1. Qaysi maqolda ravishdosh qo’shimchasi yasama so’zga qo’shilgan ? a. Birni ko’rib fikr qil, Birni ko’rib shukr qil b. Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma c. Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar d


Download 20.18 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.18 Kb.
#1533966
Bog'liq
fe\'l vazifa shakllari 2

1.Qaysi maqolda ravishdosh qo’shimchasi yasama so’zga qo’shilgan ? a. Birni ko’rib fikr qil , Birni ko’rib shukr qil . b. Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma. c. Birlashgan o’zar , birlashmagan to’zar. d. O’ynab gapirsang ham , o’ylab gapir. 2. Ayo g’uncha , qizil qonlar aro sen o’zni tark etding, Ayon etgil , nadir sevgi , nadir ul o’zni tark etmoq . Berilgan baytda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari qatnashgan ? a. sof fe’l b. harakat nomi c. ravishdosh , sof fe’l d. harakat nomi, sof fe’l 3. Asarning bosh g’oyasi atrofida markazlashgan davlat tashkil qilish , insonparvarlik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, adolat , ezgulik , halollik , mardlikni sharaflab , qonli urushlarni qo’zg’ash , yovuzlik , adolatsizlik , munofiqlikni qoralash g’oyalari ham aks etadi. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllari qo’shimchasini olgan nechta fe’l bor? a. 6ta b. 3ta c. 5ta d. 4ta 4. Bu falokatga yo’liqqan odamning jon achchig’idagi qichqirig’I edi, ammo Bill qayrilib ham qaramadi. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari qatnashgan ? 1)sof fe’l 2) harakat nomi 3) ravishdosh 4) sifatdosh a. 1,3 b. 1,2 c. 3,4 d. 1,3,4 5. Xurofatning zahri tekkan nodon , johil , gumrohlar - davosiga ojiz ekan , men kashf etgan giyohlar . Berilgan she’riy parchada nechta sifatdosh bor? a. 1ta b . 2ta c. 3ta d. 4ta 6. Ko’z oldimda ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar , toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllarida nechta morfema shakldoshiga ega? a. 2ta b. 3ta c. 4ta d. 5ta 7. Balandparvoz , quruq gapirgan odamning gapi pishmagan qovunga o’xshaydi. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllarida nechta jarangsiz sirg’aluvchi undosh qatnashgan ? a. 2ta b. 3ta c. 4ta d. 5ta 8. O’tgan avlod- ajdodlarimiz bizga Vatanni meros qilibgina qoldirgan emaslar , balki bu Vatanni chin yurakdan sevishni , unga fidokorlik bilan xizmat qilishni , uning husniga husn , boyligiga boylik qo’shishni ham meros qoldirishgan . Gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari qatnashgan ? 1) sof fe’l 2) harakat nomi 3) ravishdosh 4) sifatdosh a. 1,2,3,4 b. 1,2,4 c. 1, 2 d. 1,4 9. Birov odob o’rgatsa , o’rganmagan kishi hayvon, ammo uzr so’rasa , qabul qilmagan kishi shaytondir . Ushbu gapda qatnashgan sifatdoshlarda nechta morfema bor? a. 7ta b. 5ta c. 4ta d. 6ta 10. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari qatnashgan? Ba’zan uloqni to’dadan olib chiquvchi ham ko’rinib qoladi biroq, uning ketidan uloqchilar chug’urchuqday yopirilishib , o’n- o’n besh qadamda tutib oladi. A. sof fe’l , ravishdosh b. sof fe’l c. ravishdosh d. sifatdosh, sof fe’l, ravishdosh 11. Vatanni himoya qilish uchun jon fido etgan o’g’lonlarimizning onalarini achchiq iztirob , ayriliqlar qiynasa ham , ular istiqlolga

erishish maqsadida ko’ksini qalqon qilgan farzandlari haqida faxrlanib gapiradilar. Ushbu gapda qatnashgan fe’lning vazifa shakllari haqida to’g’ri hukmni toping . a. 2ta sof fe’l, 2ta harakat nomi , 2ta sifatdosh, 1ta ravishdosh b. 3ta sof fe’l, 2ta harakat nomi , 1ta sifatdosh , 1ta ravishdosh c. 1ta sof fe’l, 2ta harakat nomi , 2ta sifatdosh , 2ta ravishdosh d. 2ta sof fe’l, 1ta harakat nomi, 2ta sifatdosh , 1ta ravishdosh 12. “Husayn Voiz Koshifiy Sharqda ma’lum va mashhur shaxsdir,-deb yozadi Najmiddin Komilov “Tafakkur karvonlari “ asarida . – U Navoiyga bag’ishlab kitob yozgan , uning mehrini qozongan yaqin kishisi , muxlisi, do’sti edi”. Berilgan gapda sifatdosh necha o’rinda qatnashgan ? a. 1ta b. 2ta c. 3ta d. qatnashmagan 13. Hozirgi zamon sifatdoshi qaysi gapda berilgan ? a. Hammaning jahlini chiqargan bu bola Rahimjonning o’g’li – Salim . b. Xonadagi gullarni sug’orayotgan amaki menga e’tibor bermadi. c. Ko’chada devonaning ovozi goh-goh eshitilardi. d. Bunday xulosaga kelishingizga nima majbur qildi? 14.Quyidagi gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari qatnashgan? Hamdardlik biro damning qayg’u – hasratlariga achinib , o’zida ham qayg’u hosil qilishdir , lekin quruq va yuzaki hamdardlikning foydasi yo’qdir. a. sof fe’l, ravishdosh b. ravishdosh , harakat nomi c. sof fe’l, harakat nomi , ravishdosh d. sof fe’l, ravishdosh 15. Berilgan so’zlardaan ravishdoshlar sonini toping. Avaylab, aataylab , qilgach, yo’qotmoq, olgan , olib , shoshilib, berilgan , o’quv , kelguncha , saylagach , qultumlab , boradigan , borib, tekislab . a. 7ta b. 6ta c. 8ta d. 9ta 16. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki , biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan o’z kuchimiz bilan , o’zaro keng muhokama qilish yo’li bilan bartaraf qiladigan bo’ldik. Ushbu gap tarkibidagi vazifa shakllari haqida to’g’ri hukmni toping? a. 2ta sof fe’l. 2ta ravishdosh, 2ta harakat nomi, 2ta sifatdosh b. 1ta sof fe’l, 2ta ravishdosh , 2ta harakat nomi, 2ta sifatdosh c. 2ta sof fe’l, 1ta ravishdosh , 2ta harakat nomi, 2ta sifatdosh d. 1ta sof fe’l, 1ta ravishdosh, 1ta harakat nomi, 2ta sifatdosh 17. Sabr – achitib gapiradigan nasihatgo’y, kishi tabiati undan ozor chekadi, lekin unga amal qilgan oxirida so’zzsiz murodiga yetadi. Ushbu gapda sifatdoshlar nechta jarangli shovqinli undosh bor? a. 2ta b. 3ta c. 4ta d. 5ta 18. Topshirdim o’zimni muhit erkiga , Muhit girdobida bir somon parcha , Bir poxol cho’pidek oqib boraman , Hara mal , har ishni “haq” deb boraman, Vazminim qolmadi bir uzik qilcha . Ushbu she’riy parchada nechta ravishdosh bor? a. 2ta b. 4ta c. 1ta d. 3ta 19. Qaysi qatorda ravishdosh qatnashgan ? a. Mag’rur, mutakabbir, yolg’onchi bo’lmaylik va shunday illatlardan pok bo’laylik. b. Men sizga bugun xushxabar bilan keldim. c. Zo’rlarga tan berishni o’rganing.

d. Yellar hech kimga aytmay uzoq-uzoqlaarga ketsinlar. 20. Quyidagi gap haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang? Ikkalasi ham shahrimizdagi o’zgarishlarni ko’rib lol bo’lishdi. a. fonetik qoida asosida yozilgan 3ta so’z bor. b. 2ta harakat nomi qatnashagan . c. O’zaro omonim qo’shimchalar mavjud. d.ravishdosh tarkibida 2ta keng unli bor. 21. Asarning bosh g’oyasi atrofida markazlashgan davlat tashkil etish , insonparvarlik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, adolat, ezgulik, hallolik, mardlikni sharaflab, qonli urushlarni qo’zg’ash, yovuzlik, adolatsizlik , munofiqlikni qoralash g’oyalri ham aks etadi. Ushbu gapda harakat nomi necha o’rinda ishtirok etgan ? a. 4ta b. 2ta c. 3ta d. 1ta 22. Birinchi bor bahorni tanigan , ilk bor varrak uchirgan , birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o’qituvchi , birinchi muhabbatingni tanitgan makon – Vatandir! Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari qatnashgan ? a. sof fe’l, sifatdosh b. sof fe’l c. sifatdosh d. sifatdosh , harakat nomi 23. Madaniy axloq kishining yurishida , so’zlashishida , ovqatlanishida , odamlar bilan xayrlashishida , hamrohini raqsga taklif etishida namoyon bo’ladi. Gapda harakat nomi shakllarida nechta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha bor? a. 8ta b. 10ta c. 9ta d. 11ta 24. Bir necha hazilkash odamlar bir qizg’anchiq, xasis odamning uyiga mehmonga borar bo’libdi, ammo darvozani taqillatganlarida xasis odamning xizmatkori chiqdi. Ushbu gapda sifatdoshlar tarkibida nechta morfema bor? a. 9 b. 6 c. 7 d. 8 25. Barcha jabr-u sitamlardan o’tgan , endigina qo’lingdan tutgan , seni avaylab-asrash maqsadida butun vujudi bilan yashayotganlarning orzusisan . Ushbu gapda qatnashgan fe’lning vazifa shakllari haqidagi to’g’ri javobni aniqlang . a. 3ta sof fe’l , 1ta ravishdosh , 1ta harakat nomi b. 3ta sifatdosh , 1ta ravishdosh , 1ta harakat nomi c. 2ta sof fe’l, 1ta sifatdosh , 1ta ravishdosh, 1ta harakat nomi d. 3ta sof fe’l, 1ta harakat nomi 26. “Yozuvchi sifatida bir narsani anglab yetganman va bu qoidaga qat’iy amal qilamn . Qalamkash , avvalo, inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini , buyukligi va tubanligini tasvirlamog’I lozim. Shundagina uni kitobxon tan oladi, kitobni bag’riga bosib o’qiydi”. Ushbu parchada nechta ravishdosh bor? a. 1ta b. 2ta c. 4ta d. 3ta 27. O’ttizinchi yillarning o’rtalarida , bolaligimni o’ylaganimda chalakam-chatti tush ko’rgandaay bo’lar edim : dumli yulduz chiqqan edi: Babar (Bobur bo’lsa kerak ) degan yigitni ot qorovul miltiq bilan otganda o’lmagan edi. Ushbu gapda sifatdosh shaklida nechta keng unli bor ? a. 12ta b. 9ta c. 10ta d. 15ta 28. Lekin kun isishini kutish haqida gap bo’lishi ham mumkin emas , chunki havoga ishonish qiyin , eng muhimi, qor ustiga qor yog’ib , dashtda qolib ketishlari ehtimoldan holi emas. Ushbu gapda ishtirok etgan harakat nomi shakllarida nechta lug’aviy



shakl yasovchi qo’shimcha bor? a. 6ta b. 3ta c. 4ta d. 5ta 29. Ona tiliga hurmat , uning bebaho so’z xazinasidan o’rinli foydalanish , til vositasida ravshan va ta’sirchan so’zlab , yoza olish , nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili bo’lgan har bir shaxsning burchidir. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllarida nechta yasovchi qo’shimcha mavjud. a. 3ta b. 2ta c. 4ta d. 1ta 30. Och – yalang’och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman. Gapdagi sifatdosh tarkibida nechta morfema bor? a. 2ta b. 4ta c. 5ta d. 3ta 31. Tarkibida harakat nomi qatnashgan gapni aniqlang. a. Ko’zlardagi mehr, mehnatkash qo’llardagi saxovat, bekalikdagi mahoratga ta’rif yo’q. b. Chirkin fikrlarni , fisq-fasodlarni , ig’vo-g’iybatlarni , eng yomon xasad xaltalarini tilsiz shamollarga topshiring. C. Harakat nomi qatnashgan gap berilmagan . d. Bugungi kun hayotingizda o’chmas iz qoldirishi kerak. 32. Badavlat donishmanddan so’radilar:”Turmushingiz farovon bo’lsa ham, nima uchun sizning xursand bo’lib yurganingizni ko’rgan emasmiz?” U shanday javob berdi: “Chunki och –yalang’och yashayotganlarni men hech qachon unuta olmayman”. Keltirilgan parchada ravishdosh tarkibida nechta bo’g’in bor? a. 4ta b. 5ta c. 8ta d. 7ta 33. Yuqoridagi gapda nechta sifatdosh qatnashgan ? a. 2ta b. 3ta c. 4ta d. 1ta 34. Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatimiz natijasida qanday yutuqlarga erishdik? … shuni ta’kidlab o’tish kerakki , biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan o’z kuchimiz bilan , o’zaro keng muhokama qilish yo’li bilan bartaraf qiladigan bo’lib qoldik. Berilgan parchada ravishdoshlar nechta ? a. 1ta b. 2ta c. 3ta d. 4ta 35. Do’st achitib gapirar , dushman kuldirib . Ushbu gapda nechta ravishdosh bor? a. qatnashmagan b. 1ta c. 2ta d. 3ta 36. Quyidagi qaysi gapda birdan ortiq sifatdosh qatnashgan? 1) Birlashgan daryo bo’lur, tarqalgan irmoq bo’lur. 2) Ernie r qiladigan ham xotin , qaro yer qiladigan ham xotin . 3) Aytar so’zni ayt , aytmas so’zdan qayt. 4) Bo’lganni ko’rolmaydi, bo’lmaganni qo’ymaydi. 5) Er yigitning uyalgani –o’lgani , ermon yog’ochining egilgani –singani . a. 1,2,3,4,5 b. 1,2,4,5 c. 1,4,5 d. 1,2,3,4

Download 20.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling