1. Qishloq xo’jalik mashinalarining tasnifi
Download 287.35 Kb. Pdf ko'rish
|
yer ishlarida va tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qishloq xo’jalik mashinalarining tasnifi. 2. Tuprog’ning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari. 3. Tuproqga ishlov berish tizimlari.
- 5. Tuproqga asosiy ishlov berish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlashi.
- namligi
- xajmiy massasi
- Agdargichsiz sistemada
Yer ishlarida va tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari Reja:
1. Qishloq xo’jalik mashinalarining tasnifi. 2. Tuprog’ning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari. 3. Tuproqga ishlov berish tizimlari. 4. Tuproqga asosiy ishlov berish mashinalariga qo’yiladigan agrotexnik talablar. 5. Tuproqga asosiy ishlov berish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlashi. 6 Plugning tortishga bo’lgan qarshiliklari va ularni pasaytirish usuilari. 1. Qishloq xo’jalik mashinalari agregatlar tarkibida mexanizatsiyalashgan qishloq xo’jalik ishlarini, jarayonlarini bajaradigan mashinalarga aytiladi. Qishloq xo’jalik mashinalari vazifasi va ishlatilishiga ko’ra quyidagi xillarga ajratiladi: Tuproqqa asosiy va yuza ishlov berish, o’g'it sepish, ekin va ko’chat o’tkazish, ekinga ishlov berish, o’simliklarni himoya qilish, paxta terish, don va dukkakli ekinlarni yig'ib olish, em-xashak tayyorlash, kartoshka, sabzavot, meva etishtirish va hosilni yig'ib olish ishlatiladigan bir qator qishloq xo’jalik mashinalari mavjud. Bu mashinalarni respublikamizdagi "O’zqishloqxo’jalikmash xoldiog" kompaniyasiga qarashli 17 ta korxona va chet mamlakatlardagi bir qator firma va zavodlar ishlab chiqaradi. Respublikamizning paxtachilik mintaqasi uchun turli modifikasiyadagi traktorlar, paxta terish mashinalari, yarusli tarzda er xaydaydigan va o’simlik qoldiqiarini tuproq ostiga ko’mib ketadigan original pluglar, tukli va tuksiz chigit ekadigan, plyonka ostiga ekishga mo’ljallangan paxta seyalkaiari, qator oralariga ishlov beradigan va o’g'it solib ketadigan kultivatorlar ko’plab ishlab chiqarilmoqda, Bugungi kunlarda qo’shma korxonalardan "o’zKeysmash" korxonasi "Keys- 2022" rusumli o’ziyurar gorizontal shpidelli paxta terish mashinalari, "Lemkin" (Olmoniya) firmasining er xaydash va tuproqni ekishga tayyorlash agregatlari, "Deganiya Spreyeres (Isroil) firmasining pnevmoshtangali purkagichlari, "Agrimonda" (Italiya) firmasining o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashish qurollarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
fazali muhit bo’lib, o’zaro siljiydigan qattiq zarralar, suv. havo va tirik organizmlar aralashmasidan iborat. Bu fazalarning bir-biriga nisbati tuproqning texnologik xossalarini aniqlaydi. Tuproqning namligi unga ishlov berishda muhim rol uynaydi. Yil mobaynida tuproqdagi namlik maksimum miqdordan minimumgacha o’zgarib turadi. Tuproqni yarim qattiqlikdan qattiq holatga o’tish vaqti unga mexanikaviy ishlov berishda optimal hisoblanadi, bunda tuproq yaxshi
maydalanadi, mashinaning ishchi organlariga yopishib . qolmaydi, tuproqga ishlov berish harajatlari kamayadi.Tuproqqa mexanikaviy ishlov berishda quyidagi fizik – mexanik va texnologik xususiyatlari xisobga olinadi: a) Tuproqning namligi – tuproq tarkibidagi suvning foizlardagi miqdori; b)Tuproqning qattiqligi – tuproqqa botadigan qattiq jismga uning ko’rsatadigan qarshiligi, n/sm 2 , mPa;
v) Tuproqning solishtirma qarshiligi - Tuproq qatlamining har 1 kvadrat sm kesimiga to'g'ri keladigan piugning tortishda ko’rsatadigan o’rtacha qarshiligi; g) Tuproqning xajmiy massasi – 1 sm 3 dagi tuproqning quruq massasi, g/sm 3 ; d) Tuproqning yopishqoqligi – po’latga yopishgan tuproqning ko’chirish uchun qo’yilgan kuchning jismga yopishgan yuzaga nisbati. Optimal namlikning yuqori chegarasi tuproqning po’latga yopishishiga yo'1 qo’ymaslik shartidan aniqlanadi. Xususan, ekish vaqtida tuproqning namligi 0…10 sm qatlamda 20 foiz dan ortiq bo’lmasligi lozim. Shuning uchun ham dala ishlarini tuproqning fizikaviy etilishi bilan qisqa vaqtda bajarilishi zarur. Tuproqning qattiqligi uning mexanikaviy va strukturaviy holatiga, shuningdek, namligiga bog'liq. Tuproqnihg namligi ortishi bilan qattiqligi kamayadi va ish organlarining ish bajarishiga sarflanadigan energiya miqdorini o’zgarishini belgilaydi. Tuproqning qattiqligi, qattiqlik o’lchagich deb ataladigan moslama bilan o’lchanadi. Tuproqning solishtirma qarshlligi 120 kPa gacha bo’lib, uning turi, tuzilishi va holatiga bogliq. Tuproqning namligi ortishi bilan uning solishtirma qarshiligi minimumgacha kamayadi, keyin esa yopishqoqlik va ishqalanish kuchining ortishi tufayli kattalashadi.Tuproqning bu tafsilotidan foydalanib agregatlar tuzishda qurolning qamrash kengligini tanlash, ish bajarish normalarini aniqlash, talab etiladigan texnikalarning turlarini taniab hisoblash imkonini beradi. Solishtirma qarshiligiga qarab tuproqlar quyidagilarga bo’linadi: engil tuproqlar 3 N/sm 2 gacha, o’rtacha tuproqlar 3. . . 5 N/sm 2 , o’rtacha og'ir tuproqlar 5… 7 'N/sm 2 , og'ir tuproqlar 7. . . 12 N/sm 2 juda og'ir tuproqlar 12 N/sm 2 dan
yuqori. Tuproqning xajmiy massasi (zichligi) o’simliklarning rivojlanishi uchun muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Chigitning unib chiqishi uchun tuproq hajmiy massasi 0…10 sm qatlamda 1,1…1,3 g/sm 3 bo’lishi kerak. Tuproqning yopishqoqligi qishloq xo’jalik mashinalarining ish organlari va g'ildiraklariga tuproqni yopishib qolishi bilan xarakterlanadi. Tuproqning yopishqoqligi (n/sm 2 ) po’latga yopishgan tuproqning ko’chirish uchun qo’yilgan kuchning jismga yopishgan yuzaga nisbati bilan o’lchanadi. Tuproqning yopiplqoqligi darajasi uning namligiga bog'liq. Doimiy bostm ostida namlik ortishi bilan yopishqoqiik ortadi, lekin suv qatlamini ortishi bilan yopishqoqlik kamayadi. Strukturasiz tuproqda yopishqoqlik namlik 40. . . 50% oralig'ida sodir bo’ladi, strukturali tuproqda esa - 60. . . 70%da bo’ladi. Shuning uchun tuproqni strukturasi tiklansa, hosildorlik oshiriladi va qurollarga tuproqning yopishishi keskin kamaytiriladi Tuproqning ichki va tashqi ishqalanishlari mavjud. Qishloq xo’jalik mashinalari ishchi organlari yuzasi bilan orasidagi ishqalanish tashqi ishqalanish va tuproq zarrachalari orasidagi ishqalanish - ichk! ishqalanishdir.
texnologik operasiyalarni qo’llanishi tuproqga ishlov berish tizimini tashkil etadi. Qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish texnologiyasida tuproq-'iqlim sharoitiga ko’ra ag'dargichli, ag'dargichsiz va minimal tuproqga ishlov berish sistemasi qo’llaniladi.
o’simlik qoldiqlarini hamda begona o’t urug’larini tuproq ostiga ko’milishi, kasal tarqatuvchi xashoratlarni yo’qotishni yoki kamayishini ta'minlaydi. Bu sistema namligi o’rtacha va yuqori bo’lgan rayonlarda qo’llanadi. Ag'dargichsiz sistemada - tuproq qatlamini yorib ag'darmasdan joyida qoldiriladi. Bu usulda tuproq qatlamini chuqur kesilib joyida qoldiriladi. Bu sistema shamol eroziyasi bo’lgan va namligi etarli bo’lmagan erlarda qo’llaniladi.
Minimal sistemada - erga ishlov berish sonini kamaytirish, ya'ni bir necha texnologik operasiyalarni bir vaqtda o’tkazish. Bu usulda tuproq kam zichlanadi, chaoglanish holati kamayadi va tabiiy muhitni ifloslanishini kamaytiradi. Bu usulni hamma rayonlarda qo’llash mumkin. Erga ishlov berish sistemasi shunday bo’lishi kerakki, unda tuproqni himoyalash, kam energiya sarfi bo’lishi va tabiatni muhofaza qilishni ta'minlashi lozim. Ish organlarini tuproqga ishlov berish chuqurligi va bajariladigan operasiya turiga qarab: erga asosiy ishlov berish, tuproqga yuza ishlov berish va maxsus ishlov berishga bo’linadi.
ag'darib haydash (20. . . 35sm). Buni ag'dargichii pluglar bilan bajariladi, so’ngra tuproq qatlamlari maydalaniladi. Shamol eroziyasiga uchraydigan rayonlarda tuproq qatlamini ag'darmasdan joyida chuqur yorib ketiladi (25. . . 40 sm). Tuproqga yuza ishlov berish - ag'dargich va yumshatgich panjalar bilan urug' ekish oldidan va ekilgandan so’ng ishlov beriladi. Bunda ishlov berish chuqurligi 14…16 sm dan yuqori bo’lmaydi.
tutzorlar yaratiladigan erlarni chuqur palaxsalab haydashda qo’llaniladi Bunda to’qayzor pluglari: plantaj (chuqur palaxsalab) va yaruslab ishlov beradigan pluglar ishlatiladi. 4.Tuproqga asosiy ishlov berish pluglar va yumshatgichlar (lushchilniklar) yordamida amalga oshiriladi. Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalariga qo’yiladigan agrotexnik talablar.
dalani belgilayagan chuqurlikdz bir tekis haydash (o’rtacha chuqurlik belgilangandan ± 1 sm farq qilishi mumkin); begona o’tlarni va o’simlik qoldiqlarini to’la ko’mishi hamda tuproq qatlamini yaxshi agdarish; tuproq qatlamini aniq kesish va maydalash, dianetri 10 sm dan katta kesaklar miqdori oshmasligi kerak; haydalgan er beti tekis ski biroz to 'Iqinsimon bo 'lishi; haydalgan erda chuqur egatlar, marzalar va chala ishlangan joylar bo lmasligi shart. egatlarning balandligi 7 sm dan baland bo’lmasligi kerak. haydash yo’nalishi egri bugri bo’lmasligi kerak. Yumshatgichlar (lushchilniklar) ang’izni ag’darish, nam saqlash bahorda tuproq yuza qismiga ishlov berish uchun ishlatiladi (lushchilniklar Rossiya federatsiyasi dehqonchiligida ishlatiladi. Lemexli lushchilniklar ang’izni ag’darishda 12 sm chuqurlikgacha, diskli lushchilniklar g’alla ang’izini 4…10 sm chuqurlikda yumshatadi) Yumshatgichlar (lushchilniklar) ga quyidagi agrotexnik talablar qo’yilgan: haydash chuqurligi belgilanganidan 2 sm dank am bo’lmasligi kerak. begona o’tlar to’liq 100 % qirqilishi kerak. Ikkilamchi ishlov berilgan kenglik 15…20 sm dan ko’p bo’lmaskigi kerak. Ishlanmagan chala joylar bo’lmasligi kerak. barcha ishchi organlar bir xil o’lchamdagi pushta va egatchalar hosil qilishi kerak.
maydalanadi. Paxtachilik mintaqasida PYA – 3 – 35, PN -3- 35, «Kverneland», PN-4-35 kabi bir qator pluglardan erlarni shudgorlashda foydalaniladi. Pluglar quyidagicha sinflanadi. Pluglar vazifasiga ko’ra umumiy ishlarga mo’ljallangan va maxsus
o’rnatma, yarim tirkama. Pluglar korpuslar soniga ko’ra bir korpusli va ko'p korpusliga bo'linadi. Pluglarning pushta (vsval) va ariqcha (razval) hosil qilib haydaydigan va tekis haydaydigan turlari mavjud.
Pluglarning asosiy ishchi organi korpuslarga ko’ra bir necha xil bo’lishi mumkin: lemexli ag’dargichli korpusli, rotorli ag’dargichli, ag’dargichsizn korpusli, bir, ikki, uch yarusli korpusli pluglar. Plugning asosiy ish organlari korpus, chimqirqar, pichoq va tuproq chuqurlatkichlardan iborat. Korpus tuzilishiga ko’ra ag'dargichli, ag'dargichsiz, kesuvchi, ko’mib ketuvchi, diskli hamda rotorli turlariga bo’linadi. Korpus tayanchga mahkamlangan lemex, ag'dargich va dala taxtasidan iborat. Ba'zi korpuslarda tuproqlarning to'liq ag'darish uchun ag'dargichga uzaytirgich yoki burchak keskich ulanadi. Ish vaqtda korpus lemexning tigi va dala taxtasining ketingi ostgi sirti egat tubiga tegib sirpanadi. Dala taxtasi lemex va ag'dargichga ta'sir etuvchi tuproq bosimidan hosil bo’ladigan yonaki kuchlarga aks ta'sir ko’rsatib, tayyanchni burilib ketishdan saqlaydi, Umumiy ishlarga mo’ljallangan pluglarga qamrash kengligi 25, 30, 35 sm, maxsus pluglarga esa 45, 50, 60, 70 va 100 sm bo’lgan korpuslar o’rnatiladi. Ish yuzasining shakliga qarab ag'dargichlar silindrsimon, madaniy, vintli va
ishlatiladi. Ag'dargichsiz korpus shamol eroziyasiga uchraydigan erlarning tuproq qatlamini ag'darmay chuqur haydash-yumshatish uchun ishlatiladi. Bunday haydashda tuproq qatlami ag’darilmasdan yaxshi yumshaydi. Iskanali korpus og'ir tuproqli va yumshoq erlarni shudgorlashda ishlatiladi. Iskananing tuproqga sanchiladigan uchi lemexdan 2-3 sm oldinga chiqib turadi va korpusni tuproqga kirishini ta'minlaydi, shuningdek lemexni toshlarga duch kelganda sinishidan saqlaydi. Korpus lemex, ag'dargich, dala taxtasi va stoykadan iborat. Korpus harakatlanganida lemex er qatlamini kesib ag'dargichga uzatadi. Bunda tuproq qatlami deformasiyalanishi evaziga yumshaydi. Lemexga er qatlamining katta bosimi ta'sir etishi natijasida u tez eyiladi. Buning oqibatida lemex uchki qismining shakli o’zgaradi va utmaslanib qoladi, erning plugga
ko’rsatadigan qarshilik kuchi ortadi va er haydash sifati yomonlashadi. Eyilgan lekexlarni tiklash mumkin. Buning uchun lemex qizdirilib uning orqa qismidagi ortiqcha metall bolg'a bilan o’rib yoyib chuziladi, so’ngra charxlanadi. Bunda lemexning charxlangan tig'i 0,5 ... 1 mm qalinlikda bo’lishi kerak. Orqa qismidagi metallni yoyib cho’zish hisobiga lemexni 3-4 marta qayta tiklash mumkin. Shakliga ko’ra trapesiyasimon, iskanasimon, o’zi charxlanadigan, qirqilgan lemexlar bo’ladi. Trapesiyasimon lemexlar tekis egat tubini hosil qiladi. Ular chimqirqar va ayrim pluglarda ishlatiladi. Iskanasimon lemexning uzaytirgich uchi (iskanasi) tig' chizig'idan 10 mm pastga egilgan bo’ladi. Bunday lemexlar ogir tuproqli erga yaxshi botadi va bir xil chuqurlikda haydaydi. Uchburchakli lemexlar ayrim maxsus pluglarda, kartoshka qaziydigan va kanal qazuvchi mashinalarda qo’llanadi. Ag’dargich (otval) pichoq va lemex bilan qirqilgan tuproq qatlamini ko’taradi, maydalaydi, aylantiradi va yoniga ag'daradi. Ag'dargich ish sirtining ko’kragi va qanoti bo’ladi. Ag'dargichning ko’kragiga duch kelgan qatlam ko’tariladi va qanotga uzatiladi. Qanot qatlamni aylantirib ag'daradi. Lemex va ag'dargich stoykaga kallaksiz boltlar bilan mahkamlanadi. Ag'dargich stoykaga jips joylashtirilib, lemex sirtidan chiqib qolmasligi kerak. Lemex bilan ag'dargich oraliq tirqishi 1 mm dan ortiq bo’lmasligi va lemexni ag'dargich sirtidan chiqib turishi' 2 mm dan ortiq bo’lmasligi kerak. Dala taxtasi plug korpusini ravon yurishini, tuproq bosimi ta'sirida stoykani eyilishidan saqlaydi. Korpusni dala taxtasi egat devoriga, tayanadi. U stoykasi orqa qismida egat devori tomoniga nisbatan 2. . .3 gradus qiyalikda o’rnatiladi. Buta-to’qay va plantaj pluglar korpusida kengaytirilgan dala taxtasi qo’llanadi. Dastali pichoq plantaj, o’rmonbop, butabop va to’qaybop pluglarga o’rnatiladi. Bunday pluglar ishlaganda pichoq tuproq qatlamini va mayda ildizlarni qirqadi, daraxtlarning yo'g'on ildizlarini er betiga chiqaradi.
Diskli pichoq odatda toshi bo’lmagan erlarni haydashda qo’llaniladi. U dastali pichoqga nisbatan plugning yurishiga kamroq qarshilik ko’rsatadi,- o’simliklarni va ularshshg ildizlarini yaxshi qirqadi, kam sinadi, plugning chimqirqarlariga va korpuslariga o’simliklar tiqilib qolishidan yaxshi saqlaydi. Diskali pichoq diametri 390 mm va qalinligi 4 mm li po’lat disk bo’lib tig'i toblangan va ikki tomondan charxlangan. Chimqirqar ish sirti madaniy tipda bo’lgan, qamrash kengligi 23 sm li, uocha katta bo’lniagan korpusdir. Chimqirqar erning ustgi qatlamini 8-12 sm gacha chuqurlikda qirqib olib egat tubiga yotqizish uchun mo’ljallangan. Bu yotqizilgan qatlamni asosiy korpus tuproq qatlami bilan kumadi. Natijada begona o’tlarning unib chiqishi kamayadi, Chuquflatkich haydalmagan qatlamni 6-15 sm chuqurlikda yumshatishga mo’ljallangan. Chuqur yumshatishni 6 sm chuqurlikdan boshlash va asta-sekin (ikki-uch galda) 10-15 sm ga etkazish kerak. Chuqurlatgichlarni erga botirish chuqurligi stoykalar balandligini o’zgartirib rostlanadi,. Buning uchun uning stoykasidagi ettita teshik haydalmagan qatlamni yumshatish chuqurligini har 3 sm da (6, 9, 12, 15 sm da) rostlab turishga imkon beradi. Yumshatgichlar (lushchilniklar) yordamida ang’iz ag’dariladi, natijada nam saqlanib kuzgi shudgorlashga sharoit yaratiladi va begona o’tlar yo’qotiladi. Lushchilniklar ikki xil bo’ladi: lemexli va diskli. Lemexli lushchilniklarning tuproqqa ishlov berish chuqurligi 12 sm, korpuslar kengligi 25 sm, diskli lushchilniklarning tuproqqa ishlov berish chuqurligi 4…10 sm. 6. Plugning ish qarshiligi o’zgaruvchan bo’lib, u tuproqning holatiga, qattiqligiga, namligiga, ilgari qanday ishlanganligiga, dalaning relefi, plugning oglrligiga, ishlash kengligiga, haydash chuqurligiga, agregatning harakat tezligi va boshqalarga bog'liq. Akademik V.P.Goryachkin plunging tortishga qarshiligini quyidagi formula yordamida aniqlagan.
P = fG + kab + abv
2 ,
Bunda f – sudrash koeffisienti,
G – plunging og’irligi, kG k - tuproqning solishtirma qarshiligi, kG/m
a – haydash chyqurligi, m b – plunging qamrash kengligi, m
2 /m 4
v – plugning harakatlanish tezligi, m/sek Plugning qarshiligini asosiy uch qismga bo’lib o’rganiladi: Birinchi qism plunging zararli qarshiliklaridan bo’lib plug ishchi organlarining bo’lib tuproqqa va egat devorlariga ishqalanishlarini hamda plug g’ildiraklarining g’ldirashiga qarshiligini o’z ichiga oladi. Bu taxminan quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
P
= fG=(0,15…0,20)G,
bu erda G-plugning og’irligi, kG Ikkinchi qism foydali ish qarshiligi bo’lib u o’zgaruvchandir. P 2 = kab K- tuproqning deformasiyalanishiga qarshilik ko’rsatish koeffisienti K=2000…8000 kG/m
, O’zbekistonning sugoriladigan mintaqalarida 9000…12000 kG/m 2 . Ikkinchi qismning qiymati plunging ishlash kengligi va haydash chuqurligiga ham katta bog’liq bo’ladi. Uchinchi qism qarshilik tuproq palaxsalarini chetga uloqtirishda hosil bo’ladi. Bu ko’p jihatdan agregatning tezligiga bog’liq. P 3 = abv 2
- ag’dargich ish sirtining shakliga va tuproq xossalariga bog’liq bo’lgan koeffisient, kG sek 2 /m 4
Uchinchi qism qarshilik plunging 6 km/soat tezlikda umumiy qarshilikning 5% ni tashkil qiladi. P 3 = 0,05P Korpus va chimqirqar lemexlarinig tig'i hamda pichoqlari o’tmaslansa, plugning qarshiligi oshadi. Lemex tig'i 5 mm gacha qalinlashganda plugning tortishida ko’rsatadigan qarshiligi taxminari 50% ga oshadi. Natijada er haydashda yoqilg’I sarfi ko’payadi. Adabiyotlar:
O’qituvchi 2002Y. 2.A.I. Komilov, Q.A. Sharipov, N.T. Umirov, I.M.Marupov, R.T. Rustamov Traktor va avtomobillar. Toshkent «Talkin» -2003.(lotin alifbosida) 3.F.B.Yevdokimov Umumiy elektrotexnika T.O’qituvchi.1995. 4.N.I.Vershagin i dr. Organizasiya i texnologaya mexanizirovannыx rabot v rastenivodstve, Ucheb, posb № IRPO; Izd.sentr «Akademiya», 2000 5.E.Oyxo’jayev, X.Qo’shnazarov «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini mexanizasiyalash» Toshkent «Mehnat», 1988.
Download 287.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling