1. Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy goyasi. Milliy goya va iqtisodiy tamoyillar


Download 130 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi130 Kb.
#1468323
  1   2   3   4   5
Bog'liq
milliy


Reja:
l.Kirish.
1. Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy goyasi.
2. Milliy goya va iqtisodiy tamoyillar.
Ill.Asosiy qism.
1. Millat va milliy g‘oyada qadriyatlar
2. Milliy mafkuramizni insonlar qalbi va ongiga singdirish yo‘llari.
3.. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot tushunchalarining mohiyati – mazmuni.
4.Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish – milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi.
5.Yoshlarda ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish tuyg‘usini qaror toptirishda milliy g‘oyaning ahamiyati
Ill.Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar.
XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri bo‘lib kirib keldi. Ana shu asrda keng qamrovli va jadal sur’atlarda tarqalayotgan informatsiyalar insonning istaklarini, qarashlarini o‘zgartirishi, fikriga ta’sir qilishi mumkin. «Eng asosiy narsani ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi» degan qudratli targ‘ibot kuchlari kishini hamma yerda va har kuni qurshab turadi. Endilikda xilma-xil usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotning asosiy ob’ekti, maqsadi inson qalbi va ongi uchun kurash maydoniga qaratilmoqda. Bu kuchlarning maqsadi - insonni nimagadir ishontirish, nimagandir undash, nimagadir og‘dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o‘z diniga e’tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba’zi davlatlar o‘zining «katta og‘a» ekanini uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni bo‘lganidek, bu g‘oyaning ikkinchi tomoni teskari tomoni bo‘lishi ham mumkin. Agar o‘sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo‘lsa, uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o‘sha dindor, din chetda qolib, davlat tuzumini ag‘darishga chaqirayotgan bo‘lsa, uning buzg‘un-chiliklarini kim gapirishi mumkin. Yoki jahonda «katta og‘a»larning qo‘lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Ana shu targ‘ibot va aksil targ‘ibotni kim amalga oshiradi?
Inson qalbi va ongi uchun kurash jarayonida g‘oya va ong munosabati birinchidan, muayyan g‘oya inson tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Ikkinchidan, muayyan g‘oya shaxs ongida faqat axborot sifatida saqlanib qolishi, ya’ni keraksiz buyum kabi, inson ongining bir chetida «chang bosib» yotaverishi mumkin. Birinchi holatda g‘oya inson ongida hyech qanday iz qoldirmaydi, ikkinchi holatda esa, u shaxs uchun hyech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi g‘oya faqat inson qalbini egallagan, ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangan taqdirdagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, faoliyat dasturiga aylanadi. Shuning uchun ham, bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh maqsadi inson qalbini zabt etish orqali uning ongini egallash bo‘lib qolmoqda
«Bugungi kunda insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hyech qachon unutmaslik lozim» degan edi Prezidentimiz
Hozirgi paytda rivojlangan davlatlar qudratli targ‘ibot tizimiga ega bo‘lishga intilmoqda. Masalan, o‘z faoliyatining targ‘ibotiga AQSh hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflayapti. Fransiya ham o‘z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frank sarflamoqdi. Bu ma’lumot targ‘ibotlar nafaqat dinda, biznesda balki siyosatda ham, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham muhim ahamiyatga ega. Demak, rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan sira voz kechmagan.
Rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ‘iboti «hukumat siyosati-ning tashviqoti» ko‘rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O‘zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ‘ib qilishni talab etadi. Bunday targ‘ibot islohotlarni «mafkuraviy asosda ta’min-lash»ga xizmat qiladi.
Milliy g‘oyani O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strate-giyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan holda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo‘nalishlari mavjud. Bunda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etiladi.
O‘zbekiston hayotidagi o‘zgarishlar insonlar ongida ham katta o‘zga-rishlar qilishni talab etadi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi zamon kishisini tarbiyalash haqida jiddiy qayg‘urishi, tabiiy. Demak, O‘zbekistonda ham, «komil inson» g‘oyasida e’tirof etilgan shaxs mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. «Fuqarolik ahloqi»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi.
Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda har bir ota-ona o‘z farzandining maktabgacha tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishi nihoyatda muhim. Bunda oilaning ta’lim muassasalari tizimiga izchil uyg‘unlashuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollej-lari, oliy o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim:
- Vatan tuyg‘usini shakllantirish;
- ona tilimizga muhabbat uyg‘otish;
- milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;
- ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash;
- oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish;
- mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish va hokazo.
Sotsiolog, vrach, psixolog, radikal freydizm yo‘nalishi vakali Rayx Vilgelm (1897-1957) fikricha, «ko‘r-ko‘rona va avtoritar (diktaturaviy) tarbiya bois yoshlar ishonuvchan bo‘lib qoladilar hamda tanqidiy qobiliya-tidan mosuvo bo‘ladilar».
Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirish targ‘ibot-tashviqot orqali amalga oshiriladi. Targ‘ibot (uning o‘zak so‘zi, «rag‘bat») - u insonni biror harakatga rag‘batlantirishni nazarda tutadi. «Tashviqot» (tushunchasi o‘zagi «shavq» so‘zidan olingan) - u kishida biror narsaga shavq uyg‘otishga yo‘naltiriladi.
Targ‘ibot («inson qalbining sozlovchilari») insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan.

Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling