Berdaq nomidagi Qraqolpoqiston mamlakatlik universiteti
Arxitekektura fakulteti transport ligistika grux student
Duirxanov Alpamis o’zbek tilli fanidan
Prezintatciya ishi
Mavzu: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi.
Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish.
Aynan shu maqsadga mos keluvchi, unga xizmat qilib, ko’zlangan samarani beruvchi ta’limni bir-biri bilan uzviy bog’langan beshta tizimi asos qilib olindi. Ulardan oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi maqomi va faoliyati doirasi bilan bog’liq o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi hamda oliy mutaxassislik ta’limi tizimlari diqqatga sazovordir.
O’qish muddati 3 yildan kam bo’lmagan akademik litseylar va kasb-hunar kolejlari o’rta maxsus bilim va kasb-hunar ta’limi tizimiga kiritildi.
To’rt yildan kam bo’lmagan muddatda davom etadigan oliy mutaxassislik ta’limi bakalavr va magistratura yo’nalishlarida belgilandi.
Bakalavrlik yo’nalishi bazaviy oliy ta’lim berib, to’rt yil muddatda talabaga oliy ma’lumot va tayanch mutaxasislik diplomi beriladi. Bakalavrlik o’qishi ikki yil davom etadigan magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasi himoyasi bilan yakun topuvchi oliy kasbiy ta’lim beradi.
Ayni paytda, Milliy dasturda uzluksiz ta’limning rasmiy tizimida ikki daraja – aspirantura va doktoranturadan iborat quyidagi yakunlovchi bosqich joriy etildi.
Nihoyasiga etkazilgan magistrlik negizida uch yil davom etadigan aspiranturadan maqsad – muayyan mutaxassislik bo’yicha oliy klassifikatsiyali ilmiy va pedagogik kadrlarni shakllantirishdir. Aspirantura akademik va kvalifikatsion imtixonlari hamda nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilish bilan yakunlanadi va tanlangan mutaxasislik bo’yicha “fan nomzodi” ilmiy darajasi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |