1. Savol: Boshqaruv psixologiyasi fani asosi nimadan iborat? Javob


Download 32 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi32 Kb.
#163585
Bog'liq
2ci topshiriq


Boshqaruv psixologiyasi fani metodlari (Seminar)

1. Savol: Boshqaruv psixologiyasi fani asosi nimadan iborat?

Javob:

Boshqaruv psixologiyasi uchun umumiy psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar, to'plangan nazariy va amaliy ma'lumotlar, fiziologik va psixologik mexanizmlar, qonuniyatlar hamda o'zgarishni vujudga keltiruvchi, haraktlantiruvchi kuchlar, ijtimoiy-tarixiy omillar, murakkab ichki va tashqi bog'lanishlar, takomillashish bosqichlari(yo'llari, vositalari, shakllari, betakrorligi, o'ziga xosligi), shaxsning ontogenetik xususiyatlari va ularni keltirib chiqaruvchi manbalar, sabablar, hamkorlikning tarkibiy qismlari to'g'risidagi ilmiy, amaliy axborotlar majmuasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning bilan birga insonning ichki regulyativ funksiyalari(motiv, motivatsiya, his-tuyg'u, murakkab kechinmalari, anglashilgan holatlar), bilish jarayonlari(sergi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, hayol, ijodiyot, intellekt), ongning takomillashuvi, shaxslararo munosabatning manbalari(diqqat, nutq), shaxsning individual-topologik, ya'ni biologik shartlashgan xususiyatlari, kamolot bosqichlari va ularga ta'sir etuvchi irsiy belgilar, ijtimoiy muhit, ichki ruhiy zahira va imkoniyatni ro'yobga chiqarish, ijtimoiy faollik hamda mustaqillik muammolariga, asoslariga, ma'lumotlariga suyanish o'z navbatida boshqaruvni maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlaydi.

2. Savol: Boshqaruv psixologiyasi fanining metodlari qaysilar?

Javob:





3. Savol: Metodlarni qo'llashdan maqsad?

Javob:

Boshqaruv psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot metodlarini, ularning turkumlarini, o'ziga xos xususiyatlarini, tuzulishini, mohiyatini, qo'llanish imkoniyatini o'rganish juda ham ahamiyatli hisoblanadi. Chunki ilmiy tadqiqot metodlariga oid bilimlar bilan qurollanmasdan turib, sohaning amaliy va tatbiqiy jihatlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lish qiyin.

4. Savol: Usullarni qanday ko'rinishlari bor?

Javob:

  • Hujjatlarni tahlil qilish metodi.

Xar bir muassasada katta yoki kichik bo'lishidan qat'iy nazar umumiy talablarga javob beradigan hujjatlar majmuasiga ega bo'lishi lozim. Ularning har birini alohida tahlil qilish rahbar yoki xodimni kasbiga, faoliyatiga nisbatan munosabatini, mas'uliyati hissini aniqlashga imkon beradi.

Hujjatlarning tadrijiy, izchil, ierarxik ravishda tuzilganligi, zarur ma'lumotlarni undan olish imkoniyati mavjudligi yuzidan muayyan qarorga kelish ularning tuzuvchilari to'g'risida ilmiy psixologik taassurot olish, xulosa chiqarishga puxta asos yaratadi. Jumladan, quyidagi ma'lumotlarni olish mumkin:

  • Rahbar yoki uning qo'l ostidagi xodimning birinchi navbatda faoliyatga nisbatan mas'uliyat hissi shakllanganligini bildiradi;

  • Ularning u yoki bu narsaga nisbatan intilishi, qobiliyati mavjud ekanligini anglatadi;

  • Yuksak his-tuyg'ular, nafosat kechinmalari tarkib topganligidan dalolat beradi;

  • Ma'lumotga serobligi, boyligi rahbar xodimning saviyasi, dunyoqarashi, e'tiqod yuzasidan ta'sirot elisha imkon tug'diradi;

  • Har qaysi axborot yoki ma'lumotning batartibliligi mantiqiy yuksaklikni aks ettiradi;

  • Hujjatlarni o'z o'rnida saqlanishi, ularga nisbatan e'tiborlilik mobilizatsion qobiliyat mavjudligiga kafolatdir.

  • Menejer va uning qo'l ostidagi odamlarning biografiyasini o'rganish metodi.

Odatda biografik ma'lumotlar bir necha manbalarni tahlil qilish orqali to'planishi mo'ljallangan bo'lib, shaxsning avtobiografiyasi, unga berilgan tavsifnoma, devoriy gazeta, mahalliy matbuotlardagi muassasalarining hujjatlari, badiiy xususiyatli ma'lumotnoma kabilardagi sub'ektga taalluqli psixologik habarlari umumlashtiriladi. Umumlashtirilgan ma'lumotlar asosida rahbar o'z qo'l ostidagi tobe xodimlar, kichik bo'g'indagi rahbarlar yuzasidan g'oyalar bankini tuzadi. Ularga asoslangan holda turli soha bo'yicha rezerv rahbarlar ro'yxatini tuzish, oddiy xodimlar xizmati, salohiyati, yuksak ko'rsatkichi mezonlariga suyangan tarzda moddiy va ma'naviy rag'batlantirish ishlari yo'lga qo'yilishi mumkin. Bu borada tavallud kuniga bag'ishlangan kechalar zarur ma'lumotlar to'plashga muhim imkonyat yaratadi.

  • Rahbarning ish sharoitini bayon qilish metodi.

Muassasa yoki tashkilot to'g'risidagi ma'lumotlarni mujassamlashtirgan psixologik holatlar majmuasi rahbar kadrning o'z ish (xizmat) sharoitiga nisbatan munosabatida o'z ifodasini topadi. Bayoniy xususiyatli faktik ma'lumot, sub'ektning jismlarga, uning qurshovidagi xodimlarga, faoliyatiga bo'lgan his-tuyg'ulari, kechinmalari to'g'risida muayyan psixologik material to'lashga sharoit yaratib beradi.

5. Savol: Arxiv metodi qachon qo'llaniladi?

Javob:

Arxiv metodi rahbar, kadrlar va ishchilar haqida ma'lumot olishda qo'llaniladi. Arxiv (biografiya) metodi rahbarlar va tobe kishilar to'g'risida muayyan ma'lumotlar yig'ishga xizmat qiladigon empirik metodlar tarkibiga kiradigan uslub hisoblanadi. Xuddi shu boisdan undan ham rahbar kadrlarning, ham xizmatchilarning psixologik xususiyatlari to'g'risida faktik materiallarga asoslangan ma'lumotlar to'plash imkonyati mavjud bo'lib, statistik hisoblashga beriluvchan miqdorlar orqali tahlili amalga oshiriladi.

Bajardi: Marjona Ergasheva.
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling