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishi kerak va ana shu o’ziga xoslik mustaqil ilmiy fanning muhim belgisi hisoblanadi.



Download 24.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling