1. Quyidagilardan kimyoviy hodisani aniqlang. A havodan azot olish b sutning achishi


Download 19.19 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi19.19 Kb.
#1083548
Bog'liq
8 lar


1. Quyidagilardan kimyoviy hodisani aniqlang.
A) havodan azot olish B) sutning achishi
C) misning suyuqlanishi D) shamning erishi

2. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon hisoblanadi.


1) sumalakning erishi.
2) sumalak pishirish.
3) temirning zanglashi.
4) kisloroddan ozon olish
5) havoni suyultirib kislorod olish.
6) suvni elektrolizidan kislorod olish
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,5 D) 1,2,5,6

3. Quyidagi jarayonlardan kimyoviy hodisani aniqlang.


1) oltingugurtni suyuqlanishi.
2) oltingugurtning yonishi.
3) shisha pishirish.
4) shishani maydalash.
5) shakarning erishi.
6) shakarning ko‘mirlanishi.
A) 1-2-3 B) 2-4-5 C) 1-4-5 D) 2-3-6

4. Quyidagilardan qaysilari kimyoviy jarayon?


1) qo`rg`oshining suyuqlanishi
2) temirning xlorlanishi
3) kalsiy karbonatning parchalanishi
4) kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi
5) iodning sublimatlanishi
6) osh tuzining suvda erishi
A) 2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 3,4,5,6

5. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon?


a. muzning erishi
b. magniyning xlorlanishi
c. sutning achishi
d. naftalinning sublimatlanishi
e. metanning yonishi
A) a,d B) b,c,e C) a,c,d D) faqat a

6. Atomning tarkibini ifoda qiladigan to’laroq ta’rifini ko’rsating.


A) kimyoviy moddaning barcha xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
C) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
D) Yadro zaryadi bir xil bo`lgan atomlar to`plami

7. Molekula – bu …..


A) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro, manfiy zaryadli elektronlardan iborat.
C) Moddaning barcha kimyoviy hossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha.
D) Turli kimyoviy element atomlaridan tuzilgan modda.

8. Atom-molekulyar ta’limotga mos ta’riflarni aniqlang.


1) barcha moddalar molekulalardan iborat bo’lib, ular to’xtovsiz harakatda bo’ladi.
2) molekulalar esa atomlardan iborat, atomlar harakatsiz bo’ladi.
3) oddiy moddalar molekulalari bir kimyoviy element atomlaridan, murakkab moddalarning molekulalari esa turli kimyoviy element atomlaridan tashkil topadi.
4) molekulalar o’rtasida o’zaro tortishish va itarilish kuchlari mavjud.
5) kimyoviy reaksiyalar paytida molekulalar saqlanmaydi, lekin ularni tashkil qilgan atomlar saqlanib qoladi
A) 1,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5

9. Molekula to’g’risidagi noto’g’ri fikrni aniqlang.


A) Molekula atomlardan iborat, atomlar ham molekulalar singari to’xtovsiz harakatda bo’ladi.
B) Molekulalar tarkibi fizikaviy jarayonlarda o’zgarmay qoladi
C) Molekulalar doimo harakatda bo’ladi
D) Molekulalar kimyoviy hodisalarda deyarli o’zgarishga uchramaydi.

10. Quyidagilardan xato ma’lumotlarni toping.


1) fizikaviy hodisalar paytida molekulalar saqlanib qoladi, kimyoviy hodisalar paytida esa ularning o’rnida yangi moddalar hosil bo’ladi.
2) Molekulalar to’xtovsiz harakatda bo’ladi, ularning harakat tezligi temperatura ko’tarilishi bilan kamayadi.
3) modda molekulalari orasida ma’lum masofa bo’lib, uning o’lchami moddaning agregat holatiga bog’liq bo’ladi.
4) qattiq moddalarda molekulalarning o’zaro tortilishi kuchi gazlardagiga ko’ra kuchsiz.
5) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari jihatidan farq qiladi.
A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,4

11. Faqat kimyoviy elementlar berilgan qatorni aniqlang.


A) uglerod, olmos, azot, ozon
B) azot, ozon, vodorod, kislorod
C) ozon, kislorod, olmos, vodorod
D) uglerod, kislorod, vodorod, azot

12. Metallmaslar berilgan qatorni ko’rsating.


A) azot, oltin, vodorod, kislorod
B) uglerod, oltingugurt, brom, selen
C) osmiy, kislorod, vodorod, ftor
D) xrom, mis, temir, aluminiy

13. Qaysi qatorda aktiv metallar berilgan?


A) Cu, Hg, Ag, Pt, Au B) Fe, Co, Ni, Sn, Pb
C) Mg, Ca, Sr, Ba, K D) K, Li, Fr, Cs, Ra

14. Passiv metallni aniqlang.


A) rux B) qalay C) simob D) qo’rg’oshin

15. Oddiy moddalar berilgan qatorni aniqlang.


A) ozon, olmos, karbid, grafit, generator gazi
B) malaxit, azot, vodorod, xlor, suv gazi
C) fullerin, temir, argon, lantan, qaldiroq gaz
D) berilliy, ksenon, bo‘r, oq fosfor, sintez gaz

16. Oddiy moddalarni ko`rsating.


1) ozon 2) suv 3) olmos 4) silan 5) grafit
6) karbid 7) oq fosfor 8) qizil fosfor 9) fosfin
A) 2,4,6,9 B) 1,3,4,6,7
C) 1,2,4,5,9 D) 1,3,5,7,8
17. Sulfit kislotasi – H2SO3 taribidagi oltingugurtning oksidlanish darajasini aniqlang.
A) +4 B) -4 C) +6 D) -6
18. Chili selitrasi – NaNO3 tarkibidagi azotning oksidlanish darajasini aniqlang.
A) +3 B) +5 C) +6 D) -3
19. Perxlorat kislotasi – HClO4 tarkibidagi xlorning oksidlanish darajasini aniqlang.
A) +3 B) +5 C) +7 D) +6
20. Co + HNO3 (suyul.) = Co(NO3)2 + N2 + H2O
21. KMnO4 + MnSO4 + H2O = K2SO4 + MnO2 + H2SO4
22. CrCl3 + H2O2 + NaOH = Na2CrO4 + NaCl + H2O
23. MnCl2 + KClO + KOH = KCl + KMnO4 + H2O
24. HNO3 + PbS = S + Pb(NO3)2 + NO + H2O reaksiyada 3 g gaz ajralgan bo’lsa, hosil bo’lgan sariq cho’kma massasini toping?
A) 3,2 B) 6,4 C) 4,8 D) 9,6
25. HNO3 + CuC2 = Cu(NO3)2 + CO2+ NO2 + H2O reaksiyada 23,2 g NO2 hosil bo’lsa, sarflangan mis karbid massasini toping?
A) 4,44 B) 8,88 C) 2,96 D) 11,8
26. Sn + H2SO4(K)= Sn(SO4)2 + SO2 + H2O reaksiya natijasida 6,4 g gaz ajralgan bo’lsa, sarflangan sulfat kislota massasini toping?
A) 39,2 B) 9,8 C) 19,6 D) 58,8
27. Pb + HNO3(SUYUL)= Pb(NO3)2 + NO + H2O reaksiyada 4,48 l(n.sh) gaz ajralgan bo’lsa, sarflangan kislota massasini toping?
A) 63 B) 50,4 C) 100,8 D) 126
28. KClO3=KClO4+KCl reaksiyada qaytarilgan ionni toping?
A) Cl+5 B) Cl+7 C) Cl-1 D) K+
29. Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidan nechtasida elektronning neytronga nisbati birdan katta. 1) og’ir suv; 2) gidroksoniy kationi; 3) metan; 4) vodorod ftorid; 5) ammoniy kationi; 6) ortofosfat anioni; 7) gidroksoaluminiy kationi; 8) marganes (IV) digidrokso kationi; 9) fosfit anioni; 10) gipofosfit anioni A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
30. 8-sinf darsligi mualliflaridan birini yozing


Download 19.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling