1. Qaysi javobda fe’llar berilgan?


Download 44 Kb.
bet1/3
Sana29.01.2023
Hajmi44 Kb.
#1138325
  1   2   3

ONA TILI
1. Qaysi javobda fe’llar berilgan?
A) jimirlamoq, silkinmoq B) kitob, kiyinmoq C) taralmoq, yilqi D) o‘ylanmoq, qaymoq
2. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi hisoblanadi? 1) singari; 2) bilan; 3) ammo; 4) uzra; 5) keyin; 6) xayriyat; 7) qadar.
A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 7 D) 2, 3, 5, 7
3. Qaysi javobdagi tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri emas?
A) oq oltin – paxta B) charm qo‘lqop ustalari - darvozabonlar
C) yaylov bahodirlari - cho‘ponlar D) hayvonlar podshosi - sher
4. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz
bergan?
A) Negadir ishtaham qochib ketdi.
B) Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi.
C) Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim.
D) Tez orada ≪Sohibqiron≫ sahna yuzini ko'radi.
5. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?
A) -Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan.
B) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
C) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
D) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim boladi.
6. Qaysi javobda badiiy uslubga oid gap berilgan?
A) Ikki til - o‘zbek va fors tillari – ikki pahlavon, ular goh mantiqning gurzisini ko‘taradilar, goh husn va salobatlarini namoyish qiladilar.
B) Uchrashuv 15-iriay kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
C) Tovush tolqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi.
D) Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga ko‘rsatish uchun berildi.
7. Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Dadam shu atrofdan / / qishloqdan chiqaverishdan, do‘kon qidirdi.
B) Aql ko‘pga yetkazadi / / hunar bo‘lsa insonni ulug‘likka yetkazadi.
C) Uylar, devorlar, daraxtlar / / hamma narsa qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
D) Men bu qizni yaxshi taniyman / / o‘tgan yil tanlovda birga qatnashgan edik.
8. Mening anglaganim shu bo‘ldi: yomonlik jazosiz qolmas ekan. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish
sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qollanganligi uchun
B) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
C) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
D) qo‘shma gap qismlari bir paytda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarni ifodalagani uchun
9. asal // ari, dev // qomat, Besh // ariq, jigar // rang, olib // kelmoq, sher // yurak, qo‘l // qop, bay on // etmoq, och // ko‘z. Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda nechtasi ajratib yoziladi?
A) 5 tasi B) 7 tasi C) 6 tasi D) 2 tasi
10. 0 ‘z ruhing bilan ziddiyatga bormaslikning yagona yo‘li foydali mexnatdir. Ushbu gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) hol D) kesim


Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling