1-mavzu: polimerlarning zanjirli tuzilishi, turlari va xossalari. Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik


Download 250.32 Kb.
bet1/13
Sana23.02.2023
Hajmi250.32 Kb.
#1224523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Полимерлар




1-mavzu: POLIMERLARNING ZANJIRLI TUZILISHI, TURLARI VA XOSSALARI. KONFIGURATSIYA, KONFORMATSIYA, EGILUVCHANLIK, QATTIQLIK, MOLEKULYAR TUZILISHI MODELLARI. POLIMERLAR MOLEKULYAR MASSALARI, MASSASI TURLARI, FRAKSIYALARI, MOLEKULYAR MASSAVIY TAQSIMOTI, POLIDISPERSLIGI. MOLEKULYAR MASSANI ANIQLASH USULLARI.

Bugungi kunda dunyo miqyosida “polimer materiallariga bo’lgan ehtiyoj 400 mln. tonnadan ortiq bo‘lib, shundan polietilen 37%, polipropilen 26%, polivinilxlorid 18% ni tashkil etadi. Termoelastoplast kompozitsiyalarning dunyo bo'yicha yalpi ishlab chiqarish hajmi yiliga 3 mln. tonnadan ziyod bo’lib, sintetik va sun'iy polimer materiallar iste'molidagi ularning ulushi 65-67% ga yetgan”.


Jahon miqyosida polimer materiallarni qayta ishlash va qo’llash orqali kimyoviy va aralash tolalar, iplar, maxsus to‘qimachilik materiallari, poyabzal detallari, sintetik charm mahsulotlari ishlab chiqarish tobora kengayib bormoqda. Mamlakatimizning kimyo sanoati, to‘qimachilik, yengil vii poyabzal tarmog'i korxonalarining mavjud quvvatiarini yangilash, tayyorlanadigan mahsulotlar turini ko’paytirish hamda assortimentini ken gaytirish borasida. shuningdek, xaridorgirligi bo’yiclia raqobatbardoshligi va yuqori sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash yo'nalishlarida muayyan natijalarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi dasturiga muvofiq, ‘‘sanoatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mahalliy xomashyo manbaalarini qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni jadallashtirish, ichki va tashqi bozorni prinsipial yangi ishlab chiqariigan import o'rnini bosuvchi raqobatbardosh milliy xalq iste’mol mollari bilan ta'minlash va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalarni rivojlashtirish” vazifalari aniq belgilab berilgan. “Milliy iqtisodiyotimizni mustahkamlash, yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun oldimizda hali ko‘plab vazifalar turibdi”.
Fanning maqsadi - polimerlaming va ular asosida olingan polimer materiallaming tuzilishi va xossalarini o‘rgatish va yuqori molekulyar birikmalarning asosiy tushunchalari haqida hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalanib bilim berish, talabalarda mantiqiy va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari:
- polimerlar fizikasi fanining asosiy tushuncha va qonunlarini talabalarga mukammal o‘rgatish va ulardan texnologik jarayonlarni rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilishda foydalanish ko‘nikmalarni shakllantirish;
- to‘qimachilik va yengil sanoatda qo‘llaniladigan birikmalarning tuzilishi va xossalarini izohlash;
- polimerlar fizikasi fanining nazariy asoslarini hozirgi zamon rivojlanish yo‘llari bilan bog‘liq holda, ularning fan va texnikadagi ahamiyati haqida bilim berish va shu sohada talabalami mantiqiy xulosalar chiqarishga o‘rgatish;
- polimerlaming sintezi va xossalari bo‘yicha kimyoviy tajribalarni kimyoviy idishlar, reaktivlar va qurilmalardan foydalanib bajarishga o‘rgatishdan iborat.
Ko’p sonli atom guruhlari yoki molekulalari kimyoviy bog’lanib, uzun zanjir tashkil qilgan yuqori molekulyar birikmaga polimer deb aytiladi. Polimerning zanjirli molekulasi makromolekula deyiladi.

Download 250.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling