Mavzu: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish


Download 258.56 Kb.
bet3/13
Sana28.12.2022
Hajmi258.56 Kb.
#1022462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Transport Logistika Jumabaev Erbol

Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga soluvchi, yo’naltiruvchi, nazorat etuvchi va barkamol shaxs, etuk mutaxasis kadrlar tayyorlashning rasmiy kafolati sifatida ta’lim ochiqligini, barcha o’zgarishlarga uning moslanuvchanligini ta’minlaydi.
Uzluksiz ta’lim raqobatga dosh bera oladigan, intellektual quvvai hofizasi baqquvvat mutaxassislar tayyorlash asosi bo’lib, barcha ta’lim tuzilmasi va faoliyati muxitini o’z ichiga oladi.
Fan etuk professional mutaxassislar tayyorlovchi, ulardan samarali foydalanuvchi, ilg’or ilmiy-nazariy va pedagogik-axborot texnologiyalarini ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish etuk kadrlar buyurtmachisi, ularni tayyorlash tizimini moliyaviy moddiy-texnik ta’minlash jarayoni ishtirokchisi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turganidek, ShAXS_–_DAVLAT_–_JAMIYaT'>ShAXS – DAVLAT – JAMIYaT mazmunidagi o’zaro aloqador vazifalar pedagogika faniga katta mas’uliyat yuklaydi. Pedagogika fani mazmun-mohiyatiga ko’ra ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, chuqur, keng tafakkurli va ayni vaqtda milliy g’ururli, tashabbuskor, fidoyi vatanparvar ShAXSni shakllantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shuningdek, davlat – jamiyatning ijtimoiy idealini ifodalovchi va unga erishish yo’llarini ko’rsatib beruvchi fan sifatida uning taraqqiyot yo’li va Milliy g’oyaning tarixiy ildizlaridan ozuqa oladi.
Avvalo, talabalarga pedagogika va psixologiya turkimidagi fanlardan beriladigan bilimlar shaxsni shakllantirishga, uni erkin ijodiy, mustaqil fikr yuritishga yo’llashi va bu bilimlar inson shaxsini o’rganishga, o’zi va o’zgalarning shaxslik sifatlarini kashf etishga, ijtimoiy voqelikni anglab olishga, o’z shaxsiy xulosalariga ega bo’lishga yo’naltirilishi, bilimlarining tayyor iste’molchisi emas, ularni izlab topuvchi ijtimoiy faol va raqobatbardosh ijodkor, tashabbuskor, tadbirkor, hamkor mutaxassis kadrlarga aylantirishi lozim.
Demak, talaba yoshlarni tarbiyalashda oliy o’quv yurtlari oldida turgan muhim vazifa hozirgi davr talabiga javob bera oladigan, erkin fikrlay oladigan, kasbiy mahorati kuchli, tashabbuskor, dunyoqarashi keng, ijtimoiy faol, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Buning uchun Kadrlar tayyorlash Milliy modeli asosida ijtimoiy faol, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis kadrlar shaxsini shakllantirish yo’nalishlar quyidagi ko’rinishda belgilashni maqsadga muvofiq deb topdik:
Mazkur yo’nalishlarni amalga oshirishda quyidagi talablarga e’tibor berish muhim hisoblanadi:

  • pedagogik bilimlarni chuqur va mustahkam egallash barobarida kasbga bo’lgan qiziqish va muhabbatni uyg’ota olish;

  • talabalarda o’z ustida ishlashga rag’bat va qiziqish uyg’otish;

  • olingan nazariy bilimlarni amaliyotga joriy etish malakasini hosil qilish. Ijtimoiy faol va yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis shaxs ma’naviyatini shakllantirishda pedagogik turkum fanlar asosida quyidagi tushunchalarga e’tibor qaratish lozim:

  • Vatan ravnaqi yo’lida xizmat qilishning oliy insoniy burch ekanligini anglash, vatanparvarlik tuyg’usiga ega bo’lish;

  • yurt tinchligi, Vatan ozodligi va mustaqilligi yo’lida faoliyat ko’rsatish; barkamol shaxs, ijtimoiy faollik mohiyati borasida muayyan tushunchaga ega bo’lish;

  • talablarda bilimlarni egallashga bo’lgan ongli ehtiyojning paydo bo’lishiga erishish (muammolarning ahamiyati, o’quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda);

  • talaba-yoshlarni ijtimoiy faol raqobatbardosh shaxs darajasida shakllantirishda tizimlilik tamoyillariga rioya etish;

  • talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatni tashkil etish;

  • dars va darsdan tashqari ishlarning uzviyligini ta’minlash.

Yuqoridagi aytilgan barcha fikr-mulohazalardan quyidagi umumiy xulosaga kelish mumkin: ijtimoiy faollik va tadbirkorlik madaniyati ijtimoiy ong bilan chambarchas bog’liq.
Ijtimoiy faollik va tadbirkorlik sifatlarining asosiy elementlarini o’ziga singdirib olgan har bir talaba yosh, bo’lajak mutaxassis sifatida hayot qonuniga mas’uliyat bilan yondashib, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni aniq idrok etishga, o’zi va kasbdoshlarning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilishga, ezgu maqsad yo’lidagi to’siqlarning hech biridan cho’chimay engib o’tishga tayyor bo’ladi, ya’ni demokratik huquqiy davlat zaminida shakllangan ochiq fuqarolik jamiyatining, ijtimoiy faol va tadbirkor fuqarosiga aylanadi.

Download 258.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling