1. Shaharlarni obodonlashtirish Aholi yashaydigan manzillarni obodonlashtirish Shahar hududini ko’kalamzorlash tirish Xulosa


Download 148.93 Kb.
bet1/5
Sana14.02.2023
Hajmi148.93 Kb.
#1198128
  1   2   3   4   5

Mavzu:SHahar hududini ko’kalamzorlashtirishda landshaft dizayni.


Reja:
1.Shaharlarni obodonlashtirish
2.Aholi yashaydigan manzillarni obodonlashtirish
3.Shahar hududini ko’kalamzorlash tirish
Xulosa.


1.Shaharlarni obodonlashtirish – bu shaharlar va barcha katta-kichik manzillar hududida aholining turmushiga sog’lom, qulay va madaniy sharoit yaratib byeradigan amaliy ish va tadbirlar yig’indisidir.
Aholi yashaydigan manzillarni obodonlashtirish tizimi shaharsozlik tushunchasini birlashtiradigan masalalarni qisman qamraydi va shaharlar hududlarida muhandislik qurilmalari darajasini baholaydi, shuningdek, ularning havo va suv havzalari hamda tuproqning sanitar-gigienik holatini aniqlaydi.
2.Aholi yashaydigan manzillarni obodonlashtirish – hududlarni muhandislik tayyorlash, yo’l va ko’priklar qurish, shahar transportini rivojlantirish, mehmonxonalar va boshqa muhandislik inshootlari, jumladan gidrotexnika inshootlarini qurish, kommunal tarmoqlarni (vodoprovod, kanalizatsiya, elektr ta’minoti va h.k.) yotqizish, ko’kalamzorlashtirish, sug’orish, yoritish va tasviriy san’at kabi tadbirlarni qo’llash, mikroiqlimni yaxshilash, havo havzasi, ochiq hovuzlar va tuproq hududlarni sanitar tozalash, shahar shovqini darajasini pasaytirish, ko’cha jarohatlarini kamaytirish va boshqalarni o’z tarkibiga oladi.
Bulardan bo’lak obodonlashtirishda kommunal-maishiy (hammomlar, kir yuvish, xizmat ko’rsatish kombinatlari) va madaniy-oqartuv (kino va teatrlar, sport majmualari, muzeylar, kutubxonalar) tizimidagi hokazo tashkilotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sanitar tozalash


Shaharlarda sanitar-gigiena tizimining eng muhimi va murakkabi sanitar tozalash hisoblanib, shahar hududida aholining sog’lig’i, havo va suv havzalari, tuproq hamda hokazo ob’ektlarni ifloslanishidan himoya qiladi.


O’zbekiston shaharlari va aholi yashaydigan manzillariga xos bo’lgan yuqori tempyeraturali issiq iqlim sharoiti va yoz faslining cho’ziqli davri chiqindilarni chirishiga imkon yaratadi, hududlarni ifloslantiradi. Har yili aholi yashaydigan manzillar hududlarini sanitar tozalashga katta moliyaviy mablag’ ajratiladi. Shu bois, yangi texnologiyalarga tayanib, kam miqdorda sarf-xarajatlar bilan rejalangan ish bajarilsa, ayni muddaoga yerishilgan bo’ladi.
Oxirgi yillarda Respublika shaharlari amaliyotida o’zini oqlagan “sanitar tozalash bosh sxemasi” bozor iqtisodiyoti talablariga munosib takomillashtirildi. Ushbu sxemaga binoan rejalashtirilgan ishlar joylarda o’z samarasini ko’rsatmoqda.
Shaharlar hududlarini ushbu usulda sanitar tozalash, avvalo, maqsad va vazifalarni aniqlashni talab etadi, ya’ni:

  • aholi yashaydigan manzillarni toza saqlash;

  • tuproqni, havoni, suvni, uy-ro’zg’or va sanoat chiqindisi hamda tashlandiqlaridan himoya qilish;

  • turli infekstion kasalliklarni oldini olish uchun chivin va pashshalar hamda emiruvchilarni yo’qotish;

  • ko’cha va yo’llar hamda yo’lkalarni axlatdan, yomg’ir va qor suvlaridan hamda hokazo chiqindilardan chetlatib piyodalarga va transport vositalariga harakat havfsizligini ta’minlash.

Ushbu kompleks masalalarni echishda sanitar tozalash tizimi quyidagilarga bo’linadi:

  1. Uy-joy binolarini tozalash – kanalizatsiya tizimi bo’lmagan turar- joy binolarini suyuq tashlandiqlardan (axlatdan), qolgan binolarni uy- ro’zg’or qattiq chiqindilardan tozalash;

  2. Ko’chalar, yo’llar, maydonlar, uy-joy atrof-tevaragi va umumiy foydalanish joylarini tozalash. Bu guruh yozgi tozalash (supurish, suv sepish, yuvish, chang bilan kurashish) va qishki tozalash (qorni chetlatish, tuz yoki arralangan yog’och qirrindilarini sepish, muzlamalar (sirpanchiq) bilan kurashish)dan tashkil topadi.

  3. Mahsus tozalash turlari – jamoat hojatxonalarini tashkil etish, o’lgan hayvonlarni yo’qotish.

  4. To’plangan va chetlatilgan chiqindilarning barchasini zararsizlantirish va ularga ishlov byerib, xalq xo’jaligida maksimal darajada qayta qo’llash.

Sanitar tozalashda eng muhim masala – bu chiqindilarni to’plash, chetlatish, zararsizlantirish va o’g’it sifatida qayta qo’llash hisoblanadi.
Chiqindilarni olib ketish (chetlatish) tizimi eng keng tarqalgan tizim hisoblanib, to’plangan chiqindilar maxsus transport vositalarida bajariladi. Uning salbiy tomoni – chiqindilar yakka xonadonlarda yoki uy- joy binolari yaqinida joylashgan maxsus axlat qutilarida tashuvchi transportni poylab qolishi va yuqori darajada bo’lgan sarf-xarajatlar bilan ifodalanadi.
Ta’kidlash zarurki, Respublika shaharlarida oxirgi yillarda chiqindilarni to’plash va chetlatish ancha yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa ham ularni zararsizlantirish (kuydirish)da hozirga qadar amaliy ishlar qilinmagan.
Sanitar tozalashda qo’llanib kelayotgan rejali – doimiy xizmat ko’rsatish tizimi shahar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlariga qulayliklar yaratadi, ya’ni:
1. Uy-joy binolari va shaharning turli xo’jaliklaridan qattiq va suyuq chiqindilarni olib ketish, umumjamoat joylarini tozalash maxsus sanitar tozalash korxonasi tomonidan majburiy tartibda bajariladi (masalan, bu ishlarni Toshkentda “Maxsustrans” korxonasi bajaradi);
2. Qabul qilingan tariflarga rioya qilingan holda uy-joy binolarida xonadonlar hamda shahar hududidagi barcha xo’jaliklar, tashkilotlar, muassasalar va hokazolar o’rtasida tuzilgan shartnomalar asosida xizmat haqi to’lovlari olinadi.
3. Shaharlar hududini tozalash va chiqindilarni olib ketish ishlari belgilangan kunda va aniq vaqtda (grafik asosida) bajariladi.
Amaliyotda ushbu tizim samarali ekanligini ko’rsatdi va butun shahar hududini tarkibiga qamradi. Aytish lozimki, shaharni qamrab olish, uning hududini toza saqlash – sanitar-gigiena korxonalarining moddiy-texnika boyligi (bazasi)ga bog’liqdir.
Shaharning sanitar tozaligiga epidemiologik stansiya (SES): chiqindilarni maxsus transport vositalarida mo’ljallangan joylarga olib borish va ularning harakat havfsizligini ta’minlashni zararsizlantirish texnologiyasini ishlatish va h.k. ishlarni nazorat etadi.
Shaharning rejali-doimiy sanitar tozalash tizimi o’z faoliyatini uy-joy binolari, ko’cha va yo’llar, maydonlar va hokazo, muhandislik inshootlarni pasportini tuzishdan boshlaydi va bu asosda shaharning dastlabki sanitar-texnika holatini tekshiradi, xulosalar chiqaradi. Bu uning ish texnologiyasini asosiy qoida va talabiga kiradi.
Rejali-doimiy sanitar tozalash tizimi o’zining negizida sanitar-me’yoriy ko’rsatmalarga binoan barcha tadbirlarni belgilangan vaqtda va majburiy tartibda bajaradi.



Download 148.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling