1 Misollarning javobini toping: 4789+468=? A 5267 b 5257 d 4257


Download 311.67 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi311.67 Kb.

3-sinflar uchun test(1)

1)Misollarning javobini toping:4789+468=? A)5267 B)5257 D)4257

2)Misollarning javobini toping:4769-486=? A)4283 B)4273 D)5283

3)Misollarning javobini toping:859·68=? A)58412 B)58312 D)58322

4)Misollarning javobini toping:520:8=? A)65 B)165 D)45

5)Misollarning javobini toping:658:47=? A)13 B)14 D)24

6) 240 · 4 6 + 548 – 467=? A)11121 B)11021 D)12121

7)Taqqoslash:18·3*3·10 A) < B) > D)=

8)85+8·5*87-4·6 A)< B) > D)=

9)Tenglama:62+x=62 A)124 B)1 D)0

10)865-X=46 A)819 B)820 D)911

11) 32·X= 160 A)4 B)5 D)800

12)X:13=34 A)2 B)3 D)442

13) 90:X= 6 A)15 B16) D)540

14) 720 – x = 1180 – 739 A)441 B) 279 D)720

15) 92 ∙ x = 4600 A) 50 B) 5 D)423200

16) x ∙ 1 2 = 5 400 A)450 B) 45 D)86400

17) 480 : x = 6 A)8 B)80 D)2880

18) y + 2940 = 3000 A)6 B) 60 D)5940

19) Uzunlik o‘lchov birliklari: 1 dm = ?sm A)1 B)10 D)100

20) 8 dm 6sm = ?sm A)86 B)806 D)860

21) Teng yonli uchburchakning perimetri 19 sm. Teng tomonlardan birining uzunligi 7 sm. Uning qolgan tomonlari uzunligini toping.

22) Gul do‘koniga 430 ta atirgul va undan 230 ta kam chinnigul keltirildi. Do‘konga jami nechta gul keltirilgan?

23) Bir yil oldin maktabda 890 nafar o‘quvchi o‘qir edi.Ulardan 80 nafari maktabni bitirishdi. Yangi o‘quv yilida 1-sinfga 90 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Hozir necha nafar o‘quvchi o‘qimoqda?

24) Tokzorda 9 ta savatga husayni va yana 8 ta savatga toifi navli uzum joylandi. Husayni 8 kg dan, toifi esa 9 kg dan taqsimlandi. Hammasi bo‘lib necha kilogramm uzum uzilganligini toping? Qaysi navli uzumdan ko‘proq uzilgan?

25) Shunday uchta son topingki, ularning yig‘indisi ham, ko‘paytmasi ham bir-biriga teng bo‘lsin. Bu qanday uchta son?

1-KALIT

1-B 6-A 11-B 16-A

2-A 7-B 12-D 17-B

3-A 8-B 13-A 18-B

4-A 9-D 14-B 19-B

5-B 10-A 15-A 20-A

21)YE:19-(7*2)=5

22)Ye:430+(430-230)=630

23)Ye:890-80+90=900

24)9*8+8*9=156 72=72

25)1+2+3=6 1*2*3=6
2-QATOR

1)Misollarning javobini toping:6789+968=? A)7757 B)7767 D)14877

2)Misollarning javobini toping:4989-668=? A)4321 B)4331 D)964

3)Misollarning javobini toping:2308·68=? A156944) B)156954 D)157944

4)Misollarning javobini toping:1224:18=? A)68 B)67 D)14818

5)Misollarning javobini toping:510:15=? A)24 B)34 D)14

6) 837 – 96 : 8 + 107 A)12 B)932 D) 939

7)Taqqoslash:88·3*9·11 A)< B) > D)=

8)485+8·5*897-4·6 A)< B) > D)=

9) (12 ∙ 4 + 13 ∙ 3) – 39* 48 A) < B)> D)=

10)(961 – 724) + (724 + 396)* 2 ∙ 961 A) < B)> D)=

11)Tenglama:162+x=262 A)100 B)424 D)262

12)915-X=646 A)269 B)369 D)1561

13) 65·X=455 A)7 B) 17 D)29575

14)X:16=32 A)2 B)512 D)48

15) 660:X= 6 A)101 B) 110 D)3960

16) x – 2904 = 3705 + 230 A)3935 B)1031 D)6839

17)52 ∙ x = 364 A)6 B) 7 D)18928

18) Uzunlik o‘lchov birliklari: 1 m =? dm A)1 B)10 D)100

19) 3 m 7 dm =? dm A)37 B)307 D)370

20)504sm=?m ?sm A)5 m4 sm B)50m4sm D)5m 40 sm

21) Kitob do‘konida 680 dona ertak kitobi bor edi.Birinchi kuni 210 ta, ikkinchi kuni birinchi kundan60 ta ortiq kitob sotildi. Kitob do‘konida qancha ertak kitob qoldi?

22) Yozgi ta’tilda Xadicha va uning ukasi 270 ta ertak o’qishdi. Ulardan 150 tasi o‘zbek xalq ertaklari,qolganlari jahon xalqlari ertaklari. Ular qancha jahon xalqlari ertaklarini o‘qishgan?

23) To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 72 cm, eni bo‘yidan 27 cm qisqa. To‘rtburchakning perimetrini toping.

24) Birinchi bino qurilishi uchun 160 kg, ikkinchi bino qurilishi uchun undan 40 kg kam mix jo‘natildi. Dastlab omborda 300 kg mix bo‘lgan bo‘lsa, qurilishga jo‘natilganidan so‘ng necha kilogramm mix qoldi?

25) Duradgorda 9 ta yog‘och taxta bor edi. U bir nechta taxtaning har birini 5 bo‘lakka bo‘lib arraladi. Shunda taxtalar soni 33 taga yetdi. Duradgor nechta taxtani bo‘laklarga bo‘lib arraladi?

KALIT

1-A 6-B 11-A 16-D

2-A 7-B 12-A 17-B

3-A 8-A 13-A 18-B

4-A 9-D 14-A 19-A

5-B 10-A 15-B 20-A

21)YE:1)210++60=270 2)680-(210+270)=200

22)270-150=120

23)72-27=45(sm)eni P=(72+45)*2=234

24)1)160-40=120 2)160+120=280 3)300-280=20

25)6 ta taxtani bo’lakka bo’lgan 3 ta taxtani bo’lmagan(33:5=6(3 tasi qoldi)

3-

1)Misollarning javobini toping:2689+868=? A)3557 B)3567 D)3589

2)Misollarning javobini toping:1678-988=? A)690 B790) D)610

3)Misollarning javobini toping:1022:7=? A) 146 B)156 D)164

4)Misollarning javobini toping:8496:24=? A) 345 B)354 D)355

5)Misollarning javobini toping:247·68=? A)16796 B)16789 D)19547

6)`10000-54*16+145 A)864 B)9281 D) 8991

7)Taqqoslash:26·3*16·9 A)< B)> D)=

8) 483 + (645 – 483)* 640 A) < B)> D)=

9)Tenglama:83+x=456 A)539 B)373 D)383

10)965-X=86 A)879 B)889 D)1051

11) 56·X= 672 A)12 B)14 D)37632

12)X:23=18 A)141 B) 414 D)41

13) 150:X= 3 A)5 B) 50 D)450

14) 370 + x = 640 – 190 A)450 B)80 D)820

15) 78 ∙ x =702 A) 9 B) 8 D)54756

16) 4∙b+396=396 A)0 B)4 D792)

17) 38∙c+42=80 A)38 B)1 D)1444

18) Uzunlik o‘lchov birliklari: 1 km =? m A)10 B)100 D)1000

19) 2 km 40 m =? m A) 240 B)2040 D)2400

20) 1 cm =? mm A)1 B)10 D) 100

21) Zumrad birinchi haftada 220 betli kitobning 120 betini, ikkinchi haftada esa qolganini o‘qib bo‘ldi.U birinchi haftada ikkinchi haftadagiga qaraganda necha bet ko‘p o‘qigan?

22) Do‘konda tushgacha 130 ta, tushdan so‘ng 250 ta muzqaymoq sotildi. Agar ertalab do‘konga 400 ta muzqaymoq keltirilgan bo‘lsa, nechta muzqaymoq qolgan?

23) To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 7 cm, eni 4 cm. To‘g‘ri

to‘rtburchakning tomonlari 8 cm ga kattalashtirilsa uning perimetri qancha bo‘ladi?

24) Dilbar kuniga 6 sahifadan kitob o‘qidi. 14 kun o‘qiganidan so‘ng kitobning 12 sahifasi qoldi.Kitob necha sahifadan iborat?

25) Birinchi kesmaning uzunligi 1 dm 7 cm, ikkinchi kesma birinchisidan 2 cm uzun. Uchinchi kesmaning uzunligi birinchi va ikkinchi kesmaning uzunligiga teng bo‘lsa, uchinchi kesmaning

uzunligini toping.

3-KALIT

1-A 6-B 11-A 16-A

2-A 7-A 12-B 17-B

3-A 8-B 13-B 18-D

4-A 9-B 14-B 19-B

5-A 10-A 15-A 20-B

21)YE:1)220-120=100 2)120-100=20

22)Ye:400-(130+250)=20

23)Ye:1)7+8=15 2)4+8=12 P=(15+12)*2=54

24)(14*6)+12=96

25)1 dm 7sm=17 sm Ye:1)17+2=19 2)17+19=36
4-qator

1)Misollarning javobini toping:5329+768=? A)6097 B)6087 D)6007

2)Misollarning javobini toping:9003-978=? A)8015 B)8025 D)9025

3)Misollarning javobini toping:47·68=? A)3196 B)3186 D)3096

4)Misollarning javobini toping:712:8=? A) 98 B)89 D)78

5) )Misollarning javobini toping:3087:49=? A)53 B)63 D) 73

6) 4756 – 420 : 70 · 56=? A) 336 B) 4420 D) 4336

7)Taqqoslash: 8)85+9·5*87-9·6 A)< B)> D)=

8)95-9·5*87-7·6 A)< B) > D)=

9) (368 + 459) + (459 – 368) *459 ∙ 2 A)< B)> D)=

10)Tenglama:96+x=102 A)6 B) 7 D)198

11)895-X=96 A)799 B)789 D)991

12) 78·X=468 A)6 B) 7 D)36504

13)X:17=23 A)391 B) 381 D)2

14) 200:X= 5 A)4 B)40 D1000)

15) 720 – x = 1180 – 739 A) 441 B) 279 D)1161

16) 43∙ x = 344 A) 7 B)8 D)14792

17) 245 · x = 5641 + 3179 A)8820 B)36 D)245

18) 9726 – 9301 = x : 12 A)425 B)35 D)5100

19) Uzunlik o‘lchov birliklari: 4 dm = ?sm A)4 B)40 D)400

20) 5 dm 9sm = ?sm A)59 B)509 D) 590

21) Polizdan yig‘ilgan 240 ta tarvuzning 130 tasi birinchi jo‘yakdan, qolgani ikkinchi jo‘yakdan uzildi. Birinchi jo‘yakdan ikkinchisiga qaraganda nechta ko‘p tarvuz uzib olingan?

22) Quyonlar uchun 5 kg sabzi keltirildi. 13 ta quyonning har biriga 4 tadan sabzi berildi. Agar har bir kilogrammda 11 tadan sabzi bo‘lsa, necha dona ortib qoldi?

23) To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 82 cm, bo‘yi 22 cm bo‘lsa, enining uzunligini toping.

24) Do‘konga 5 ta o‘ramda 90 m atlas keltirildi.Bir kunda 3 o‘rami sotildi. Necha metr atlas sotilgan?

25) Uchburchakning perimetri 26 cm ga teng. Uning tomonlaridan birining uzunligi 10 cm. Qolgan ikki tomonining uzunligi o‘zaro teng bo‘lsa, ushbu tomonlarining har birining uzunligini toping.

KALIT

1-A 6-B 11-A 16-B

2-B 7-B 12-A 17-B

3-A 8-B 13-A 18-D

4-B 9-D 14-B 19-B

5-B 10-A 15-B 20-A

21)YE:1)240-130=110(ta) 2)130-110=20(ta)

22)Ye:1)134*4=52 2)5*11=55 3)55-52=3

23)Ye:22*2=44 2)82-44=38 3)38:2=16

24)90:5*3=48

25)Ye:1)(26-10):2=8
5-qator

1)Misollarning javobini toping:1689+687=? A)2376 B)2375 D)2386

2)Misollarning javobini toping:4789-893=? A)3896 B)3886 D)3796

3)Misollarning javobini toping:4784:8=? A)598 B)589 D)579

4)Misollarning javobini toping:8964:54=? A)166 B)156 D)176

5)Misollarning javobini toping:475·8=? A)3800 B)3700 D)3900

6) 7561–320:80·256 =? A)1024 B)6537 D)7557

7)Taqqoslash:18·3*3·10 A) < B)> D)=

8)85+8·5*87-4·6 A)< B)> D)=

9)Tenglama:62+x=62 A)0 B)1 D)134

10)865-X=46 A)819 B) 829 D)911

11) 32·X= 160 A)5120 B) 5 D)3

12)X:13=34 A)3 B)442 D)432

13) 90:X= 6 A)5 B) 15 D)540

14) 720 – x = 1180 – 739 A) 441 B) 279 D)1161

15) 92 ∙ x = 4600 A)5 B) 50 D)500

16) x ∙ 1 7 = 510 A) 8670 B)30 D)3

17) 871–(x + 17)=800 A)71 B)88 D)54

18) 80∙(b+7)=1600 A)20 B)13 D)27

19) Uzunlik o‘lchov birliklari: 1 dm = ?sm A)10 B)100 D)1000

20) 8 dm 6sm = ?sm A)86 B)806 D)860

21) Birinchi o‘ramda 30 m, ikkinchisida 24 m gazlama bor. Agar bitta ko‘ylak uchun 3 m gazlama sarflansa,ikkala o‘ramdagi jami gazlamadan nechta ko‘ylak tikish mumkin?

22) To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 32 cm2. Uning eni8 cm ga teng bo‘lsa, bo‘yini toping. Bu to‘g‘ri to‘rtburchakni chizing.

23) Do‘konda 1 ta qalamning narxi 300 so‘m,1 ta ruchkaning narxi esa 400 so‘m. Lobar do‘kondan 2 ta qalam va 1 ta ruchka sotib

oldi. Lobar jami necha so‘m sarfladi?

24) Oshxonaga 580 kg kartoshka keltirildi. Agar bir kunda 135 kg dan ishlatilsa, 3 kundan keyin necha kilogram kartoshka qoladi?

25) Ikkita kesma chizing. Birinchi kesmaning uzunligi 86 mm, ikkinchisi esa birinchisidan 2 marta qisqa bo‘lsin.

5-KALIT

1-A 6-B 11-B 16-B

2-A 7-B 12-B 17-D

3-A 8-B 13-B 18-B



4-A 9-A 14-B 19-A

5-A 10-A 15-B 20-A

21)YE:(30+24):3=18

22)Ye:32:8=4

23)Ye:300*2+400=1000

24)580-(135*3)=175

25)86:2=43
6-

1)Misollarning javobini toping:4639+868=? A)5507 B)5597 D)5517

2)Misollarning javobini toping:4732-568=? A)4164 B)4064 D)4174

3)Misollarning javobini toping:656·48=? A)31488 B)31478 D)30488

4)Misollarning javobini toping:4368:8=? A)456 B)546 D)457

5)Misollarning javobini toping:9248:68=? A)136 B)126 D)146

6)593 + 94 · 8 – 384 A)5112 B)1345 D)961

7)Taqqoslash:25·3*3·25 A) < B) > D)=

8)45+4·5*67-3·6 A)< B)> D)=

9)Tenglama:45+x=54 A)9 B)19 D)99

10)465-X=146 A) 319 B)611 D)711

11) 56·X= 112 A) 2 B)20 D)6272

12)X:14=19 A)33 B)266 D)256

13) 70:X= 14 A) 5 B) 6 D)980

14) 210 : x = 420 : 6 A)70 B) 3 D)30

15) 32 ∙ x = 9792 A) 36 B) 306 D)3006

16) x – 2904 = 3705 + 230 A)3935 B)1031 D)6839

17) 15 ∙ x = 630 : 7 A)90 B)1350 D)6

18) 245 · x = 5641 + 3179 A)8820 B)36 D)306

19) Uzunlik o‘lchov birliklari: 1000mm=?sm A)1 B)10 D)100

20) 5 cm 4 mm =? mm A)54 B)504 D)540

21) 3-«A» sinfdan 32 nafar, 3-«B» sinfdan 34 nafar o‘quvchi 3 ta avtobusga teng taqsimlanib teatrga borishdi. Har bir avtobusga

necha nafardan o‘quvchi joylashgan?

22) Samolyot 1 sekundda 210 m uchsa, 4 sekundda necha metr uchib o’tadi?

23) Uchburchakning perimetri 126 mm, ikkita tomonining uzunligi 37 mm dan bo‘lsa, uchinchi tomoni necha millimetr?

24) Fil 1 kunda 240 kg, kiyik esa undan 8 marta kam ozuqa iste’mol qiladi. Filning bir kunlik ozuqasi kiyikning bir kunlik ozuqasidan necha kilogramm ko‘p?

25) Novvoy 1 kunda 142 ta obinon yopdi. Agar u har kuni shunday sur’atda ishlasa, 3 kunda nechta obinon yopadi?

6- KALIT

1-A 6-D 11-A 16-D

2-A 7-D 12-B 17-D

3-A 8-B 13-A 18-B

4-B 9-A 14-B 19-D

5-A 10-A 15-B 20-A

21)YE(32+34):3=22

22)Ye:210*4=840

23)Ye:126-(37*2)=52

24)YE:1)240:8=30 2)240-30=210

25)Ye:142*3=426



Bayrog‘imiz -faxrimiz!



(Sahna bayram mavzusiga mos ravishda bezatilgan. Mavzuga oid lozunglar ilingan. O‘quvchilar va o‘qituvchi bayramona kayfiyatda)

O‘quvchilar harbiy Maratning “Hilpira bayrog‘im” musiqa sadosi ostida qo‘llarida bayroqchalar ko‘tarib kirib kelishadi.

1-boshlovchi: - Assalomu alaykum aziz mehmonlar, ustozlar va murabbiylar. Milliy faxrimiz va g’ururimiz bo‘lgan davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!

2-boshlovchi: - Vatanning ramzlari ko‘p. yurt deganda har bir insonning ko‘z oldiga turli manzaralar namoyon bo‘ladi.

3-boshlovchi: - Kimdir ona qishlog‘ini eslaydi, yana kimningdir yodiga ulug‘vor tog‘lar-u gavjum shaharlar tushadi.

1-boshlovchi: - Vatanning umuminsoniyat qabul qilgan shunday ramzlari borki, u har bir davlatning o‘zligini anglatadi. Shulardan biri va eng muhimi bu

Hamma: BAYROG‘IMIZDIR

2-boshlovchi: Bayroq nima?

Hamma: Yurtim osmonida fusunkor bezak.

3-boshlovchi: Bayroq nima?

Hamma: Istiqlolim belgisi, iftixorim!

1-boshlovchi: Bayroq nima?

Hamma: Millatimning yashayotgan udumlari!

2-boshlovchi: Bayroq nima?

Hamma: Yo‘lchi yulduz, kuch va adolat timsoli!

RAQS (Bayroq)

O‘quvchi: Bayroq tashkilot yoki biror davlatga tegishli bo‘lishi mumkin. Bular orasida millat uchun eng muhimi, uning mustaqilligini va xalqaro darajadagi hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq – davlat bayrog‘i.

O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Respublikamiz Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan.

O‘quvchi: Va shu kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi.

O‘quvchi: ushbu qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, uning 3- moddasida shunday deyiladi:

O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlada O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

O‘quvchi: 4-moddada esa “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i – bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli to‘rtburchak shaklidagi matodir”, deyiladi.

O‘quvchi: 7-moddada ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir qatorda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko‘tarilganda , O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro huquq normalariga va diplomatik protocol qoidalariga muvofiq ko‘tariladi”.

O‘quvchi: “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bayroqlaribilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o‘lchamga ega bo‘lishi kerak”

O‘quvchi: Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat va g‘alaba timsoli bo‘lgan.

O‘quvchi:

O, mening muqaddas bayrog‘im,

Ko‘nglimning, baxtimning qayrog‘i.

Tinmagay mavjlanib tursang sen,

Yuragim – bulbulim sayrog‘im.

O‘quvchi:

Sendagi moviylik – tiriklik,

Ko‘klarday, suvlarday tiniqlik.

So‘nmagay mavjlanib tursang sen,

Ortgaydir qalbimda yiriklik.

O‘quvchi:

Oq ranging – niyatim oqligi,

Qutlashda quyoshday toqligi.

Bilingay mavjlanib tursang sen,

O‘ylarim, xayolim pokligi.

O‘quvchi:

Bayrog‘im sendagi yashillik –

Ko‘karish, yuksalish, yaxshilik.

Ko‘ringay, mavjlanib tursang sen,

Ishlashim ter bosib tikka-tik.

O‘quvchi:

Sendagi chiziqlar qizil – ol –

Hayotiy kuchimga bir misol.

Hilpirab, mavjlanib tursang sen,

Bor bashar anglagay bemalol.

O‘quvchi:

Ustingda porlagan yarimoy,

Ko‘rsatar an’anang qanday boy.

Erkimning ramzidir bu yana,

Parpirab, hurmatga ochar yo‘l.

O‘quvchi:

Sendagi o‘n ikki yulduzda –

Xalqdagi quyoshli solnoma.

Beruniy avlodi millatning,

Kimligin bilmoqqa yodnoma.

O‘quvchi:

Yellar-la hilpilla, bayrog‘im,

Viqor-la silkilla, bayrog‘im!

Qulama, yiqilma, egilma,

Olamga qut ula, bayrog‘im!

SAHNAVIY KO‘RINISH

O‘qituvchi: - Qani, aziz bolajonlar, bugungi bayram munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i tasvirini rangli qog‘ozlar bilan tayyorlangchi.

(O‘quvchilar rangli qog‘ozlarni tayyorlab, ularni ko‘chma doskaga yopishtirishadi. Har bir rangni ilayotganda tilak bildirishadi.)
O‘qituvchi: Har bir rangni ilayotganlaringizda tilak bildirishingizni taklif qilaman.
Moviy rang:Olamda tinchlik bo‘lsin!
Qizil rang: Osmonda quyosh kulsin!
Oq rang: Yuksak zafarlar quchsin!
Yashil rang: Buyuk yurt yashnab tursin!
Oymomo:

O‘y sursalar o‘ylariga sirdoshman,

Yo‘l yursalar, yonlarida yo‘ldoshman.

Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman,

Vatan nomin olam aro so‘ylayman.
(Bir o‘quvchi yig‘lab turadi)

O‘qituvchi: - Ha, bolajonim, shunday yaxshi kunlarda sen nega yig‘layapsan?
O‘quvchi: - Bayrog‘imiz uchun tayyorlagan yulduzchalar yo‘qolib qolibdi.
O‘qituvchi: - Mayli, sen xafa bo‘lma, bizning “Mitti yulduzchalar” nomli do‘stlarimiz bor, hozir ularni chaqiramiz, senga yordam berishadi.

(12 nafar o‘quvchilar “Tantana” guruhi ijrosidagi “Yulduzchalar” qo‘shig‘i ijro etishadi. Ishtirokchilar yasalgan bayoqqa bittadan yulduzcha yopishtirishadi.)

Raqs (Yulduzchalar)

O‘quvchi: Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli
O‘quvchi: Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart.
O‘quvchi: Zero, unda ruhiyatimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.
O‘quvchi: Shu o‘rinda sizlarga yana bir ma’lumotni aytib o‘tsak. 2018-yilda poytaxtimizning “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida 65 metr balandlikdagi O‘zbekiston milliy bayrog‘i o‘rnatildi.
O‘quvchi: Bayroqning kattaligi enig 20 metr, uzunligi 10 metrli tashkil qilib, u mamlakatimiz hududidagi eng bayland bayroqdir.
O‘quvchi:

Moviy, oqu yashil rang

O‘zbekiston bayrog‘i.

Ko‘zni oladi, qarang –

Hilpirab turgan chog‘i.

O‘quvchi:

Moviy rang - mangu osmon

Obihayot ramzidir.

Ezgulikka posbon

Chin e’tiqod ramzidir.

O‘quvchi:

Oq rangi – beg‘uborlik,

Poklikni anglatadi.

Tong nuriday bedorlik,

Soflikni anglatadi.

O‘quvchi:

Yashil rang – yangilanish,

Tabiatning timsoli,

Navqironlik, ulg‘ayish,

Barkamollik misoli.

O‘quvchi:

Qizil chiziq – qonimiz,

Qudratimizdan darak,

Yarim oy – imonimiz

Va diyonat mushtarak.

O‘quvchi:

O‘n ikki porloq yulduz

O‘n ikki burj demakdir,

Ajdodlarga sodiqmiz,

Dildagi burch, demakdir.

O‘quvchi:

Bayrog‘imiz bosh uzra

Hilpiraydi, porlaydi.

Bizni ulug‘ ishlarga

Baxt-iqbolga chorlaydi.
SAHNAVIY KO‘RINISH

(Davraga sayyoh kirib keladi va o‘quvchilardan bayram haqida so‘raydi)

Sayyoh: - Hello dear children, whatholiday are you celebrating?
1-o‘quvchi: - We are celebrating our country’s flag.
Sayyoh: - How many colours in your flag?
2-o‘quvchi: - There are four colours in the flag. They are blue, red, green and white.
Sayyoh: - What do the moon and stars symbolize?
3-o‘quvchi: - They represent peace and independence.
Sayyoh: - Thank you. Do you know a poem about flag?
4- o‘quvchi: - Yes pleasa, listen.
5-o‘quvchi:

Blue, white and green

And has a red tie.

That’s why beautiful,

The flag of Uzbekistan

6-o‘quvchi:

Hoist my flag,

Hoist pridly.

For my free people

Give freedom.

Raqs (inglizcha)

O‘quvchi:

Moviy, yashil, oq,

Qo‘limda bayroq,

Yuguraman shod,

Vatanda ozod!

O‘quvchi:

Shamolda g‘ir-g‘ir,

Hilpiraydi hur.

Dilim shoshadi,

Zavqim toshadi.

O‘quvchi:

Ona tabiat

Va jo‘shqin hayot,

Musaffo osmon,

Tomirimda qon.

O‘quvchi:

Pok orzularim,

Jam bo‘lgan bari.

Boshla mayog‘im –



Vatan bayrog‘i!
1-boshlovchi: - Dunyoda millat va elatlar, xalqlar va davlatlar ko‘p, lekin O‘zbekiston bitta. Uning bayrog‘i ham yagona.
2-boshlovchi: - Vatanni, bayrog‘imizni, tinchlik va do‘stlikni milliy qadriyatlarimizniulug‘ bilib, vatan uchun xizmat qilishga astoidil bel bog‘laylik.
3-boshlovchi: - bayrog‘imiz doim moviy osmon uzra hilpillab, viqol-la silkillab tursin!
1-boshlovchi: - Bugungi bayramimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat!

(O‘zbek istrada yulduzlari ijrosida “Qo‘lingda imkon” qo‘shig‘i sadosi ostida tadbirga yakun yasaladi)
Download 311.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling