Mavzu: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish


Download 258.56 Kb.
bet2/13
Sana28.12.2022
Hajmi258.56 Kb.
#1022462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Transport Logistika Jumabaev Erbol

Doktorantura – fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadi, dissertatsiyani himoya qilish bilan yakunlanadi. Yakunga ko’ra tanlangan mutaxassislik bo’yicha “fan doktori” ilmiy darajasi beriladi.
Milliy dasturda ko’zda tutilgan bilim berish va kasb-hunar o’rgatish bilan bog’liq uch yillik ta’limning mazmun – mohiyati tayanch umumta’lim bosqichini tugatgan o’quvchiga o’z xohish-irodasi va intilishiga ko’ra ikki turdagi uch yillik o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’limni majburiy – ixtiyoriy davom ettirishning huquqiy imkonini beradi.
O’rta maxsus bilim yurtlari (akademik litseylar) o’quvchilar o’zlari tanlagan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bilimlarini oshirish, muayyan oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishi uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan fanlarni chuqur o’zlashtirishga qaratilgan. Uch yillik ta’lim muddatidan iborat kasb-hunar kollejlarida talabalarga o’zlari tanlagan kasb-hunar yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilim olish huquqi berildi.
Shuningdek, Milliy dasturda ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish hamda akkreditatsiya qilishning xolis tizimi joriy etildi. Dasturda ko’zda tutilgan kadrlar tayyorlashning amaldagi ijrosi bilan bog’liq vazifalar, ta’lim sifatini nazorat etish yo’llari belgilab berildi.
Dasturda ta’lim oluvchilar ma’naviy tarbiyasini samarali shakl va usullari ishlab chiqilib, ularni joriy etish, pedagog va mutaxassis kadrlarning professional salohiyatini oshirish nazarda tutilgan edi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mundarijasi shaxs-davlat va jamiyat – uzluksiz ta’lim – fan – ishlab chiqarish tizimlarining yaxlit ma’rifiy – tarbiyaviy, ijtimoiyma’naviy ierarxiyasi birligidan uzviy mushtarakligidan tashkil topgan.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi, deb ko’rsatib o’tiladi. Demak, davlat tomonidan uning ta’lim xizmatlari iste’molchisi sifatida bilim olishi va kasb-hunarga ega bo’lishi uchun zarur shart-sharoit yaratiladi. O’z navbatida shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida kasbiy malakaga ega bo’lgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat olib borib, bilimi va tajribasini namoyon etadi. Bu esa ta’lim jarayonida aqlan rivojlangan, ma’naviy-axloqiy shakllangan, jismoniy etuk, muayyan kasb-hunar asoslarini puxta egallagan, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga jiddiy talablar qo’yadi. Bu borada oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladigan pedagogik va psixologik turkum fanlar (Pedagogika nazariyasi va tarixi, kasbiy ta’lim pedagogikasi, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya, umumiy psixologiya, pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya)ning imkoniyatlari cheksiz. Zero oliy pedagogik ta’limning psixologik asosiy maqsadi ham shaxsning aqliy, ma’naviy – axloqiy, estetik, jismoniy rivojlanishi, talabalar yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning ijodiy imkoniyatlarini har tomonlama ro’yobga chiqarish, insonparvarlik munosabatlarini tarkib toptirish, ya’ni barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir.
Shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga ta’sir nuqtai nazaridan tarbiya doimo maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, birinchi navbatda, aniq maqsadga qaratilgan jamiyatning faoliyatidir. Bunda jamiyat o’zida mavjud bo’lgan barcha imkoniyat hamda vositalardan foydalanadi. Tarbiya – inson shaxsining rivojlanishi va shakllanishiga kuchli ta’sir etuvchi muhim omil bo’lsa-da, biroq bu jarayonda yana qator omillar, jumladan, muhit ta’siri va irsiyat ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“Shaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi tarbiyaning asosiy mohiyati bo’lib qoladi”, – deydi psixolog olim A.V.Petrovskiy. B.T.Lixachev, R.G.Gurova shaxs tarbiyasida uning ongli ravishda bilim olishga intilishi, bu borada o’ziga xos ko’nikma, malaka va mahoratga ega bo’lishi kabi muammolarni ilgari sursa, taniqli psixolog olim E.G’oziev shaxs tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, shaxsni har tomonlama rivojlantirishda mehnat tarbiyasi, fuqarolik, vatanparvarlik, axloq masalalarida an’anaviy ta’riflardan chetlanib, ularni inson hayotini o’zgartiruvchi, shaxsning o’z-o’zini rivojlantiruvchi vosita sifatida e’tirof etishni taklif qiladi.
Inson shaxs darajasiga etishi uchun uning ongi, faoliyati, o’z-o’zini anglashidan iborat ichki yo’naltiruvchi mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi uning qiziqishi, xarakteri, qobiliyati, aqliy rivojlanganligi, ehtiyojlari, mehnat faoliyatiga munosabati bilan belgilanadi. Ana shu xususiyatlar rivojlanib, insonning ijtimoiy voqelik, mehnat, kishilar, jamiyatga bo’lgan munosabati ma’lum bosqichga etgandagina u barkamol shaxs darajasiga ko’tariladi. “O’zbek tilining izohli lug’ati”da “barkamol” tushunchasi lug’aviy jihatdan “kamolga etgan”, “bekamu ko’st”, “etuk”, “to’qis”, “mukammal” degan ma’nolarni anglatishi ta’kidlanadi.
Garchi bugungi kunda ham tarbiyaning eng oliy maqsadi barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratligi e’tirof etilayotgan bo’lsa-da, biroq “barkamol shaxs”, “barkamol inson” tushunchalari hali hatto pedagogik lug’atlardan ham o’rin olmaganligi achinarli hol, albatta.
Komil inson” tushunchasiga taniqli adabiyotshunos olim N.Komilov Aziziddin Nasafiy, Shayx ibn al Arabiylarning ta’riflariga tayanib: “Komil inson – bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomatdan serob, siyratu surati saranjom, qalbi ezgu tuyg’ularga limmo-lim pokiza zot”, – deb ta’rif beradi.
Pedagogikada barkamol shaxs tarbiyasi tarixini birinchilardan bo’lib tadqiq etgan
J.Yo’ldoshev, O.Musurmonova, M. Hoshimova, S.Nishonova, S.Hasanov,
S.Yo’ldosheva, rus pedagog olimi I.P.Podlasiy va boshqalarning ta’riflariga tayangan holda “barkamol shaxs – bu aqlan va ruhan etuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bo’lgan, ma’naviy boy, axloqan pok, jismonan sog’lom, nafosatli, jamiyatda o’zligini tanigan mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor, tashabbuskor, ishbilarmon, fidoiy shaxs”, degan ta’rifni keltiradi.
Demak, insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun nasl-irsiyat (inson – biologik mavjudot sifatida), ijtimoiy muhit (ijtimoiy – iqtisodiy hayot) hamda maqsadga muvofiq tashkil etilgan tarbiya va uning faoliyati kabilar ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagogik ta’lim jarayonida talaba-yoshlarning shaxs sifatida rivojlanishi, har tomonlama kamolga etishi qonuniyatlari, shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi omillar o’rganiladi.
Talabalarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda quyidagi talablarga rioya etish muhimdir:

  • yoshlarning bilimlari o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • ta’lim jarayonida talabalar faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etish;

  • talaba-yoshlarning har biriga individual yondashish;

  • pedagogik nazokatni shakllantirish;

  • kasb-hunarga tayyorlash;

  • murakkab vaziyatlardan to’g’ri yo’l topib chiqib keta olish qobiliyatiga ega bo’lishlariga erishish;

  • ijtimoiy faollik, fuqarolik rolini shakllantirish va hokazolar.

Yuqoridagi talablarni amalga oshirish uchun barkamol shaxsni shakllantirishning quyidagi mezonlari asos bo’lib xizmat qiladi:

  • shaxsni aqliy, ma’naviy-axloqiy, hissiy-estetik, jismoniy rivojlantirish;

  • ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishga yo’llash;

  • insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish;

  • yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsning individual o’ziga xosligini namoyon etishga sharoit yaratish;

  • fuqarolik nuqtai nazarining tarkib topishiga erishish;

  • hayotga, mehnatga, ijtimoiy ijodkorlikka tayyorlash;

  • o’z-o’zini boshqarish, demokratik tamoyillarni anglash, Vatani va xalq oldida o’z mas’uliyati va burchini his etish.

Tarbiya qonuniyatiga ko’ra shaxsning kamolga etishi jamiyat rivojlanishidan orqada qolsa, ijtimoiy maqsadni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilmagan bo’lsa, uni amalga oshirish qiyin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib barkamol shaxs tarbiyasining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat deb belgilashni ma’qul topdik:
Demak, barkamol shaxs individ – shaxs – inson tizimida o’z dunyoqarashi, nuqtai nazariga ega bo’lish, o’z haq-huquqini hurmat qilishga o’rganish, shaxslik xislatlarini tushunish, shu ningdek, o’z bilim, qobiliyat va ko’nikmalarni namoyon etib, o’z “Men”ini qaror toptirish asosida shakllanadi. Pedagogik – psixologik ta’limning asosiy maqsadi ham shaxsning aqliy, ma’naviy-axloqiy, estetik, jismoniy va psixologik (ruhiy) rivojlanishini ta’minlash, uning ijodiy imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqarish, unda insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Buning uchun pedagogik yo’nalishda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalarida pedagogik va psixologik turkum fanlarining imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish, ushbu sohada faoliyat yurituvchi professor-o’qituvchilarning barkamol shaxsni shakllantirish zamonaviy pedagogik va psixologik ta’lim texnologiyalari bo’yicha bilimlarini takomillashtirish va muhim tavsiyalar bilan qurollantirish talab etiladi.

Download 258.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling