1. Superfosfat haqida tushuncha. Ortofosfat kislota haqida tushuncha


Download 46.23 Kb.
bet1/5
Sana16.03.2023
Hajmi46.23 Kb.
#1278411
  1   2   3   4   5
Bog'liq
superfosfat


MAVZU: ODDIY SUPERFOSFATNING OLISH FIZIK-KIMYOVIY ASOSLARI VA TEXNOLOGIYASI
REJA:
1. Superfosfat haqida tushuncha.
2. Ortofosfat kislota haqida tushuncha.
3. Fizik-kimyoviy asoslari va texnologiyasi.

Superfosfat. Oddiy superfosfat maydalangan apatit yoki fosforitga sulfat kislota bilan ishlov berish yoʻli bilan olinadi. Bunda qiyin eruvchan fosfatlar narchalanib, suvda eriydigan monokalsiy fosfat Ca(H2PO4)2 va suvda eriymaydigan gips hosil boʻladi:
2Ca5 F (PO4)3 + 7H25O4+ 3H2O= Ca (H2PO4)2 H2O + 7CaSO4 + 2 HF
Ca3(PO4)2 + H2SO4 + H2O = Ca(H2PO4)2 H2O +2CaSO4
Appatitdan olinadigan oddiy superfosfot tarkibida 19-20%, fosforitlardan olinadiganida esa 14-16 % fosfor boʻladi P2O5 ga hisobidan olinganda.
Oddiy superfosfat asosan, donador holda, donachalarining oʻlchami 2-4 mm keladigan qilib chiqariladi.
Qoʻsh superfosfat. Qoʻsh superfosfat oddiy superfosfatdan farq qilib, tarkibida gips boʻlmaydi, shu sababli unda P2O5 ning miqdori koʻp,42-49% boʻladi, Undagi fosfor suvda eriydigan kalsiy morofosfat Ca(H2PO4)2, H2O va ozroq miqdori 4,5-5,7 % erkin fosfat kislota holida boʻladi.
Qoʻsh superfosfat donador holda tayyorlanadi. Uning kimyoviy va fizik xossalari, ishlatilishi hamda samaradorligi oddiy superfosfat kabidir.
Asosiy oʻgʻit sifatida superfosfat solishda uni plug bilan koʻmib ketish lozim, bunda oʻgʻit tuproqning chuqur va doim nam boʻlib turadigan, tuproqdagi oʻsimlik ildizlarining asosiy qismi joylashgan qatlamida turish kerak.
Superfosfat kimyoviy solinishi natijasida solingan joyida deyarli toʻliq oʻrnashib qoladi va tuproqda juda sekni siljiydi.
Birinchi yili oʻsimliklar undan foydalanmaydi, tuproqda qolgan superfosfat fosfori keyingi yillarda qisman oʻlashtiriladi.
Presipitat kalsiy difosfat Ca HPO4 × 2H2O tarkibida 27 dan 35% gacha P2O5 boʻladi. Presipitat fosfori suvda erimaydi, lekin ammoniy nitratda eriydi va uni oʻsimliklar yaxshi oʻzlashtiradi. Oʻgʻit yaxshi fizik xossalarga ega. Tuproqlarda turli xil ekinlarga asosiy oʻgʻit sifatida ishlatsa boʻladi.
Tomchilab- fosforga boy choʻyanlarni Tomasning ishqoriy usulida qayta ishlab, temir va azotga aylantirishda hosil boʻladigan qoʻshimcha mahsulot.
Tomasshlak toʻq rangli ogʻir, mayin kukun. Tarkibida 14 dan 20% gacha P2O5 boʻladi. Bu oʻgʻitni barcha tuproqlarda asosiy oʻgʻit sifatida ishlatish mumkin.
Fosforit uni- fosforitni un holiga kelguncha maydalash yoʻli bilan olinadi. Bu oʻgʻit gigroskopik emas, mushtlashib qolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30% atrofida boʻladi. Fosforit uni- eng arzon fosforli oʻgʻit.
Bu oʻgʻit barcha kuzgi ekinlarga, shuningdek, chopiq-talab ekinlarga - lavlagi, kartoshka, makkajoʻxori va boqshalarga solinganda eng koʻp samara beradi. Fosforit uni qancha koʻp solingan boʻlsa, uning taʻsir etish davomiyligi ham shuncha uzoq boʻladi.
Fosfor ancha koʻp tarqalgan elementlar jumlasidandir; yer poʻstlogʻida, ogʻirlik jihatidan 0,12 % ga yaqin fosfor bor. Fosfor oson oksidlanadigan element boʻlganligi uchun tabiatda erkin holda uchramaydi.
Fosfor birikmalaridan eng muhimi fosfat kislotaning kalsiyli tuzi Ca3(PO4)2 dir, bu tuz ba'zi joylarda fos­forit minerali holida juda katta qatlamlar hosil qiladi. Tarkibida Ca3(PO4)2 dan tashqari, yana CaF2 yoki CaCl2 boʻladigan apatit minerali ham koʻp uchraydi. Azot kabi, fosfor ham barcha tirik mavjudot uchun albatta zarur boʻlgan elementdir, chunki u har xil oqsil moddalar: oʻsimlik oqsil moddalari tarkibiga ham, hayvonot oqsil moddalari tarkibiga ham kiradi. Oʻsimliklarda fosfor, asosan, urugʻlarning oqsillarida, hayvonot organizmlarida esa sut, qon, miya va nerv toʻqimalari oqsillarida boʻladi, Bundan tashqari, fosfor umurtqali hayvonlarning suyaklarida kalsiy fosfat Ca3(PO4)2 tariqasida juda koʻp boʻla­di. Suyaklar yondirilganda organik moddalarning hammasi yonib ketadi va asosan, kalsiy fosfatdan iborat boʻlgan kul qoladi. Erkin fosforni dastavval XVII asrda alkimyogar Brand siydikdan ajratib olgan edi. Hozirgi vaqtda erkin fosfor kalsiy fosfatdan olinadi. Buning uchun kalsiy fosfat qum hamda koʻmir bilan aralashtiriladi va mahsus pechlarda havo kiritmay turib, elektr toki yordami bilan qattiq qizdiriladi.
Bunda boʻladigan reaksiyani tushunmoq uchun kalsiy fosfatni kalsiy oksid bilan fosfat angidriddan iborat birikma 3CaO × P2O5 deb taasavvur qilish lozim; qum esa, maʻlumki, kremniy (IV)-oksid, yaʻni silikat angidrid SiO2 dir. Yuqori temperaturada silikat angidrid fosfat angidridni siqib chiqarib, kalsiy oksid bilan birikadi va si­likat kislotaning kalsiyli tuzi CaSiO3 ni hosil qiladi, fosfat angidridni esa koʻmir erkin fosforgacha qaytaradi
Са3(РO4)2 + 3SiO2= 3CaSiO3+ Р2O5
P2O5 + 5C = 2P + 5CO
Bu ikkala tenglamani qoʻshib, quyidagi tenglamani olamiz:
Са3(РO4)2 + 3SiO2+ 5С = 3CaSiO3+ 2Р + 5СО
Ajralib chiqadigan fosfor bugʻga aylanadi, bu bugʻ esa yigʻgichdagi suv ostida quyultiriladi. Fosfor bir necha xil allotropik shakl oʻzgarishlar hosil qiladi.
Fosfor bugʻi tez sovitilsa, oq fosfor hosil boʻladi. Oq fosfor zichligi 1,82 g/sm3 boʻlgan qattiq kristalik moddadir. Toza oq fosfor mutlaqo rangsiz va tiniq boʻladi; sotiladigan oq fosfor esa, odatda, sargʻish tusda boʻlib, tashqi koʻrinishi jihatidan mumga juda oʻxshaydi. Oq fosfor sovuqda moʻrt boʻladi, ammo 15°C dan yuqori temperaturada yumshoq holga oʻtadi, bunday holdagi fosforni pichoq bilan keshish mumkin. Oq fosfor 44,2°C da suyuqlanadi, 275°C da esa qaynay boshlaydi. Bu holatdagi fosfor molekulalari 8000 C dan yuqori temperaturalarda toʻrt atomdan iborat boʻladi.
Oq fosfor havoda juda tez oksidlanadi va shuʻlalanadi (shulasi qarongʻida koʻrinadi). Fosfor degan nom ana shundan kelib chiqqan. bu soʻz oʻzbekchaga tarjima qilinganda “yorugʻlik tarqatuvchi” demakdir. Fosfor kuchsizgina qizdirilgandayoq (buning uchun ishqalanishning oʻzi kifoya) oʻt olib ketadi va batamom yonadi, fosfor yonganida koʻp miqdorda issiqlik chiqadi. Fosfor oksidlanganda issiqlik chiqqanligidan, havoda oʻz-oʻzidan alangalanib ketishi ham mumkin. Oq fosforning oksidlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, u suv ostida saqlanadi.Oq fosfor suvda erimaydi. Uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Oq fosfor nihoyatda kuchli zahardir, oq fosforning juda oz miqdori ham odamni oʻldiradi. Agar oq fosfor havo kirmaydigai joyda 250-300°C tem­peraturada uzoq vaqt qizdirilsa, fosforning boshqa bir shakl oʻzgarishiga aylanadi; fosforning bu shakl oʻzgarishi qizgʻish-gunafsha tusli boʻlib, qizil fosfor deb ataladi.Yorugʻlik taʻsir etganda ham fosfor huddi ana shunday oʻzgaradi-yu, ammo bu oʻzgarish juda sust boʻladi.

Download 46.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling