1. Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari (bundan buyon matnda Namunaviy shtatlar deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin


Download 0.57 Mb.
bet1/5
Sana13.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1676329
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2859 21.02.2017




O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2859]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 21-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari (bundan buyon matnda Namunaviy shtatlar deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
Namunaviy shtatlar oliy ta’lim muassasalarining budjet mablag‘lari va o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lari hisobidan joriy qilinadi;
Namunaviy shtatlarni joriy qilinishi munosabati bilan boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlar sonining qisqarishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalari uchun mazkur Namunaviy shtatlar ularning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga ta’sir etmagan (zid bo‘lmagan) holda qo‘llaniladi, bunda tashkiliy tuzilmada belgilangan shtat birliklari ushbu Namunaviy shtatlarda nazarda tutilgan lavozimlardan kelib chiqib, mos ravishda shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ayrim oliy ta’lim muassasalarining shtatlar jadvallarini tuzishda, ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Namunaviy shtatlarda ko‘zda tutilmagan lavozimlar, tarkibiy tuzilmalar va xodimlar soni belgilanishi mumkin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 24-avgustdagi 18-2018, 22-Q/Q, 122-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2859-1, 11.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 10/18/2859-1/2035-son)
3. Oliy ta’lim muassasalarining rektorlari shtat jadvallarini tasdiqlangan Namunaviy shtatlarga qat’iy amal qilgan holda moslashtirilishini ta’minlasin.
4. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. KASIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-fevral,
1-2017-son
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-fevral,
4-q/q-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-fevral,
13-son
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qaroriga ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining
NAMUNAVIY ShTATLARI
Oldingi tahrirga qarang.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling