1. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibida oʻzaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan?


Download 331.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi331.08 Kb.
#1048913
  1   2   3   4
Bog'liq
2022 test ona tili va adabiyot 30 talik



Ona tili va adabiyot 
1. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibida oʻzaro 
shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan? 
A) Buni qaytar dunyo deydilar, otangga qilganing bolangdan 
qaytar. 
Keksa avlod vakillar yoshlarni yot illatlardan qaytarishi lozim. 
B) Har bir ishni o‘z vaqtida bajarish muvaffaqiyat garovidir. 
Ular hamma aytilgan topshiriqlarni bajarishib bo‘libdi. 
C) Qishloqda yashaydigan do‘stimning uyiga bordik.
Men yaqinda xorij universitetiga oʻqishga kirdim. 
D) O‘qing, yoshlar, ilm kelajak poydevoridir.
Sen nega bunday gapirding, axir. 
2. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? 
A) kundan-kunga, iste’dod, tog‘-u tosh 
B) Bahor kinoteatri, otboqar, har vaqt 
C) tele studiya, Markaziy Osiyo, ommabop 
D) Navro‘z bayrami, uyma-uy, xasis 
3. Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon, 
Sarv-u sanobarmidur – soch bir yon, suman bir yon, 
Sahar, subhi sodiqda mushk bir yon, mujgon bir yon, 
Tun pardasin tortsa gar, oy bir yon, osmon bir yon. 
(To‘ra Sulaymon) 
Ushbu she’riy parchada yordamchi so‘zlar turkumiga oid nechta 
birlik ishtirok etgan? 
A) uchta
B) beshta
C) ikkita
D) to‘rtta 
4. U yozuvchining so‘nggi izlarini do‘stlari bilan boshqa 
shaharlardan ham qidirgandi. 
Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 
A) Ushbu gapda hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan otli 
soʻz birikmasi ishtirok etgan.
B) Ushbu gapda qismlari kelishik va ko‘makchilarsiz bogʻlangan 
fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan. 


C) Ushbu gapda hokim qismi hol boʻlgan aniqlovchili so‘z 
birikmasi ishtirok etgan. 
D) Ushbu gapda tobe qismi ravish bilan ifodalangan otli so‘z 
birikmasi qatnashgan.
5. Qaysi javobda ham o‘zining, ham paronimining shakldoshi 
mavjud bo‘lgan so‘z(lar) berilgan? 
1) asr;
2) yoq;
3) tub;
4) yot;
5) xol. 
A) 1, 2, 5 
C) 2, 4, 5 
B) 2,4 
D) 1, 3, 4 
6. Til va xalq tushunchalarining birini biridan ayirib qo‘yilsa, ikkisi 
ham o‘zligini yo‘qotadi. Xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. 
Ushbu parchada faqat ochiq bo‘g‘indan iborat nechta so‘z ishtirok 
etgan? 
A) 3 ta 
B) 1 ta 
C) 2 ta
D) 4 ta 
7. Boshqalarga yordam bersang, kulfatlarni chetlab o‘tasan. 
Ushbu gapdagi fe’llar haqida notoʻgʻri hukmni toping. 
A) Ushbu gapdagi fe’llar bir xil shaxs-son ma’nosini ifodalagan. 
B) Ushbu gapdagi fe’llar bir xil mayl ma’nosini ifodalagan. 
C) Ushbu gapdagi fe’llar fe’lning bir xil vazifa shakliga mansub. 
D) Ushbu gapdagi fe’llar bir xil nisbat ma’nosini ifodalagan. 
8. Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z birikmasi sifatida 
qoʻllana oladi? 
A) qulog‘iga quymoq, tosh otmoq 
B) gunohidan o‘tmoq, qoqqan qoziq 
C) shahar koʻchalari, taom shirin 
D) gullar oralab, kelajak sari 


9. Odamlarni ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, 
har bir fuqaroni uning yoshidan qat’i nazar, shu maydonning 
qatnashchisiga aylantirish bizning eng samarali yo‘limizdir. 
Ushbu gapdagi uyushiq boʻlaklar haqida qaysi fikr to‘g‘ri? 
A) Ushbu gapda aniqlovchi va eganing uyushishi kuzatiladi. 
B) Ushbu gapda tub va yasama soʻzlar bilan ifodalangan bo‘laklar 
uyushgan. 
C) Ushbu gapda kesimga faqat bevosita bogʻlangan bo‘laklarning 
uyushishi kuzatiladi. 
D) Ushbu gapdagi uyushiq bo‘laklarning barchasi ham tobe, ham 
hokim boʻlak vazifasini bajargan. 
10. Qaysi gapda tovush tushishi hodisasi kuzatilmaydi? 
A) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, 
balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. 
B) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorugʻlik tushadi. 
C) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. 
D) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. 
11. Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik menga. 
Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga. 
Ushbu she’riy parchadagi olmoshlar haqida noto‘g‘ri hukmni 
toping. 
A) Ushbu gapda olmoshning ikki ma’no turi qatnashgan. 
B) Ushbu gapda olmoshlar ikki xil sintaktik vazifani bajargan. 
C) Ushbu gapda olmoshlar uch o‘rinda sodda, bir o‘rinda murakkab 
kesim vazifasini bajargan. 
D) Ushbu gapda olmoshlar bir o‘rinda tovush oʻzgarishiga 
uchragan. 
12. Qaysi gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay qo‘shimcha 
qoʻllash bilan bog‘liq uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? 
A) Buni jamoada tashabbus uyg‘onishidan, ta’lim-tarbiya sifati 
yaxshilanishidan koʻrinib turibdi.
B) Imoratning o‘pirilib tushgan joylari siniq pishiq g‘isht bilan 
tiklangan edi. 
C) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam 
esa o‘zining sharaf va shonini saqlaydi. 
D) Qayerda intizom va hamjihatlik boʻlsa, o‘sha yerda ish yaxshi 
yo‘lga qo‘yilgan boʻladi 


13. Qaysi javobda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro ko‘p ma’noli 
so‘zlar hisoblanmaydi? 
A) Qalbingda nafs itlarini boqsang, ular bir kun seni g‘ajib 
tashlaydi.
Insonlarga muhabbat bilan boqsang, ular ham senga shunday 
munosabatda bo‘ladi. 
B) Tarang tortilgan arqon uzilib ketdi.
Shokirjon ancha yillardan beri farg‘onalik qarindoshlarini 
yo‘qlamaydi, ular bilan uzilib ketdi. 
C) Shodiya xamirni bo‘sh qilgan, shekilli, non yopayotganda ancha 
qiynaldi. 
Bolaning tabiati biroz bo‘sh edi, shu sababli ota-ona undan doimo 
xavotir olardi. 
D) Umida kir kiyimlarni yuvib, dorga ilayotganda dugonasi kelib 
qoldi. 
Badiiy adabiyot mutolaasi koʻngil kirlarini poklaydi. 
14. Sharob ichishni odat qilmang, negaki u behushlik va g‘ofillikka 
olib boradi. 
Ushbu ergashgan qo‘shma gap yuzasidan bildirilgan qaysi 
hukm(lar) noto‘g‘ri? 
1) Ushbu ergashgan qo‘shma gapning har ikki qismida ega ishtirok 
etgan. 
2) Ergash gapi tarkibida teng bogʻlanish mavjud. 
3) Bosh gapining kesimi fe’l+fe’l qolipidagi qo‘shma fe’l bilan 
ifodalangan murakkab kesim hisoblanadi.
4) Bosh gap qismida hokim qismi kesim va to‘ldiruvchi boʻlgan 
to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan. 
A) 1, 3 
B) 2, 3 
C) 2, 4 
D) 1, 4 
15. Quyidagi berilgan juftliklardan qaysilari o‘zaro ma’nodosh 
so‘zlar hisoblanadi? 
1) oriq - ozg‘in;
2) quvonchli- sevinch;
3) oson - yengil;
4) bahaybat - dahshatli;
5) g‘ayrioddiy - ajabtovur. 


A) 1,5 
C) 1, 4, 5 
B) 1, 2, 3 
D) 2, 3, 5 
16. Ular har yili mana shu sihatgohga dam olishga kelar ekan. 
Ushbu gapdagi jo‘nalish kelishigi qo‘shimchalari qanday uslubiy 
ma’no anglatish uchun xizmat qilgan?
A) o‘rin-joy va sabab ma’nosi 
B) o‘rin-joy va maqsad ma’nosi 
C) vosita-qurol va maqsad ma’nosi 
D) faqat o‘rin-joy ma’nosi 

Download 331.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling