1. Misrda Yangi podsholikning tashkil topishi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq
Download 1.74 Mb.
|
QADIMGI MESOPATIMIYA VA MISR SIVILIZATSIYASI
QADIMGI MESOPATAMIYA VA MISR SIVILIZATSIYASI 1. Misrda Yangi podsholikning tashkil topishi.2. Hunarmandchilik va savdo-sotiq.3. Misr fir`avnlarining istilochilik yurishlari.4. 19–20- sulolalar davrida Misr podsholigi.REJA: Yangi podsholik davrida Misr 19–20- sulolalar davrida Misr podsholigi Misr fir`avnlarining istilochilik yurishlari Hunarmandchilik va savdo-sotiq Misrda Yangi podsholikning tashkil topishi Qadimgi Misr videorolik Giksoslar mamlakatdan quvilgach, Misrda Yangi podsholikdavri boshlangan. Bu podsholik miloddan avvalgi 1584-yildan 1085-yilgacha davom etib, unda 18–20- suloladan chiqqan kishilar podsholik qilganlar. Bu davrda podsholikning chegarasi ancha kengaygan. U jariubda Nubiyaga, shimol va shimoli-sharqda O`rtayer dengizining sharqiy sohillarigacha bo`lgan yerlami egallagan edi. Yangi podsholikning kuchayishi munosabati bilan xo`jalik yangidan rivoj topgan. Yangi yerlar ochilib, suv omborlari, kanallar ta`mirlanib, yangilari qurilgan. Dehqonchilikda ishlatiladigan mehnat qurollari takomillashtirilgan. Qishloq xo`jaligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Yangi podsholik davrida hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan. Temirchilik, yog`och-sozlik, ko`nchilik, binokorlik, kulolchilik, to`qimachilik, zar-garlik, qurolsozlik va boshqa kasb-korlik rivojlangan. Yangi podsholik davrida mamlakatning ichki va tashqi savdosi ravnaq topgan. Ichki va tashqi savdoda mol ayirboshlash Nil daryosi, O`rtayer, Qizil dengiz va quruqlikdagi yo`llar orqali amalga oshirilgan. Misrdan o`zga mamlakatlarga quyma oltin, oltin, fil suyagi, kumush, yog`ochdan ishlanib, lojuvard toshlari bilan bezatilgan buyumlar chiqarilgan. Misr chet mamlakatlarga yana shisha buyumlar, qimmatbaho mato, qurol-aslaha va boshqa buyumlar ham chiqargan. Suriyadan Misrga don, sharob, quruq meva, yog`och, asal, chorva mollari, charm va boshqa buyumlar keltirilgan. Kipr oroli, Sinay yarimoroli va Mesopotamiyadan esa mis, jez, Badaxshon lojuvardi, gazmol, kiyim-kechak, jang aravalari va boshqa narsalar olib kelingan. Shunday qilib, Yangi podsholik davrida Misrda hunarmandchilik ichki va tashqi savdo rivojlanadi. Bu davrda Misr Sharqdagi eng boy mamlakatga aylangan. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling