1 Muhim siyosiy voqyealari haqida ma’lumot bering


Download 16.82 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi16.82 Kb.
#1545975
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu topshirig\'i manba shunoslik


1) Muhim siyosiy voqyealari haqida ma’lumot bering.
Muhim siyosiy voqyealar. V—VI asrlarda Uzbekistan tarixi eftaliylar («xeptal», «haytal», «yey—da», «i—da» nomlari bilan ham mashhur) va Eftaliylar davlati tarixi bilan bog’liqsir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan ma’lumotlarga qaraganda, Eftaliylar saklar va massagetlarning avlodlaridir. Eftaliylar juda katta hududda o’z hukmronliklarini o’rnatdilar. Eftaliylar davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bo’ylarigacha bo’lgan yerlar qarar edi. Eftaliylar milodning 457-yilida Chag’oniyon, Toxariston va Badaxshonni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldilar. Eron podshosi sosoniy Peruz (459—484-yy.) Eftaliylarga qarshi uch bor qo’shin tortdi, lekin uning barcha yurishlari mag’lubiyat bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga o’lpon to’lab turishga majbur bo’ldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan ko’p vaqt o’tmay, Sharqiy Turkistonni ham bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldilar.
563—567-yillari turk xoqoni Istemi (Dizovul) Eron hukmdorlari bilan ittifoq tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli yerlarni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Natijada Turk xoqonligi Amudaryo va Orol dengizigacha cho’zilgan o’lkalar ustidan o’z hukmronligini o’rnatdi. VI asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Si davlatlarini ham bo’ysundirdilar; 576 yili Bosporni (Kerch) egalladilar; 581 yili esa Xersonesni qamal qildilar.
VI asr o’rtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda o’zaro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581—618-yy.) hukmdorlari ustalik bilan foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qismga: Sharqiy va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketdi.
Arablar istilosi arafasida O’zbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi. Sharq va xitoy tillarida yozilgan manbalardagi ma’lumotlarga qaraganda, VIII asr boshlarida O’rta Osiyo bilan O’zbekiston 15 ga yaqin mustaqil davlatga bo’linib ketgan edi. Bulardan eng kattasi Xorazm, So’g’d, Buxoro, Chag’oniyon, Toxariston, Ustrushona, Choch va Farg’ona hisoblangan. Ularning podsholari jabg’u (knyaz), xud ot, ixshid va ispahbed deb atalardi. 705 yildan boshlab arablarning O’zbekiston ustiga istilochilik yurishlari kuchaydi.
Arab xadifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jihatdan bir xil emasligi, ular o’rtasidagi iktisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, yer-suv va boylikning tobora mahalliy boylar hamda arab harbiy boshliqlari qo’lida to’plana borishi va nihoyat, mahalliy aholi bilan bosqinchilar o’rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi xalq harakatlari va o’zaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu hol, o’z navbatida, arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning zaminida mustaqil mahalliy davlatlar paydo bo’ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Tohiriylar (821 y.), Seistonda Safforiylar (867 y.) va nihoyat, Movarounnahrda Somoniylar (819 y.) hokimiyat tepasiga keldilar. Boshqa o’lkalarda ham shunday ahvol yuz berdi. Kiskasi, 935 yildan boshlab Abbosiylar xalifaliqda o’z siyosiy mavqyelarini tamoman yo’qotdilar va nomigagina xalifa bo’lib qoldilar, xolos.

Download 16.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling