1-mavzu: Ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari


Download 48.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi48.51 Kb.
#1530715
  1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza metodika-1



O 1-mavzu: Ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy 
asoslari. 
Reja: 
O 1.Ona tili tushunchasi. Ona tilining huquqiy asosi. 2.“Davlat tili 
to’g’risida”gi qonun mazmuni. Til va millat masalasi. Milliy o’zlikning
shakllanishida ona tilimizning o’rni. Milliy (umumxalq) tili.
O 3.Umumxalq tilining tarkibiy qismlarga bo’linishi. Adabiy til shakli. Dialektlar 
va shevalar. Kundalik va adabiy so’zlashuv uslubi.
  
O Oʻzbek tili huquqiy asoslarining yaratilishi milliy til taraqqiyot yoʻnalishlarini 
belgilab berdi. Oʻzbek tilining mavqei yuksaldi, ijtimoiy funksiyasi kengaydi. 
Bu tilning aloqa-munosabat, hissiy taʼsir, toʻplash vazifalari bilan bir qatorda 
tafakkurni rivojlantiruvchi, aniq va tabiiy fanlar doirasidagi, ishlab chiqarish 
tarmoqlaridagi yangiliklarni ifoda etish xususiyati takomillashdi. Tilga 
munosabat, tilga eʼtibor, tilga hurmat tuygʻulari yanada turgʻunlashdi. 
Oʻzbekiston fuqarolari ongida davlat tili haqidagi qonun talablari haqida 
eʼtirof shakllandi. 
O Davlat tiliga munosabat, unga amal qilish ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb 
etdi. Oʻzbek tilining mavqeini koʻtarishga, uni takomillashtirishga xizmat 
qiladigan tadqiqotlar, tilshunoslikning yangi yoʻnalishlariga doir izlanishlar 
yuzaga keldi. Tilning ijtimoiy qiymatini, til va jamiyat munosabatini 
yorituvchi sotsiolingvistika, nutq jarayonining psixik tabiati, nutqning 
reallashuviga qadar boʻladigan jarayon haqida bahs yurituvchi 
psixolingvistika, tilning madaniy qiymati, tilda xalq dunyoqarashi, urf-odat, 
anʼanalari, milliy qadriyatlar ifodasini tahlil qiluvchi lingvokulturologiya, 
tilning globallashuv jarayoniga mos holda takomillashuviga xizmat qiladigan 
kompyuter lingvistikasi sohalariga doir ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Jadal 
surʼatlarda rivojlanib borayotgan jamiyatga xizmat qiluvchi tezkor axborot 
uslubini shakllantirish, oʻzbek tilidagi tarjima, avtomatik tahrir dasturlarini 
yaratish borasida izlanishlar olib borilmoqda 4-moddasida oʻzbek tilining 
OOʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi – millatimiz hayotidagi buyuk 
voqea. Ajdodlarimizning azaliy orzusi ushaldi. Tilimizning huquqiy asosi 
taʼminlanishi barobarida millatimiz mustaqillikni qoʻlga kiritdi. Bu jarayon 
oson va shunchaki, oʻz-oʻzidan roʻy bermaganini taʼkidlash shart emas. 


“Davlat tili haqida”gi qonun oʻzbek tilining huquqiy asoslarini belgilab berdi. 
Qonunning 1-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek 
tilidir», deb qayd etildi. 3-moddasida Oʻzbek tilining Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari 
ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab berilishi taʼkidlandi. 7-

Download 48.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling