1 psixologik faktlar va qonuniyatlarni o'rganish bilan birga psixik faoliyat mexanizmlarini aniqlash ham kiradi Borliqni xissi xayajon xolatda qabul qilish organish


Download 45.1 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1520621
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
test psixologiya (2)


1 psixologik faktlar va qonuniyatlarni o'rganish bilan birga…….

  1. psixik faoliyat mexanizmlarini aniqlash ham kiradi

  2. Borliqni xissi xayajon xolatda qabul qilish organish

  3. Sub’ektni ni borliqni qabul qilish jarayoni organish

  4. Psixik jarayon xolatida xissning ongidan paydo bolishi

2. psixologiya fan sifatida nimalarni o'rganadi?
A) psixikaning faktlari, psixologik qonuniyatlari va mexanizmlarini
B) Psixik jarayonlar va ulardan kelib chiqadigan psixologig muammolar
C) Sezish, bilish, faoliyat jarayonlarida ongninig psixologig jarayonnlarini
D) Individual psixik tafavutlar jarayonlarini organish.
3. Introspektsionizm - qanday so’z va fanda nimani anglatadi?
A) - ichkariga qarayman, o'zimga qarayman degan ma’noni anglatib, ongni faqat o'zini-o'zi kuzatish, ichki yaratish orqaligina bilish mumkinligini anglatadi.
B) - ichkariga qarayman, o'zimga qarayman degan ma’noni anglatib ongni ichki kechimlar bilan qolish jarayoni xisoblanadi.
C) - o'zimga qarayman degan ma’noni anglatib, oz ozini bilish jarayonida ongni faoliyatiga anglatadi.
D) - ichkariga qarayman, o'zimga qarayman degan ma’noni anglatib, ong va faoliyat birligini anglatadi.
4. differentsial psixologiya – umumiy psixologiyaning qanday sohasi?
A) psixologiyaning, odamlar va odamlar guruhi o'rtasidagi individual psixik tafovutlarni o'rganuvchi sohasi
B) psixik hayotning onglilik bosqichi bu anglanmagan instinktlarni muntazam bosib turish bilan bandligi bogliq sohasi
C) shaxsning shaxs tomonidan ko'chirilgan, turg'un motivatsion ustanovkalariga, psixik shikastlanishlariga bevosita ta'siri borligini aniqlaydigan soha
D) ongsizlik darajasi instinktiv - motivatsion, aksariyat hollarda jinsiy extiyojga yo'naltirilgan, energiya manbaini organuvchi sohasi xisoblanadi.

5. Simbioz – bu ?


A) bu ikki xil organizmning muayyan bir muhitda bir-biriga foyda yoki zarar keltirib, birga yashashi
B) bu psixologiyada eksperimental, matematik, statistik va klinik usullarni qollanilishi
C) bu psixofiziologik muammolar bilan bir qatorda odam xulqini determinatsiyalash
D) bu o'zi tafakkurda, sub'ekt tomonidan qabul qilingan vazifaga bog'liq ravishda yuzaga keladigan ustanovka
6. Psixologiya fani nimalarni organadi?
A) Psixikaning yuzaga kelishi mehanizmlari , ularning qonuniyatlarini, va shu qonuniyatlarini ozgarishini organadi.
B)Obektiv voqeliklarni va unga bogliq mehanizmlari xolatlar
C) Ta’na a’zolari va ularni ruhiyatga bogliq xolat va qarashlari
D )Inson ruhiyatiga bogliq muammolarni vujudga kelish sabablari
7. Umumiy psixologiya tuzilish bosqichlariga qanday jarayon xolatlardan iborat?
A) Bilish jarayoni, Psixik xolatlar, shaxsninig individual psixologiyalardan iborat
B) Sezish, korish, eshitish, xis qilish xolatlaraga bogliq bolgan psixologig jarayonlardan iborat
C)Muammolarni paydo bolishi, tortushuv, nizolar oqibatida paydo boladigan psixik jarayonlardan
D) Shaxsning individual psixologiyalardan iborat
8.Shaxsning Individual psixik tafavutlarni organuvchi psixologiya bu
A) differentsial psixologiya
B) Materialistik qashlar psixologiyasi
C) eksperimental psixologiya
D) Detertimizm psixologiyasi
9. Qachon va qayerda birinchi eksperimental-psixologiya laboratoriyasi tashkil topdi.?
A) 1879 yilda V.Vundt tomonidan Leyptsig shahrida Yevropadagi birinchi eksperimental-psixologiya laboratoriyasini tashkil topgan.
B) Franssuz anatom antropologi Pol Brok tomonidan 1880 yili Fransiyada tashkil topgan.
C) E. Dyuba-Reymon, N.E.Vvedenskiy lar tomonidan1822 yilda Yevropada tashkil topgan.
D) Amerika psixologiyasida XX asr arafasida katta obro'ga ega bo'lgan psixolog va faylasuf Uilьyam Djems (1842-1910) tomonida 1890 yilda tashkil topgan.
10. Umumiy psixologiyaga faniga analitik psixologiyani olib kirgan olim kim ?
A) psixolog va psixiatr, Karl Gustav Yung (1875-1961)
B) psixolog va pedagog Edvard Torndayk (1874-1949)
C) atoqli psixologlardan Volьfrang Keler (1887-1967)
D) avstriyalik psixolog va psixiatr Zigmund Freyd (1856-1939)
11. Psixologiya rivojiga ulkan xissa qoshgan olim “Ilmiy psixologiya dasturi loyihasi”, “Oliy-Men” va fanga ilk bor psixoanaliz iboralarini kiritgan atoqli olim Psixiatr kim?
A) Zigmund Freyd (1856-1939)
B) Osval’d Kyul’per (1862-1915)
C) Eduard Torndayk (1874-1949)
D) Volьfrang Keler (1887-1967)
12. Psixologiya fani rivojlanishiga ilk bor 1884 yili Londonda Gal’ton va Kettellar tomonidan qanday metodlar olib kirildi.
A) kriminalistikani daktiloskop bilan va psixologiyani - o'zgaruvchilar o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblab chiqish metodi.
B) hayvon va odamda malaka, ko'nikmalarni tadqiq etishning ob'ektiv metodlarini
B) o'z-o'zini boshqarishning asosiy tamoyili va metodlari
C) eksperimental, matematik, statistik metodlari
D) xatti-harakatlar va ayrim amaliy vaziyatlar o'rtasidagi qator bog'liqliklarni aniqlaydigan metodlar
13. Hissiyotning tana mexanizmlari haqida kuchli fiziologik omili “adrenalin omili” bu qanday omil va kim tomonidan kashf etilgan?
A) ichki organlar holatining o'zgarishida, shu oldindan moslashish, tayyor bo'lishni namoyon bo'lishida organizmning hissiy zo'riqish vaziyatlarida qo'shimcha quvvat olishidagi omil bolib Uni Garvard meditsina maktabi professori Uolter Kennon tominidan kashf etilgan.
B) organizmda ro'y beradigan o'zgarishlar hissiyotning oqibati emas, balki uni yuzaga keltiruvchi sabab bolguvchi omil bolib Djems, Daniyalik anatom K.Lange lar tomonidan kashf qilingan.
C) xotiraning qator qonuniyatlarini ochadigan maxsus omil xisoblanib nemis psixologi German Ebbingauz tomonidan kashf etilgan
D) irsiy omillarga bog'liq ravishda qobiliyatlarning taqsimlanishini ishonchli statistik tahlilini amalga oshiruvchi omil bolib Bine, Shtern, Lazurskiylar tomonidan amalga oshirildi
14. XVIII asrda Psixologiyaning rivojlanishida, chex fiziologi Yirji Proxazka olib kirgan tushuncha qanday edi?
A) U ilk bor refleksning klassik ta'rifini berdi Proxazka, refleks - organizmning uni hayotiy faolligi, yashashi uchun ahamiyatli bo'lgan, ma'lum bir tashqi qo'zg'atuvchi ta'siriga javoban yuzaga kelishligini qayd etadi.
B) biologik rivojlanish moslashuvchanlik mexanizmlari bilan shartlanganligini, turlarning rivojlanishi mavjud muhitga ko'proq, yaxshiroq moslasha olgan individning yashab qolishi hisobiga amalga oshishligini ta'kidlaydi.
C) psixologiyaning yangi sohalari - zoopsixologiya, qiyosiy va genetik psixologiyaning yuzaga kelishiga turtki bo'ldi
D) psixologiyaga organizmning muhit bilan o'zaro munosabati tushunchasini, ichki va tashqi olamning mutano-sibligi tushunchalarini kiritdi.
15. Jon Lokkning ta'kidlashicha, …… - bu odam tomonidan uning aqlida (miyasida) ro'y berayotganlarni idrok etishdir. Jumlalarni toldiring.
A) Ong
B) Aql
C) Xissiyot
D) Psixika
Hozirgi zamon psixologiyasi asosiy ilmiy yonalishlari

16. Assotsiativ psixologiya – psixologiyadagi yoʻnalishi va uning vakillari …….


A) muayyan sharoitda psixologik hosilalar orasida paydo boʻladigan aloqa. A. in-son ongidagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar bogʻlanishi, shu bogʻlanishlar paltufayli ongda paydo boʻlgan muayyan tasavvurlar oʻxshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga koʻra, shunga bogʻliq boʻlgan boshqa tasavvurlarni hosili- asoschilari Gartli, Pristli, Yum va Gerbart; 19-asrda J. S. Miller, keyinrok, esa Siyen, Ebbingauz va G. Ye. Myuller
B) ongni faqat o'zini-o'zi kuzatish, ichki yaratish orqaligina bilish mumkin deb e'lon qildi. Empirik psixologiya ichki tajribani tashqi tajribani hisobga olmagan holda talqin qilgan va uning asoschilari Angliyalik faylasuf Jon Lokk (1632-1704) G.Leybnits (1646-1716)
C) ob’ektiv va aniq bo‘lmog‘i kerak. Psixologiya filosofiyaga emas, balki hozirgi zamon tabiatshunosligiga tayanmog‘I psixolog va fiziologlari, jumladan, E. Torndayk (1874-1949 y.) Dj Uotson (1878-1958 y.), K. Leshli (1890-1958 y.), A. Veys (1879- 1931 y.)
D) insondagi 2 xil instinktga katta eʼtibor beradi: birinchisi — hayotni davom ettirishga karatilgan jinsiy instinktlar, ikkinchisi — hayotni barbod qilishga yoʻnaltirilgan vayronkor (destruktiv) instinktlar. Asoschisi Zigmund Freyd (1856-1939)
17. Psixologiyada BIXEVIORIZM qanday yonalish va uning asoschilari kimlar?
A) XULQ PSIXOLOGIYASI bolib psixologik o'rga-nishning yagona ob'ekti xulq, xulqiy reaktsiyalar bo'lishi lozimligini talab qilib chiqdi asoschilaridan biri mashhur psixolog va pedagog Edvard Torndayk (1874-1949) Dj Uotson (1878-1958 y.), K. Leshli (1890-1958 y.), A. Veys (1879- 1931 y.)
B) milliy va irqiy, shuningdek umuminsoniy e'tiqodlar, miflar, arxetipik obrazlar va simvollar hisoblanadi asoschisi Karl Gustav Yung (1875-1961)
C) shaxsni psixik tuzilishining ichki birligini, uning muvaffaqiyatga intilishi, o'zini-o'zi ro'yobga chiqarish, ijtimoiy identifikatsiya bilan shartlanganligi kontseptsiyalarining asoschisi Al’fred Adler ta'limotlari bo'ldi.
D) xulqining instinktlar bilan determinatsiyalashuvining muntazam kamayib borishi va rivojlanayotgan inson miyasining ulkan imkoniyatlari evazigagina mumkin bo'lib borayotgan, uni xulqining hayoti davomida o'zlashtirilgan dasturlar bilan determinatsiyalashuvining ortib borishi. asoschisi Erix Fromm
18. Insondagi 2 xil instinktga bolgan birinchisi — hayotni davom ettirishga karatilgan jinsiy instinktlar, ikkinchisi — hayotni barbod qilishga yoʻnaltirilgan vayronkor (destruktiv) instinktlar. Bu instinktlar guruhining har biri oʻz quvvat manbaiga ega. Birinchisiniki — nafs (libido), ikkinchisiniki — tajovuzkorlik. Bu qanday psixologig yonalish?
A) Freydizm yonalishi asoschisi Zigmund Freyd (1856-1939)
B) BIXEVIORIZM yonalishi asoschisi Edvard Torndayk (1874-1949)
C) . Assotsiativ psixologiya bolib asoschilari G.Leybnits (1646-1716)
D) Neofreydizm yonalishi bolib asoschisi Erix Fromm
19. “Maydon Nazariyasi” asoschisi kim ?
A) Gestalt maktab psixologi Kurt Levin
B) G. fon Erenfelsning
D) uning asoschilari Eduard Tolmen (1886-1959) va Klark Xall (1884-1952)lar
20. 20-asrning 20— 30-yillarida Germaniyada yuzaga kelgan yirik psixologig oqim…...
A) Geshtaltpsixologiya (nem. Gestalt — shakl, obraz, qiyofa, tashqi koʻrinish va psixologiya)
B) Assotsiatsiya psixologiya
C) BIXEVIORIZM( XULQ psixologiyasi) yonalishi
D) Neofreydizm yonalishi
21.Zamonaviy psoxologig yonalishlardan biri Neofreydizm yonalishi qanday va uning asoschisi kim?
A) psixoanalizning, individual psixologiyaning ijtimoiy shartlanganligiga yo'naltirilgan, yangi oqimi sifatida yuzaga keldi va uning asoschisi sifatida Amerikalik psixolog gumanist Erix Fromm (1900-1980) hisoblanadi.
B) shaxsni psixik tuzilishining ichki birligini, uning muvaffaqiyatga intilishi, o'zini-o'zi ro'yobga chiqarish, ijtimoiy identifikatsiya bilan shartlanganligi kontseptsiyalarining asoschisi Al’fred Adler ta'limotlari bo'ldi.
C) B) milliy va irqiy, shuningdek umuminsoniy e'tiqodlar, miflar, arxetipik obrazlar va simvollar hisoblanadi asoschisi Karl Gustav Yung (1875-1961)
D) ongni faqat o'zini-o'zi kuzatish, ichki yaratish orqaligina bilish mumkin deb e'lon qildi. Empirik psixologiya ichki tajribani tashqi tajribani hisobga olmagan holda talqin qilgan va uning asoschilari Angliyalik faylasuf Jon Lokk (1632-1704) G.Leybnits (1646-1716)
22. ---psixika va xulqning irsiy, nasliy mexanizmlarini, ularni genotiplarga bog'liqligini o'rganadi.
A) Genetik psixologiya
B) Differentsial psixologiya
C) Yosh psixologiyasi
D) Ijtimoiy psixologiya
23. Umumiy psixologiya tuzilishi nimalarga bolinadi?
A) Bilish jarayonlari Psixologiya, psixik xolatlar psixologiyasi, shaxsning individual psixologig xususiyatlari.
B) Pedagogik psixologiya , odamlarning psixologik rivojlanganliklaridan
C) Ijtimoiy psixologiya - odamlarning turli guruhlarda, jumladan oilada, mehnat jamoalarida, o'qishda, harbiy qismlardan
D) jamoalarda olib boriladigan ta'lim-tarbiya va tashkiliy ishlarni psixologik jihatdan to'g'ri tashkil qilish
24. Umumiy psixologiyani sohalaridan biri bolgan Yoshga doir psixologiya nechta va qanday tarmoqlarga bolinadi?
A) Bolalar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi va gerontopsixplogiya
B) Pedagogik psixologiya Ijtimoiy psixologiya
C) Oligofrenopsixologiya, Patopsixologiya, Surdopsixologiyalarga
D)Tiflopsixologiya, Qiyosiy psixologiya, Akmeologiya
25. ------ odamlarning psixologik rivojlanganliklari darajasini aniqlash va ularni differentsiatsiya qilish, ularning psixikasi va xulqini baholash kabi muammolarni o'rganadi va yechadi
A) Psixodiagnostika
B) Ontogenez
C) Parapsixologiya
D) differentsial-psixologik
26. Qo'shilgan yoki kiritilgan kuzatishda---
A) tadqiqotchi o'zi kuzatayotgan hodisaning bevosita shu jarayonlarning ishtirokchisi sifatida ishtirok etadi
B) U kuzatish jarayonini borishidayoq kuzatuvchining xohishiga bog'liq ravishda, kuzatish ob'ekti, predmetini yoki xarakterini o'zgartirishi mumkin.
C) Stantardlashtirilgan kuzatishda esa, aksincha, nima kuzatilishi va qanday kuzatilishi oldindan aniq belgilab, chegaralanib qo'yiladi.
D) Mavjud hodisani ichki idrok qilar ekan psixolog go'yo uni kuzatadi (masalan, o'zining obrazlari, hissiyotlari, fikrlari, kechinmalarini kuzatadi) yoki uning topshirig'i bilan o'zini-o'zi kuzatish
27. Modellashtirish metodi qanday vaziyatlarida qo’llniladi?
A) tadqiqotchi xodimni qiziqtiradigan hodisani oddiy kuzatish, so'rov, test yoki eksperiment yo'li bilan tadqiq qilish qiyin yoki uning murakkabligi va qiyinligi tufayli mumkin bo'lmagan holatlarda qo'llaniladi.
B) Unda eksperimentator o'rganilayotgan hodisaning kechinishiga umuman aralashmaydi, u qanday tarzda ro'y bersa shundayligicha qayd etib boradi.
C) barcha talablarga javob beradigan psixologik eksperi-mentni tashkil qilish va o'tkazish amalda juda qiyin, shuning uchun ham ilmiy tadqiqotlarda u boshqa metodlarga qaraganda kamroq qo'llaniladi.
D) psixologik tadqiqot metodi sifatidagi o'ziga xosligi shundaki, unda o'rganilayotgan xususiyatlar boshqa har qanday vaqtdagiga qaraganda kuchliroq namoyon bo'ladigan vaziyatlarda
28. Frustrasiya deb qanday ruhiy holatga aytiladi?
A) Muammoni hal qilish yoki maqsadga erishish yo’lida faoliyatni izdan chiquvchi ruhiy xolat
B) Tajavuskorlik nizolar bilan bogliq xolat
C) Ong va faoliyat ketma ketligini tan olingan xolat
D) Uzoq davom etgan aqliy holatlar inson psixikasining ozgarishi va tasiri
29. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari quyidagicha
A) 1 Determinizm tamoyili; 2. Ong va faoliyat birligi tamoyili; 3. Psixikaning faoliyatda rivojlanish tamoyili
B) 1 . Ong va faoliyat birligi tamoyili; 2. Psixikaning faoliyatda rivojlanish tamoyili
C) Shaxs va jamiyat munosabatlarini psixologik jihatlarini o`rganuvchi sohalar tamoyillar
D)1. Borliqni organish tamoyili. 2 Psixikaning faoliyatda rivojlanish tamoyili
30. Qiyosiy psixologiya bu------
A) psixologiya hayotning filegenetik shakllarini o`rganuvchi psixologiya sohasi bo`lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o`xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
B) uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o`zaro ta`sir jarayonida paydo bo`ladigan psixologik hodisalarni o`rganadi.
C) miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruxiy rivojlanishdan chetlanishni
D) asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo`lib, kishilar ruxiyotiga tijorat ta`sirini, psixologik shart -sharoitni, xaridorlarga xizmat ko`rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling