1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari


Download 188.5 Kb.
bet1/14
Sana04.04.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1328624
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Zamonaviy qirg‘in qurollar, ularning ta’sir xususiyatlari va talofotlari


Reja:

1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch

2. Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari

3. Kimyoviy qurollar, ularning turlari va xususiyatlari

4. Biologik qurollar va ularning talofatlari

5. Oddiy xujumkor qurollar



1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch


Qirg‘in qurollar deganda juda katta miqyosda vayronagarchilik va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan qurollar tushuniladi. Bunday qurollar qatoriga yadroviy, kimyoviy, biologik, nurli va boshqa qurollar kiradi.
Qirg‘in qurollar nafaqat insoniyatni, balki atrof-muhitni, inshoatlarni, kiyimkechaklarni, moddiy boyliklarni shikastlantiradi. Bunda albatta, zararlanish darajasi, qirg‘in qurollarning turiga, xususiyatlariga bog‘liq. Jumladan, yadroviy qurollar tirik mavjudotlarni ham, jamiki inshootlar, texnikalarni qattiq shikastlantiradi.
Kimyoviy qurollar ta’sir etgan jamiki mavjudotlar, narsalar zaharlab, oldingi holatiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga tushirib ko‘ladi, ya’ni zaharlaydi.
Biologik qurollar orqali asosan tirik mavjudotlarda, kuchli kasallik tarqatish tufayli qo‘yilgan maqsadga erishiladi.
Keyingi paytda NATO armiyasida, Rossiya qurolli kuchlar tarkibida nurli qurollar yaratildiki, bular ham qo‘llanilganda insoniyatga, atrof-muhitga, inshoatlarga, harbiy texnikalarga katta zarar etkaziladi. Nurli qurollarning ta’sir etish xususiyati termomexanik ta’sirga asoslangan, ya’ni nurlar dastasi nishonga urilganda, u suyuladi yoki parlanadi (bunda nishonning suyulish temperaturasiga qarab o‘zgaradi).
Nurli qurolning shunday xususiyatidan foydalanib, dushmanning harbiy texnikalarini, qurollarini yaroqsiz holatga keltiriladi.
Qurolni odamlarga, atrof-muhitga ta’siri ham termomexanik tarzda ta’sir etadi. Bunday qurollar ayrim davlatlarda sinab ko‘rilgan. Jumladan, Xitoy - sobiq SSSR chegarasi Xasan ko‘li mojarasida bunday quroldan foydalanilgani ma’lum.
Nurli qurollarning tipik vakili bu yuqori chastotali oq nurlar dastasi-lazer nuri hisoblanadi.



Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling