1 psixologik faktlar va qonuniyatlarni o'rganish bilan birga psixik faoliyat mexanizmlarini aniqlash ham kiradi Borliqni xissi xayajon xolatda qabul qilish organish


PSIXIKA HAQIDA TUSHUNCHA. PSIXIKANING YUZAGA KELISHI VA RIVOJLANISHI. ONG


Download 45.1 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1520621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
test psixologiya (2)

PSIXIKA HAQIDA TUSHUNCHA. PSIXIKANING YUZAGA KELISHI VA RIVOJLANISHI. ONG

31. _________bu voqelikning nisbatan mustaqil, ayrim qismlarini yaxlitligicha, integrativ aks ettirishdir


A) Psixik obraz
B) Psixika funktsiyasi
C) psixik aks ettirish
D) psixika ta'rifi
32. PSIXIKA bu
A) odamni tashqi muhit bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarining boshqarilib turilishini ta'minlaydigan, ob'ektiv voqelikning sub'ektiv aks ettirilishidir.
B) Psixik obrazlarning voqelikka adekvatligi ularning eng umumiy xususiyati hisoblanadi.
C) psixikaning oliy shakli sifatida faqat insongagina xosdir. Ong til, nutq bilan uzviy bog'liq. Ong tufayli odam o'z xulqini boshqara oladi
D) Ob'ektiv mavjud bo'lgan hodisalarning ideal obrazlari psixikaning mazmuni bo'lib hisoblanadi. Biroq bu obrazlar turli odamlarda turlicha, o'ziga xos tarzda yuzaga keladi.
33. psixik faoliyatning vaqtinchalik o'ziga xosligi bo'lib, u shu holatning mazmuni va odamning shu mazmunga nisbatan bo'lgan munosabati bilan belgilanadi, deb qanday holatga aytiladi?
A) Psixik holat
B) psixik aks etish
D) Irodaviy holatlar
C) Motivatsion holatlar
34. Aks etishning shakillari togri korsatilgan variantni belgilang
A) IJTIMOIY AKS ETISH, PSIXIK AKS ETISH, BIOLOGIK AKS ETISH, XIMIYAVIY AKS ETISH, FIZIK AKS ETISH, MEXANIK AKS ETISH.
B) Egalik qilish, ijtimoiy aks etish, asabiylash
C) psixik aks etish shakliga qaytadigan bo'lsak, psixik aks etish bu psixik jarayonlar ko'rinishida namoyon bo'ladi.
D) Aks etishning eng oliy shakli, ijtimoiy aks etish , ximiyaviy aks etish
35. XIMIYAVIY AKS ETISH qanday psixik jarayon xisoblanadi?
A) ximiyaviy elementlarning o'zaro ximiyaviy reaktsiyalarga kirishishi oqibatida sodir bo'ladi. Aks etishning yuqorida keltirib o'tilgan shakllari tabiatdagi deyarli barcha narsa, hodisalarda kuzatiladi
B) Bu o'simliklarda, jonivorlarda kuzatiladi. Psixik aks etish asosan hayvonlarda, odamlarda kuzatiladigan aks etish shaklidir
D) predmetlarni bir biriga urilishidan chiqadigan tovushlarni, ularning bir-biriga tegishi oqibatida hosil bo'ladigan aks etishni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin
C) mexanik aks etishdan ko'ra murakkabroq aks etish shakli bo'lib, ularga fizika qonuniyatlariga ko'ra amalga oshadigan aks etish shakllari kiradi. Masalan, elektr toki va boshqa shu kabi hodisalar
36. aks etishning faqat insonlargagina xos bolgan shakli bu …..
A) ijtimoiy aks etish bo'libi nsongina voqelikni o'z hayotiy tajribasi, atrofida ro'y berayotgan voqea hodisalar, ijtimoiy o'zgarishlar, shular asosida shakllangan dunyoqarashi, ijtimoiy ustanovkalari va boshqalar ta'siriga bog'liq ravishda aks etish imkoniyatiga ega
B) Mexanik aks ettirishga narsa, predmetlarni bir biriga urilishidan chiqadigan tovushlarni, ularning bir-biriga tegishi oqibatida hosil bo'ladigan aks etishni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.
C) Bu biologig aks etish bolib o'simliklarda, jonivorlarda kuzatiladi. Psixik aks etish asosan hayvonlarda, odamlarda kuzatiladigan aks etish shaklidir
D) ximiyaviy aks etish bolib elementlarning o'zaro ximiyaviy reaktsiyalarga kirishishi oqibatida sodir bo'ladi. Aks etishning yuqorida keltirib o'tilgan shakllari tabiatdagi deyarli barcha narsa, hodisalarda kuzatiladi
37. umuman psixologiyaning psixik hodisalar uch guruhga bo'linadi:
A) 1)psixik jarayonlar2) psixik holatlar;3) shaxsning individual-psixologik xususiyatlari
B) 1)shaxsning individual-psixologik xususiyatlari 2) psixik jarayonlar3) Aks etish shakllariga
C) 1) psixik holatlar,2) psixikaning oliy shakli 3) Aks etish shakllariga
D) 1) Aks etish shakllariga 2)psixikaning oliy shakli 3)psixik jarayonlar
38. Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari toliq ta’rif berilgan qatorni aniqlang.
A)- mazkur odam uchun, shaxs uchun xos bo'lgan, uni psixikasining xususiyatlaridir.
Shaxsning psixik xususiyatlariga quyidagilar kiradi:1)yo'nalganlik; 2) temperament; 3) xarakter va 4) qobiliyatlar.
B) Shaxs - ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, individ sifatida - biologik turning alohida vakili “homo sapiens” (yangi tug'ilgan chaqaloq shunday hisoblanadi) bo'lmish, odamning ijtimoiy sifati hisoblanadi.
C) Har bir shaxs psixik xususiyatlarning takrorlanmas mujassamligiga - psixik tuzilishga ega bo'ladi. Bu esa uning individualligini tashkil qiladi.
D) odamni uning faoliyat sharoitlari va shaxsiy xususiyatlariga bog'liq holda namoyon bo'ladigan psixik faolligining umumiy funktsional darajasidir.
39. Tropizm – bu …..
A) tirik organizmning biologik ahamiyatga ega bo'lgan tashqi qo'zg'atuvchi ta'siriga, shu qo'zg'atuvchi xarakteriga mos ravishda bergan javob reaktsiyasidir
B) organizmning yorug'likka nisbatan javob reaktsiyasi
C) mexanik ta'sirlarga nisbatan, issiq-sovuqqa nisbatan javob reaksiyasidir.
D) bu tirik tabiatni (tirik organizmlarni) organizm uchun biologik ahamiyatga ega bo'lgan tashqi qo'zg'atuvchi ta'siriga javob reaktsiyasidir.
40. tirik tabiatni (tirik organizmlarni) organizm uchun biologik ahamiyatga ega bo'lgan tashqi qo'zg'atuvchi ta'siriga javob reaktsiyasi…….
A) Seskanuvchanlik
B) Tropizm
C) fototropizmlar
D) termotropizm
41. Psixika taraqqiyotining Elementar tahlil bosqichi, deb ham nimalarga qaratib aytilgan?
A) Instinktlar - tug'ma reaktsiyalar kompleksidir, atrof muhitdagi alohida biologik ahamiyatga ega bo'lgan qo'zg'atuvchilar, xususiyatlar ularni yuzaga keltiruvchi stimullar bo'lib hizmat qiladi.
B) Seskanuvchanlik, taksis va tropizm hodisalari psixikaning eng sodda (elementar) ko'rinishlaridir
C) psixik aks ettirish va xulqni boshqarishning ilk shakli instinktlarning shakllanishiga asos bo'ldigan bosqich xisoblanadi.
D) atrof olamni aks ettirish va xulqni boshqarilishini ta'minlovchi maxsus a'zo (organ), nerv sistemasi shakllanish bosqichlari
42. interiorizatsiya nima?
A) Tashqi xatti-harakatlardan ichki xatti-harakatlarga bunday o'tish interiorizatsiya (“ichkaridagiga aylantirish”) - deb ataladi. Predmetlarning ideal, psixik obrazlari bilan ishlash qobiliyati tufayli, odam ob'ektlar o'rtasidagi turli munosabatlarni modellashtira, o'z xatti-harakatlari natijalarini oldindan ko'ra boshlaydi. Interiorizatsiya so'z, nutq asosida amalga osha boshlaydi.
B) interiorizatsiya (“ichkaridagiga aylantirish”) Moddiy predmetlar bilan olib borilgan xatti-harakatlar asosidagina odam asta-sekin ularni ideal obrazlarda bajariladigan, xatti-harakatlarni fikran bajaradigan bo'ldi
C) Tashqi xatti-harakatlar asosida shakllangan aqliy xatti-harakatlarning o'zlari, keyinchalik tashqi xatti-harakatlarni boshqara boshlaydi. Odamning barcha ongli xatti-harakatlari, uning ichki psixik faoliyatining interiorizatsiya (“ichkaridagiga aylantirish”) ifodalash
D) Ijtimoiy ongga ilm, axloq va huquq, g'oya, san'at, din kabilar kiradi. Ishlab chiqarishdagi, ijtimoiy munosabatlardagi o'zgarishlar, odamlar ongida aks etib, ijtimoiy ongning mazmunini o'zgarishiga olib keladi.
43. Tashqi xatti-harakatlar asosida shakllangan aqliy xatti-harakatlarning o'zlari, keyinchalik tashqi xatti-harakatlarni boshqara boshlaydigan , odamning barcha ongli xatti-harakatlari, uning psixik faoliyatining bu……..
A) eksteriorizatsiyasi (tashqi ifodalanishi) hisoblanadi.
B) interiorizatsiya (“ichkaridagiga aylantirish”) hisoblanadi
C) O'zini-o'zi anglash xisoblanadi
D) ijtimoiy ong bilan asoslanganligidir.
44. Odam ongining birinchi xarakteristikasi bu
A) o'zini anglovchi, biluvchi sub'ekt deb his qilishni, mavjud va tasavvurdagi voqelikni fikran tasavvur qilish qobiliyatini, o'zining shaxsiy psixik va xulqiy holatini nazorat qilishni, ularni boshqarish, atrof voqelikni obrazlar shaklida ko'ra olish va idrok qilish qobiliyatini o'z ichiga oladi.
B) ong kabi iroda bilan yaqin, yaxlit tarzda bog'langan. Tasavvurlar va hayolni ongli boshqarish, odatda odam iroda kuchi bilan amalga oshiriladi.
C) Bu holatda, ong haqida emas, balki ongsizlik va ong o'rtasidagi oraliq psixologik holat - ongoldi haqida gapirilayotgan bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, ong deyarli har doim, odam tomonidan, uning o'z psixikasi va xulqini irodaviy nazorat qilishi bilan bog'liqdir.
D) Voqelikni tasavvur qilish, ayni vaqtda mavjud bo'lmagan yoki mutlaqo mavjud bo'lmagan narsalar (hayol, orzu, fantaziya, qo'rqinch)ni tasavvur qilish, ongning muhim psixologik xarakteristikalaridan biri sifatida namoyon bo'ladi
45. Har qanday organizm uchun, tirik mavjudodning nafaqat inson balkim hayvonlarga ham mavjud bogan Instinktlar bular ………….
A) oziqlanish, himoyalanish va nasl qoldirish instinktlarini
B) Faqat Nasl qoldirish instinkti
C) Faqatgina Nasl qoldirsh va Oziqlanish instinktilari
D) Yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda instinktlar bilan bir qatorda, voqelikni vaziyati.

  1. Individ – bu….

  1. konkret odamning homo sapiens turiga mansublik belgisidir, u odamzod taraqqiyoti layoqatlarini (belgilarini) tashuvchisi hisoblanadi.

  2. Shaxs sifatlari, amaliy munosabatlari diapazoni, sotsium ijtimoiy faoliyatning turli jihatlariga kirishganligi bilan shartlanadi

  3. Moddiy ishlab chiqarish sharoitlari, is'temol jihatlari, ijtimoiy munosabatlarning o'ziga xosligi, odam turmush tarzini, xulqining o'ziga xosligini va nihoyat shaxs tipini belgilab beradi.

  4. shaxs tomonidan ijtimoiy qadriyatlar va ijtimoiy ijobiy xulq usullarini o'zlashtirib olish asosida hayotiy faoliyatga qobiliyatining shakllanishidir.




  1. Download 45.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling