1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari Ijtimoiy bozor xo’jaligi konsepsiyasi Chikago monetarizm maktabi


Download 30.85 Kb.
bet1/8
Sana04.02.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1163749
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MAVZU.


7-MAVZU.
NEOLIBERALIZM IQTISODIY G’OYALARINING MOHIYATI VA AHAMIYATI
1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari
2. Ijtimoiy bozor xo’jaligi konsepsiyasi
3. Chikago monetarizm maktabi
4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari


1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari

Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ldi va XX asrning 30-yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma’lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g’oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo’llaydi. Keynschilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investisiyalash, hukumat buyutma va xaridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo’yicha davlat chora- tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o’nta keng qo’llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma’lum bo’lgan davlat byudjeti kamomadi va inflyasiyaga olib kelishida ko’rinadi.


Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo’lishini qo’llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa «tunggi qorovul» yoki «sport sudyasi» qabilida bo’lishi ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishning yirik vakili L.Erxard fytganidek «Raqobat mumkin bo’lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo’lgan yerda» amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo’lib, tadbirkorlarning erkin va mo’tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi.
XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo’layotgan militaristik g’oyalar nihoyatda kuchli bo’lib, ko’p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSh, Buyuk Britaniya) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi.
Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSh va Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni «monetar maktab» deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g’oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryuyeff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o’sha davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro ko’lamda e’lon qilindi. Bu neoliberallarning yig’ilishi (forumi) «Lippman kollokviumi» deb xam ataladi, buning sababi shuki, o’sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman «Erkin shahar» kitobini e’lon qildi va undagi g’oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo’llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g’amo’rlik qilishlari va ularni barcha xo’jalik subyektlari tomonidan bajarilishini ta’minlashlariga ko’maklashuvi so’raladi. Bu xujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo’li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko’rilishi mumkin deb hisoblanadi.

Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling