1. Raqamlar va son tushunchasi. Son
Download 23.52 Kb.
|
2-Mavzu. Sonlarga oid sodda mushohadalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Raqamlar va son tushunchasi. Son va raqam
- Natural son
2-Mavzu Sonlarga oid sodda mushohadalar. Reja : Raqamlar va son tushunchasi. Ko’p xonali sonlarning xona qo’shiluvchilari. Tayanch so’z va iboralar: sonlar, raqamlar,ko’p xonali sonlar, 1. Raqamlar va son tushunchasi. Son va raqam ogʻzaki tilda tez-tez maʼnodosh sifatida qoʻllanadi. Lekin matematik nuqtai nazardan ularning farqi bor. Son narsalarning qanchaligini, sanogʻini, adadini hisoblash uchun xizmat qiladigan vosita; matematik tushunchadir. Masalan, butun sonlar, kasr sonlar. Raqam esa sonni ifodalovchi grafik belgidir. Agar bevosita matematika sohasiga oid boʻlmasa, baʼzi holatlarda son va raqamni bir-birining oʻrnida qoʻllash mumkin: Raqamlar —sonlar ifodalanadigan shartli belgilar. Qadimda sonlar soʻzlar orqali ifodalangan. Xalqlarning ijtimoiyxoʻjalik hayoti rivojlanishi bilan mukammalroq belgilarga va hisoblash tizimlariga ehtiyoj tugʻildi. Eng qadimgi R. bobilliklar va misrliklarga mansub. Misr iyeroglif R.ida (miloddan avvalgi 3000 —2500-yil) sonlarni ifodalash uchun maxsus rasmbelgilar, keyinroq iyeratik va demotik yozuvlari paydo boʻldi. Bobil raqamlari (miloddan avvalgi 2000-yil boshi), asosan, 1, 10, 60 va 100 ni bildiruvchi mixxat belgilari boʻlib, boshqa barcha R. shular asosida ifodalangan. Misr iyerativ yozuvidan Yaqin va Oʻrta Sharqdagi barcha yozuvlar hamda Yunon Ioniya yozuvi, shu bilan birga alifboga asoslangan R. kelib chikdi. Bosma yunon alifbosi slavyankirill va qarfiy R.ga asos soldi. Hozirgi R.ning timsollari ʻ (nol bilan birgalikda) Hindistonda 5-asrga yaqin yuzaga kelgan. Bungacha Hindistonda kharoshti R.i va u bilan deyarli bir vaqtda brahmi R.i boʻlgan. Brahmi R.idan hind gvalior R. i kelib chikdi. Gvalior Raqamlar esa arab R.iga asos boʻlgan. Arab Raqamlar sharqiy va gʻarbiy (gʻubor) R.idan iborat. Sharqiy arab R.i Misr va undan Sharkdagi arab mamlakatlari, Eron qamda Afgʻonistonda, gʻarbiy arab R.i (gubor) esa Misrdan gʻarbdagi mamlakatlarida qoʻllaniladi. Yevropada 9-asrdan boshlab gʻubor R.i tarqaddi va tezda ommalashdi. Sharq mamlakatlari da esa gʻubor R.i 19-asrgacha ham keng tarqalmadi. Raqam – sonlar ifodalanadigan shartli belgilar raqamlar deb ataladi. Hozirgi kunda biz quyidagi 10 ta Arab raqamlaridan foydalanamiz: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va Son Raqam, Son, Natural son, Tub va Murakkab sonlarga bo’linadi. Raqam – sonlar ifodalanadigan shartli belgilar raqamlar deb ataladi. Hozirgi kunda biz quyidagi 10 ta Arab raqamlaridan foydalanamiz: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9. Son – narsalarni sanash miqdorini belgilashda qo`llaniladigan matematik vosita; matematikaning asosiy tushunchlaridan biri. Sonni faqat 0 dan 9 gacha bo`lgan raqamlar bilan yozilishiga sonning o`nli yozuvi (o`nlik sanoq sistemasi) deyiladi. Sonning o‘nli yozuvida har bir raqam qiymati uning turgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Agar 7 raqami natural son yozuvining eng oxirida turgan bo‘lsa, 7 ta birlikni, oxiridan ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, 7 ta o‘nlikni, oxiridan uchinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, 7 ta yuzlikni anglatadi va hokazo. Masalan, 7 soni 127 yozuvida - 7 ta birlikni, 472 yozuvida - 7 ta o‘nlikni, 780 yozuvida esa – 7 ta yuzlikni anglatadi. 0 raqami o‘zi turgan xonada birorta ham birlik yo‘qligini bildiradi. Bu belgi nol sonini ifodalashda ham ishlatiladi. Natural son – sanashda ishlatiladigan sonlarga aytiladi (sanoq sistemasida ishlatiladigan sonlar). Natural sonlar N harfi bilan belgilanadi. Eng kichik natural son bu 1, eng kattasini esa topib bolmaydi. Natural sonlar to`plami cheksizdir: 1, 2, 3, 4, va ∞ … Natural sonlar – tub sonlar, murakkab sonlar va 1 soniga ajraladi. Download 23.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling