1. Nimani, qancha va qachon ishlab chiqarishkerak?


Download 17.63 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.63 Kb.
#1561346
Bog'liq
МОЛИЯЯя Оралииикк


Marketing tadqiqotlari deganda moddiy boyliklar va xizmatlar oldi-sottisi bilan bog’liq bo‘lgan ma’lumotlarni muntazam to‘plash, yozib borish va tahlil etishni tushunish mumkin.

marketing tadqiqotlarining maqsadi quyidagi asosiy olti savolga javob olishdan iboratdir:


1. Nimani, qancha va qachon ishlab chiqarishkerak?
2. Mahsulotni qaysi bozorda joylashtirish kerak?
3. Iste’molchilarning mahsulotlarni qabul qilishlarini oldindan qanday ko‘ra bilish mumkin?
4. Mahsulot sotishni jonlashtirishni qayerda va qanday boshlamoq lozim?
5. Taqsimot yo‘llarini qanday qilib to‘g’ri tanlashmumkin?
6. Marketing tadqiqotlariga sarflagan xarajatlarning samaradorligini baholashda qaysi mezonlarni qabul qilish mumkin?

Marketing xizmati tomonidan qanchalik katta miqdordagi murakkab axborotlarni to‘plash, kayta ishlash va tahlil qilish lozimligini tushunish uchun, mahsulot iste’mol xususiyatlarini tadqiq qilish texnologiyasi misolini ko‘rib chiqish yetarlidir.


Avvalambor, yangi mahsulotlarni yaratib olmoq lozim. Keyin yangi tovarga xaridorlarning munosabatini o‘rganish lozim. Ya’ni, tovarning foydalanishi sifati qanchalik darajada iste’molchi talabiga javob berishi aniqlanadi. Bunday tekshirish faqatgina o‘z mahsuloti ustidangina emas, shu bilan birga raqobatchi firma mahsuloti yuzasidan ham amalga oshiriladi. Xaridorning mahsulot ta’mi, xidi, rangi, o‘lchami, fasoni, mustahkamligi, foydalanishdagi qulayligi va boshqa iste’mol xususiyatlariga bo‘lgan munosabati maxsus ishlab chiqilgan metodika asosida tahlil qilinadi. Bir vaqtning o‘zida mahsulotning markasiga, nomiga va uning imidjiga bo‘lgan psixologik munosabat tadqiq qilinadi va nihoyat, qadoqlash xususiyati, konstruktsiyasi, tashqi ko‘rinishi bilan kishini jalb qilishi, qayta foydalanish imkoniyatlari baholanadi.

Marketingning yagona tushunchasi yo‘q bo‘lganidek, turizm marketingining ham yagona qoidasi yo‘q. 


fransuz mutaxassislari R.Lankar va R.Olle fikricha turistik marketingi – ‘‘Berilgan vazifalarni o‘rganish, tahlil qilish va yechish uchun yaratilgan asosiy usullar majmuasidir’’

Marketingning asosiy funksiyasi – mavjud bo‘lgan xizmatlarni hisobga olgan holda yangi xizmatlarni yaratish va sotish bo‘yicha majmuali faoliyatni tashkil etish orqali bozorga chiqish



Turizm marketingida marketingning uchta asosiy funkstiyasi

Mijozlar bilan aloqani o‘rnatish

Rivojlantirish

Nazorat



Mijozlar bilan aloqani o‘rnatish. Bu funkstiya iste’molchi talablariga, unga taklif etilayotgan dam olish joyi va kutilayotgan manfaatlarga to‘liq muvofiq kelishini isbotlashni o‘z oldiga maqsad etib qo‘yadi; 
Rivojlantirish. Ushbu funksiya xizmatlarni sotish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga ko‘maklashadigan, yangi ishlanmalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Nazorat. Ushbu funkstiya turistik hizmatlarning bozorda sotilishi holati bo‘yicha natijalarni tahlil qilish va ushbu natijalar turizm sohasida mavjud imkoniyatlardan qay darajada to‘liq va muvaffaqiyatli foydalanilayotganligini aks ettirishi lozim

O‘zbekistonga etib kelinuvchi turistik sayohatlarning ko‘payishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi ba’zi hollarni sanab o‘tish mumkin:


• O‘zbekiston​to‘g‘risidagi dastlabki va so‘nggi taassurotlarni qoldiruvchi Bojxona xizmati xodimlarining ishidagi sovuqqonlik;
• ko‘pgina mehmonxonalarda taomlarning zamonaviy talablarga javob bermasligi;
• O‘zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlari narxlarining asosiy raqobatchilarimizga nisbatan qimmatligi¸ transport narxlarining yuqoriligi;
• turistik esdalik uchun xarid etadigan milliy suvenirlarimizning kamligi va nisbatan qimmatligi. 
• joriy infratuzilmani takomillashtirish va yangilarini yaratish uchun xususiy soha vakillarida mablag‘larning etishmasligi;
• targ‘ibot masalalariga etarlicha e’tibor berilmaganligi tufayli xorijiy fuqarolarning aksariyatida O‘zbekiston to‘g‘risida hech qanday ma’lumotning yo‘qligi;
• O‘zbekistondagi joriy narxlarning qimmatligidan tashqari, ba’zi hollarda, taklif etilayotgan tovar va xizmatlar sifatining shu narxga mos emasligi.
Xozirgi jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yangi iqtisodiy mexanizm tashkil qilish va quyidagi aniq tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi:
- Importni kamaytirish va mehmonxonalarni mijozlar uchun zamonaviy, Xalqaro andozalarga javob beruvchi mebel va inventarlar bilan ta’minlash. Buning uchun mebel va inventarlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etish;
- milliy xunarmandchilik bo‘yicha kichik korxonalar ochish, ularning faoliyatini kengaytirish, turistlar uchun kundalik zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish;
- turistlar bo‘sh vaqtini o‘tkazishi uchun sog‘lomlashtirish markazlari, ko‘ngilochar klublar, sport markazlari, turist parklari, kazino, tennis kort maydonchalarini tashkil qilish;
- reklama (e’lon qilish) faoliyatini kengaytirish shunga mos poligrafiya bazalarini, audio, video, nashrni mahsulotlar sifatini yaxshilash;
- suvenir mahsulotlari, sport inventarlari, maxsus belgisi bor turist inventarlari ishlab chiqaruvchi xususiy va qo‘shma korxonalar tashkil etish;
- turizm iqtisodiga kapital qo‘yilmalarni jalb qilish uchun soliq tartibi kafolatlar tizimini ishlab chiqish;
Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling