1. Paxta va undan olinadigan mahsulotlar assortimenti. 12 varoqli. Daftarga yozasizlar Paxta
Download 308.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik fanidan 1-мавзу Mustaqil ta’lim mavzulari
1. Paxta va undan olinadigan mahsulotlar assortimenti. 12 varoqli. Daftarga yozasizlar Paxta, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mahsulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) ajratib olinadi. Shuning uchun butun dunyoda Paxta tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻllaniladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi. Texnologik uskunalarda Paxtani qayta ishlash va tolani tozalash jarayonida oʻlik (pishib yetilmagan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta Paxta momigʻi (uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi. Paxtada 30— 35% tola va 50—55% chigit (chigitida 24—29% moy), 2—3% oʻlik tola, 3— 5% kalta momiq boʻladi. Gʻoʻzaning seleksion navi va tolaning yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab Paxta oʻrta tolali va uzun tolali turlarga boʻlinadi. Paxta qoʻlda va mashina bilan teriladi. Paxta tolasi pishib yetilganlik koeffitsiyenti hamda tashqi koʻrinishi, rangi boʻyicha 5 sanoat naviga va iflos aralashmalarning miqdori hamda namligiga qarab 3 sinfga boʻlinadi. Paxta navi tashqi koʻrinish namunasi — paxtaning standart namunalariga solishtirib (klasser usulida), bu usul qanoatlanarli boʻlmasa, lab. usulida pishib yetilganlik koeffitsiyenti boʻyicha aniqlanadi. Toʻqimachilik, yogʻ-moy, gidroliz, kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi (qarang Paxta tolasi ) [1] . Paxta yumshoq tola boʻlib, gʻoʻza (Gossypium) oʻsimligi urugʻlari atrofida oʻsadi. Paxta deyarli butunlay sellulozadan iborat. Paxta asosan tropik va suptropik iqlimda yetishtiriladi. Yovvoyi paxta navlari xilma-xilligi ayniqsa Meksika , Avstraliya va Afrikada yuqori [2] . Paxta tolasidan ip eshiladi, gazlama tayyorlanadi. Paxta matolar qadimdan maʼlum: Meksika va Pokistonda eramizdan avvalgi 5000-yillarga oid paxta gazlamalar topilgan. Bugungi kunda dunyo boʻylab yiliga 25 million tonnagacha paxta yetishtiriladi, paxta uchun sugʻoriladigan yerlarning 2,5%i ajratilgan. Xitoy paxta yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi [3] . Бугунги кунда дунѐнинг 84 та мамлакатида 200 миллионга яқин аҳоли 32-33 миллион гектар ерга чигит экиб пахта етиштириш ва қайта ишлаш билан шуғулланади. Ўзбекистон пахта етиштириш бўйича дунѐда Хитой, Ҳиндистон, АҚШ, Покистон ва Бразилиядан кейин 6-ўринда туради. Авваллари пахта толасини экспорт қилиш бўйича Ўзбекистон АҚШ ва Ҳиндистондан кейин учинчи, ўринда турар эди. Кейинчалик пахтани ўзимизда қайта ишлаш саноати ривожланаѐтгани сайин 6 ўринга ўтди. Download 308.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling