1-seminar mashg`uloti ta`lim tizim
Download 23.91 Kb.
|
1-seminar mashg`uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1997 yil 29 avgustda
- asosiy maqsadi
1-SEMINAR MASHG`ULOTI Ta`lim tizimini takomillashtirishga oid Prezident qarorlari, farmoyishlari. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi, vazifalari va uni ro`yobga chiqarish bosqichlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oʻzbekiston respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi — 1997 yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan toʻla xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi : ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalariga kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb-hunar dasturlarini ongliravishda tanlash va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy,huquqiy,psixologik-pedagogik tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Download 23.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling