1. Operaning kelib chiqish Operaning turlari haqida


Download 26.94 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi26.94 Kb.
#1023346
  1   2   3
Bog'liq
jaloladdin


Reja
Kirish


1.Operaning kelib chiqish
2. Operaning turlari haqida
3. Opera janrining O`zbekistonda paydo bo`lishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Musiqa, matn va sahna harakatlari bilan birlashtirilgan murakkab sintetik asar opera deb ataladi. Operada musiqa nafaqat she’riyat qoidalari, balki mazkur asarning sahna dramaturgiyasi xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Musiqa opera asosi sanaladi. Opera xarakteri musiqa dramaturgiyasi qonunlari bilan belgilanadi.


Opera - musiqaning barcha ko'rinishlari:solo, ansambl va xor bo‘lib kuylash, raqs, harakatlarga cholg'u jo ‘rligi, mustaqil cholg‘u musiqasi kabilar o ‘z ifodasini topgan musiqiy asarning yagona turidir. Opera idrok etishning davomiyligiga ko‘ra cholg‘u musiqasining barcha turkumli shakllaridan ustunlik qiladi.
Opera matni libretto deb yuritiladi. Libretto - musiqa asari talablariga moslashtirilgan dramatik asarni qayta ishlash natijasida yaratiladi (Chaykovskiyning “Yevgeniy Onegin” operasi librettosi Pushkinning she’riy romani asosida yozilgan). Opera, ma’lum syujetga asoslangan har qanday sahna asari kabi, akt (parda), kartina (ko‘rinish), sahnalarga bo'linadi. Opera asari yaxlitligiga, awalo, sof musiqiy vositalar hisobiga erishiladi. Yaxlitlikni yaratishda takrorlar va bir yoki bir necha asosiy musiqiy mavzuni rivojlantirishning turli usullari asos bo‘lib xizmat qiladi.Bunday mavzular hamma vaqt ishtirokchi shaxslar tavsifi bilan bog‘liq va leytmotiv , leyt mavzu, leytxarakteristika deb ataladi. Opera ichidagi pardalar boshqa syujetli sahna shakllari pardalari bo‘ysunadigan qonunlar bo‘yicha o‘zaro nisbatlanadi: syujetni, asosiy qatnashchilar xarakteri va ularning o ‘zaro munosabatlarini ekspozitsiyalash(ko‘rsatish) birinchi aktda ro‘y beradi, yechim oxirgi aktda, voqealar va xarakterlar rivoji o‘rta pardada. Musiqiy dramaturgiya asosida, odatda, ikki musiqiy obraz konflikti (ziddiyati) yoki ularni qarama-qarshi qo'yish yotadi, bu intonatsion dramaturgiyada - asarning asosiy elementlari to'qnashuvi va rivojlanishida o'z aksini topadi. Operaning ta'sir kuchi aynan musiqiy dramaturgiya keskinligi bilan belgilanadi. Istalgan turkumli musiqiy asarda bo'lgani kabi operada ham ko'plab alohida kulminatsiya (mazkur sahna, vaziyat, nomer va h.k. uchun kulniinatsiya) bo'lishi mumkin. Asarning umumiy kulminatsiyasi (avji) ko'p hollarda operaning so'nggi ko'rinishlaridan (kartina) biriga to'g'ri keladi.


Download 26.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling