1. Qadimgi Turon mamlakatida asosan aholi qanday tasnif etib kеlingan?


Download 51 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi51 Kb.
#148348
Bog'liq
Boltayev Izzatbek 6-topshiriq Sotsialogiya


Boltayev Izzatbek 6-topshiriq Sotsialogiya


1. Qadimgi Turon mamlakatida asosan aholi qanday tasnif etib kеlingan?

J) Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz har bir siyosiy tarixiy davrda aholini tabaqalarga bo‘lish orqali boshqarish, jamiyat tarkibida sinflar,strata,ijtimoiy guruhlarning bo‘lishi kabi ijtimoiy hodisalariga duch kеlamiz.Qadimiy Misrva, Vavilonda aholi zadogonlar va qullarga,Afina va Rimda, fuqarolar va plеbеylarga, Hindistonda, braxmanlar va xizmatkorlarga ajratilgan.Qadimgi Turon mamlakatida asosan aholini:

a) Urug‘ qabilaviykеlibchiqishidan;

b) kasbiymansubligidan;

v) diniy e’tiqodiy qarashlaridan;

g) shajaraviy, sulolaviy kеlib chiqqan holda tasnif etib kеlingan.

Turon tarixidan ma’lumki, jamiyatni anashunday tasnif etish har bir ijtimoiy guruh, strataning ijtimoiy o‘rni va rolini ob’yеktiv baholash, ulardan samarali foydalanish, umum davlat miqyosida ularning murosaviy munosabatlarini ta’minlash, siyosiy boshqarish imkonini bеrgan.

2. Qadimgi Hindistonda jamiyat aholisi qanday tabaqalarga bo`lingan?

Hindistonda jamiyat:

a) yuqori tabaqa – braxmanlar;

b) o‘rta tabaqa - kshatriylar (jangchi toifasi)

v) shudralar (qora xalq)dan iborat guruhlarga ajratilgan.

3. Aflotun jamiyat a‘zolarini nechta guruhga ajratgan?

Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (er.avval. 4-asr) jamiyat a’zolarini 3 guruhga ajratgan:

a) faylasuflar (yuqori tabaqa bo‘lib, davlatni boshqaruvchi sinf);

b) harbiy jangchilar;

v) qullar - quyi tabaqa

4. Stratifikatsiya tushunchasini izohlang?

Stratifikatsiya (lot stratum - qatlamva fatsio – bajaraman) - jamiyat tuzilmasi, alohida qatlamlari, ijtimoiytabaqalanish belgilari tizimi va tengsizlikni ifoda etuvchi sotsiologik tushunchadir.



5. Sotsial mobillik tushunchasiga ta‘rif bering?

Jamiyatni tashkil etuvchi sotsial guruhlar, individlar, tabaqalar, qatlamlarning harakatlarini sotsial dinamikaning sotsial mobillik (lotincha mobilis - harakatchan, o‘zgaruvchan) va sotsial o‘zgarishlar, deb ataladigan ko‘rinishlari ifodalaydi. Sotsial mobillik tushunchasi sotsiologik tadqiqotlar doirasiga P. Sorokin1927 yildаkiritgan edi. Sotsial mobillik kishilarning muayyan ijtimoiy guruh va tabaqalardan boshqalariga o‘tishlarini (sotsial o‘zgarishlar), shuningdek, ayni bir sotsial tabaqa doirasida mashg‘ulotlarning o‘zaro almashtirishini anglatadi. Sotsial mobillik tushunchasi guruhlar va bir butun jamiyatlar «ochiqligi» yoki «yopiqligi»ni tavsiflash uchun ishlatiladi. U intrageneratsion (avlodlar orasidagi) va generatsion (avlod ichidagi) sotsial mobillik turlariga ajratiladi. Sotsial holatning otadan o‘g‘liga (kamdan-kam hollarda onadan qizga) o‘tishi generatsion sotsial mobillikka, sotsial ko‘tarilish yoki sotsial pasayish bilan bog‘liq individual belgilar esa intrageneratsion sotsial mobillikka misol bo‘la oladi.



6. Vertikal mobillikka ta‘rif bering?

(Ijtimoiy mobillik (social mobility) -individlar va guruhlarning turli ijtimoiy pozitsiyalarga munosabati.Vertikal mobillik-ijtimoiy stratifikatsiyasining ierarxiya tizimida quyiga yoki yuqoriga qarab siljishi.Gorizontal mobillik-individ yoki guruhning bir mintaqadan ikkinchisiga o‘tishi Vertikal mobillikni tahlil qilishda sotsiologlar individning o‘z shaxsiy kar’erasi doirasidagi mobilligini ham, individ va uning ota-onasi ijtimoiy pozitsiyasidagi tafovutlarni ham o‘rganadilar) «Sotsial mobillik» tеrmini sotsiologiyaga P.Sorokin tomonidan1927 yilda kiritilgan. Sorokinga ko‘ra, sotsial mobillikning 2turi mavjud: vеrtikal va gorizontal sotsial mobillik Vеrtikal mobillik o‘z o`rnida yuqoriga va pastga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Yuqoriga yo‘naltirilgan sotsial ko‘tarilish,yuqoriga xarakatni, pastga yo‘naltirilgan-sotsial tushish, pastga harakatni anglatadi.



7. Gorizontalsotsialmobillikka ta‘rif bering?

Gorizontal sotsial mobillik individning bir sotsial qatlamdan shu darajada joylashgan boshqa qatlamga o‘tishini anglatadi.Mobillikning bu turi yashash joyi (migratsiya)ni, boshqa diniy guruhga(dininio‘zgartirishivah.k.) bildiradi.Vеrtikal sotsial mobillik bir stratadan boshqasiga o‘tishni nazarda tutadi. Vеrtikal sotsial mobillik hayot davomida insonning yuqori statusni quyiga, quyis tatusni yuqori darajadagisiga almashishidir..



8. Ijtimoiy tabaqalashuvning qanday turlari mavjud?

Jamiyatning iqtisodiy tuzilishi va ijtimoiy tarkibi o‘zaro yaqindan bog‘liqdir. Iqtisodiy munosabatlarning o‘zgarishi ijtimoiy tartib o‘zgarishsiz sodir bo‘la olmaydi .Iqtisodiy munosabatlarni ayriravishda o‘zgartirishga urinishlar aholi qarshiligiga sabab bo‘lmasa ham, sustligiga duch kеlishi mumkin. Jamiyatningijtimoiyqatlamlashuviikkishaklda namoyonbo‘ladi: 1. Insonlarningprofessional–ta`limsaviyasiga asoslanganprofessionalmalakalishakl. 2. Daromad darajasiga qarab taqsimlanishiga asoslangan iqtisodiy shakl.

Professional –malakali ijtimoiy tabaqalashuv esa ishchi bajarayotgan shu faoliyatning murakkabligi, aqliy salohiyati, jamiyat uchun muhimligi va ahamiyatini e’tiborga olishga asoslanadi.

Iqtisodiy – ijtimoiy tabaqalashuvi inson mulk maqomini baholashga hamda jamiyat va ma’naviy qulayliklarga erishuvlarida uning rеal imkoniyatlarini e’tiborga olishga asoslanadi.



9. Sotsial mobillik tushunchasini fanga kiritgan olim kim?

«Sotsial mobillik» tеrmini sotsiologiyaga P.Sorokin tomonidan 1927 yilda kiritilgan.



10. Sotsial tabaqalashuvga sabab bo`ladigan omillarni sanab ko`rsating?.

Bularga ilm - fan rеvolyutsiyalari ,fuqarolar urushlari, to‘ntarishlar, islohatlarni misol qilib olish mumkin. Individual mobillik omillariga kasbiy – prfеssional zinapoyada ko‘tarilish (malaka oshirish natijasida), ta’lim darajasi, ma’muriyatda egallagan o‘rni, ya’ni kasbiy karеra bilan bog‘liq bo‘lgan omillar kiradi.
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling