5- topshiriq sutning zichligi deganda nimani tushunasiz?


Download 19.74 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2023
Hajmi19.74 Kb.
#1085342
  1   2   3   4
Bog'liq
Ungalov Yu Oziq ovqat tex 5 mavzu(1)


5- TOPSHIRIQ
1.Sutning zichligi deganda nimani tushunasiz?
Sutning zichligi - bu 20℃ haroratda ma’lum hajmdagi sut massasining 40S haroratdagi shu hajmdagi suv massasiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikdir. Sutning zichligi uning tarkibidagi quruq moddalarga bog‘liq bo‘ladi. Sutlarga suv qo‘shilganda ularning zichligi kamayadi, sut yog‘sizlantirilganda esa zichligi ortadi. Sigir sutining zichligi 1,027 dan 1,032 g/sm3 gacha oraliqda bo‘lib, o‘rtacha 1,029-1,030 g/sm3 ni tashkil etadi. Sutning zichligini aniqlab, unga suv qo‘shilgan yoki qo‘shilmaganligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin.
2. Sutning zichligi bilan kimyoviy tarkibi orasida qanday bog‘liqlik mavjud?
Sutning asosiy fizik-kimyoviy xossalariga zichligi, yopishqoqligi, osmatik bosimi, muzlash va qaynash temperaturasi, elektr o‘tkazuvchanligi, umumiy nordonligi va pH ko‘rsatkichlari kiradi.
3. Sutlarda bo‘ladigan texnik va fizik-kimyoviy nuqsonlarni tushuntirib bering.
Sutning yopishqoqligi 20℃ haroratda o‘rtacha 1,75.10-3 Pa.S tashkil etib, bu ko‘rsatkich asosan oqsillarning miqdori va holatiga bog‘liq bo‘ladi. Sutning yopishqoqligi 60-65℃ haroratgacha qizdirganda kamayadi, bundan yuqori haroratgacha qizdirilganda esa yopishqoqligi ortadi.
Sut osmatik bosimi bo‘yicha deyarlik qonning osmatik bosimidan farq qilmaydi. Sutning osmatik bosimiga asosan sut shakari va ma’danli tuzlar ta’sir ko‘rsatib, uning miqdori 0,66 MPa ni tashkil etadi. Sutning osmatik bosimining oshishi, muzlash temperaturasining pasayishiga olib keladi. Sigir sutining o‘rtacha muzlash temperaturasi 0,55℃ ni tashkil etadi. Sutlarning tarkibida qand va tuzlar bo‘lganligi uchun ularning qaynash temperaturasi toza suvning qaynash temperaturasidan bir oz yuqori bo‘lib, 100,2℃ ni tashkil etadi.
Sut elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyatiga egadir. Sutlar tarkibidagi mavjud moddalar har xil elektr zaryadiga ega bo‘lganligi sababli ularning har biri sutning elektr o‘tkazuvchanligida ishtirok etadi. Bundan faqat sut shakari mustasnodir, chunki qand moddalari elektroneytral moddalar hisoblanadi.

Download 19.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling