1. swift tizimi haqida umumiy ma`lumot Tiziming afzalliklari va kamchiliklari swift ga a`zo bo`lish shartlari


Download 24.88 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi24.88 Kb.

23-mavzu. BUTUN JAXON BANKLARARO MA’LUMOT ALMASHASH SWIFT TIZIMI

Reja:
1. SWIFT tizimi haqida umumiy ma`lumot

2. Tiziming afzalliklari va kamchiliklari

3. SWIFT ga a`zo bo`lish shartlari

4. SWIFTning joylashgan o`rni
Tayanch so‘z va iboralar: Butun jahon banlar tarmog‘i, terminal, broker kompaniyalari, moliyaviy tashkilotlar, investitsiya tashkilotlari, bank-a’zo, uyushma a’zosi, katnashchilar, Belgiya konunchiligi, direktorlar kengashi, protsessing markaz, Unisys kompaniyasi kompyuterlari, slays protsessing, mintaqaviy protsessing.
Dunyoda eng yirik moliyaviy xabarlar tarmog‘i SWIFT hisoblanadi. Bu tizimga qo‘shilgan har qanday bank o‘zini jahon moliya uyushmasining to‘liq a’zosi deb hisoblashi mumkin.

1973 yil Evropa va Ameriqaning 250 ta yirik banklari Xalqaro Banklararo moliyaviy Telekommunikatsiya SWIFT - (Society For Worldwide Interbank Finansial Telecommunication)ga asos soldilar. Jamiyatning vazifasi -yagona bank xabarlari tizimini yo‘lga solish va qo‘llab-quvvatlash edi. U ishtirokchilarga sutka davomida dunyoning har qanday nuqtasidagi moliyaviy ma’lumotlarga standart shaklida kirish imkonini beradi. SWIFT xalqaro tarmog‘i 1977 yildan boshlab faoliyat ko‘rsata boshladi. Ma’lumotlar tarmoq bo‘yicha standartga muvofiq strukturalashtirilgan mu’lamotlar ko‘rinishida uzatiladi.

SWIFT tarmog‘i standartlarida uzatiladigan ma’lumotlarning kategoriyasi, guruh va tillari aniq belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashqari tizim IFT (Interbank File Transfer) xizmati darajasida banklararo fayllar bilan almashishni qo‘llab-quvvatlaydi. Standartlarni jahon banklari amaliyotiga kiritish SWIFTning eng asosiy yutuqlaridan biridir. Bu jarayon moliyaviy muassasalarga hujjatlar bilan almashishi va nizo hamda xatolardan qochish imkonini beradi. Hozirda tarmoq asosini uchta kommunikatsiya stantsiyalari tashkil etadi. Ular Amsterdamda (Gollandiya), Bryusselda (Belgiya), Kopengagenda (AQSh) joylashgan.

SWIFTning qoidalarining talabi shuki, unga a’zo tashkilotlar amalga oshiradigan biznes bilan shug‘ullansin va xalqaro telegrafik moliyaviy ma’lumotlar almashinishida ishtirok etishi kerak. ^

SWIFT tashkiloti rasman Belgiyaning kooperativ jamiyati bo‘lib, Bryusselda ro‘yxatga olingan.

Svift tizimi qo‘yidagi turdagi operatsiyalarni bajaradi:



  1. mijoz to‘lovlari;

  2. bank to‘lovlari;

  3. hisobvaraqa bo‘yicha tasdiqnomalar (debet, kredit);

  4. valyuta-konversion operatsiyalar;

  5. debet kredit operatsiyalar;

  6. foizlar to‘lovi;

  7. hisobvarag‘idan ko‘chirmalar.

SWIFTning asosiy vazifasi -har qanday bank ma’lumotlari va moliyaviy ma’lumotlarni hisob-kitob texnika vositalari orqali tezda uzatish hisoblanadi. 70-yillardan boshlab SWIFT tizimida ma’lumotlar va manzillar standart formatlarin tashkil qilina boshlandi. SWIFT orqali kompyuterlar bank va moliya xabarlarini 7 ta kategoriyaga bo‘lib ko‘rsatadi. Ular esa o‘zida 70 xil turdagi ma’lumotlarni jamlagan. Har bir tip bank, va moliya muarsasalari talab, qiladigan elementlarning barchasini to‘liq va aniq beradi.

2. Zamonaviy texnologaya va talablar SWIFT tarmog‘ini zamonaviylashni muvofiqdashtiradi. Natijada arxitekturasi to‘rtga darajadan iborat yangi - SWIFT-P yaratildi:

SWIFT-P tarmog‘i arxitekturasi

Abonentning kirish nuqtasi hisoblanmish foydalanuvchining terminallari (SWIFT Based Terminal - SBT);



  1. mintaqaviy protsessor (Regional Processor - RP). Uning vazifasi xa^arlarni uzatish, protokollarni boshqarish, keluvchi xabarlar to‘g‘riligini tekshirish, abonentlarga ularning ma’lumotlarini qabul qilganlik haqidagi tasdiqni uzatishdan iborat. RR abonentlarni ularga berilgan kodlar bo‘yicha taniydi;

  2. marshrutlovchi (guruhli) protsessor (Slice Processor - SP) xabarlarni marshrutlashni boshqaradi, barcha ma’lumotlar va xabarlarni uzatish haqidagi hotirani saqlaydi, tizimli xabarlarni ishlab chiqadi, tizimga asoslangan arxivni olib boradi va ularning elektron nusxasini maxsus ma’lumotlar bazasida saqlanishini boshqaradi;

  3. tizimni boshqarish protsessori, faqat barcha tizimni boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi. Tizimda asosiy kompleksda barcha operatsiyalarni takrorlash uchun zaxira protsessori mo‘ljallangan.

SWIFT ma’lumotlarni yuqori darajada himoyalashni ta’minlaydi. SWIFTning asosiy talabi - terminallarni ulash tartibidir. Tizim har bir foydalanuvchi uchun individual yashirin kod bilan qayd etish orqali tizimli xabarlar nazoratini tashkil etish asosida har bir ulangan terminalni aniqyaashi (tanishi) ksrak. Bu xabar maxsus qurilma yordamida shifrlanadi. Qurilmada modul bo‘lib u tasodifiy sonlar generatoridan foydalangan holda shifrlovchi kalitni hosil qiladi.

Foydalanuvchiga keyingi qayd qilish uchun yangi kod beriladi. Bu – kalitlar almashish tartibi deb yuritiladi. Terminal aniqlanganligi tasdiqlangandan so‘ng u tarmoqda qayd etiladi. Barcha kodlar va kalitlar SWIFT termiialiga mikroprotsessor karta (MK) yordamida kiritiladi. MKni xavfsizlik tizimi (User Security Enhancement – USE) ishlab chiqadi. Terminalni tarmoqqa ulash tartiblaridan birortasi buzilgan taqdirda (shovqin, liniya uzilishi aniqlansa, uzatishda xato aniqlansa yoki xabar formati tizimiga kiritish tartibi noto‘g‘ri bo‘lsa va hokazo) terminal avtomatik ravishda o‘chadi, maxsus faylda bu hol qayd etiladi. Shu orqali past sifatli liniya aniqlanadi.

Foydalanuvchining imtiyozini farqlash vositasi axborot xavsizligani ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora hisoblanadi. Bundan tashqari tizimda tez-tez to‘xtab qolipadan himoyalash uchun axborotlarni zaxira nusxalab qo‘yish hisobga olingan. SWIFT tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus dasturiy-apparatli interfeys mavjud. Bugungi qunda SWIFT tarmog‘i uchun terminal komplekslarni taklif etuvchi 100 dan ortiq firma mavjud. SWIFT terminal komplekslari uchun platforma ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida Digital Eguipment (VAX va Alpha tizimi), IBM (PS/2? S370, RS/6000), Hewlett Packard (Apollo 9000), Sun Microsystems (SPARC oilasiga mansub protsessorli kompyuterlar) kabi kompaniyalar mavjud. Bugunga kunda SWIFT terminal komplekslar bozorida Diqital va IBM nisbatan mashhur sanaladi.

SWIFTda ishlatiladigan ba’zi terminal komplekslar ta’rifi quyida berilgan

1-jadval


Terminal kompleks nomlanishi

Platforma

Operattsion tizim

Tezkor hotira qurilmasi, hajmi Mbayt

Samaradorlik (kuniga jo‘na-tiladigan xabarlar soni)

Narx (litsenziya + apparat kompleksi) - ming AQSh doll.

ST 400

VAX

Open VMS 6.2

32 (96 gacha)

4000

90-180

SWIFT Alliance

Alpha Server 400/1000

LNIX V.3.2

32 / 96

kamida 4000

100 / 200

MERVA / 2

WK Server 310

OS / V.2.1

32

10000

79

Turbo SWIFT

SPARC Station 4

Solaris 2.5

32

200 / 1000

65 / 150

Bugungi kunda SWIFT tizimi bank operatsiyalari, valyuta va pul bozori, qimmatbaho qog‘ozlar savdosi, savdo operatsiyalariga xizmat ko‘rsatish, xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish kabi muhim moliyaviy faoliyat sohalarida ma’lumotlar bilan tezkor almashuvni ta’minlaydi. Vosita va xizmat haqi yuqori bo‘lishiga qaramasdan SWIFT tarmog‘i abonentlari soni ko‘payib bormoqda. Bu hol SWIFTjamiyatiga kelgusida moliya faoliyatining boshqa sohalarini qamrab olgan holda tarmoqni yanada kengaytirish imkonini beradi.

3. 1) Tarmoq axborotlarni uzatishda fizik-texnikaviy, tashkiliy usullar orqali to‘liq xavfsizlikni ta’minlaydi.

2) Axborotlarning uzatishning ishonchliligi mavjud.

3) Aloqalar arzon narxda.

4) Jahonning istalgan nuqtasidan axborot tez uzatish imkoniyati mavjud, axborotlar uzatish imkoniyati 20 minutni tashkil etadi.

Axborotlarning zaruriyatiga qarab bu muddat 1,5 minutni tashkil etish mumkin. Barcha to‘lov hujjatlari bir andozada bo‘ladi.

5) SWIFT o‘z foydalanuvchilari uchun moliyaviy himoyani kafolatlaydi.

SWIFTga a’zo bo‘lish moliyaviy korxonaga 160 dan 200 ming dollargacha. SWIFT tarmog‘ining eng katta kamchiligi uning qimmatligidir.

Hozirgi kunda SWIFT tarmog‘iga 105 ta davlat a’zo bo‘lib, shulardan 28000 moliyaviy korxonalar va banklar a’zo bo‘lishgan. SWIFT tarmog‘i aktsionerlik jamiyati hisoblanadi.

SWIFTning yana bir kamchiligi ikki tashkilotni juda murakkab texnik tizimga tobeligi va shu bilan bog‘liq texnik muammolar va ishdan chiqishlari kamchiligidir.

SWIFT hisoblash markazlarida xavfsizlikni ta’minlovchi dasturlardan tashqari, an’anaviy to‘lov tizimlaridan farqi o‘laroq tizimini maxsus choralar joylashtirilgan:

- sessiyaning boshlanishi va oxirida tizim terminalidan foydalanishni tekshirish;

- hamma kirish va chiqish ma’lumotlarni avtomatik raqamlash, raqamlash tarkibi tizimining o‘zi bilan nazoratlanadi;

- individual kalitlarga qarab ikki bank orasida avtomatik ma’lumot almashinish;

- qabul qiluvchi - bank tomonida axborotlarni avtomatik tekshirish.

SWIFT aloqa liniyalari va operatsion markazlarini ruhsatsiz tashriflardan muhofaza qilish maxsus kodirovka qilish moslamalari (tasodifiy sonlar generatori tomoyilida) tomonidan ta’minlanadi.

4. SWIFTning asosiy yo‘nalishi moliyaviy axborotlarni bir tizimga, tizimga keltirishdir.

Xabarlarni chop etuvchi standart mashinalarning formati shunday tashkil qilinganki, u har bir davlat bankining milliy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmaydi, bu axborot tizimini SWIFT tarmog‘ida axborot tarqatish uchun ishlatish mumkin.

SWIFT andozasi moliyaviy xabarlar uchun andoza bo‘lib, bu andoza asosida bir nechta davlatlar o‘ziga xos tizimlarni ishlab chiqqan. Masalan: Angliya Chaps, Frantsiya Sagritter. Mashina o‘quvchi tizimlarning formati axborotlarni yuborish holati ustidagi nazoratni engillashtiradi. Hamda tasodifiy xatolar bo‘lmasligini ta’minlaydi, shuningdek, to‘g‘ri natijaga kelgan axborotni o‘tkazish tizimsi faoliyatini ko‘taradi. Axborotni tayyorlash va qayta ishlash faoliyati to‘liq avtomatlasha oladi, bu esa bank faoliyatining rentabelligini oshiradi. Hozirgi kunda 11 ta kategoriyadan foydalaniladi. Bu kategoriyalar o‘z ichiga 130-turli xabarlarni oladi va ular moliyaviy operatsiyalarni to‘liq bajarishni ta’minlaydi. Xabarlar qonunga ko‘ra, bir mijozdan ikkinchi mijozga o‘tadi, lekin tizimli xaqbar kategoriyasi mavjud bo‘lib, u ishlatuvchilarga tarmoqda birga ishlash imkonini beradi. Bu 0 kategoriyalardir.

Tizimli xabarning 3 asosiy turi mavjud: (1) LOG-IN/OUT – kirish uchun tizimli xabarlar tizimsiga kirish/chiqish.

RETRIEVAL – bu so‘rov orqali tizimda saqlovchi xabar nusxasini yuboradi.

REPORTS – turli schyot turlarini olish imkonini beradi.

Tizimli xabar oliy mavqega ega, chunki unda shunday xabarlar borki, ular tizimni ishlatish ya’ni funktsiyalash imkonini beradi.



Kategoriya n – umumiy guruh xabari. Umumiy guruhdagi xabarlar 1-9 bo‘lgan kategoriyalarda ishlatish mumkin. Umumiy guruh kodi ngM shaklida bo‘ladi. Bu erda n – kerak bo‘lgan kategoriya nomeri bilan almashtiriladi;

g – xabarlarning o‘ziga xos xarakterini ko‘rsatadigan kategoriyalar.

M – xabarning konkret turini aniqlaydi.

Kategoriya 1 – mijoz jo‘natmalari va cheklari. Bu kategoriya xabarlari pul va unga oid xabarlar bilan bog‘liq.

Kategoriya turlari

0 kategoriya – tizimli xabar.

1-kategoriya – mijoz jo‘natmalari va cheklari.

U o‘z navbatida:

1) Mijoz jo‘natmalariga

2) Chek xabarnomalariga bo‘linadi.



2-kategoriya – moliyaviy tashkilotlarning jo‘natmalari (to‘lovlari).

U o‘z navbatida:

1. Bank jo‘natmalariga.

2. Olinganlik to‘g‘risidagi xabarnomaga bo‘linadi.



3-kategoriya – valyuta operatsiyalari.

U o‘z navbatida:

1. Valyuta ayirboshlash va valyuta aktsioniga;

2. Ssuda va depozit shartnomalariga;

3. Ssuda depozit shartnomalari, u shartnomalari, u xabarnoma yoki talabnomalarni nazarda tutadi;

4. Kelajakda foiz stavkalari to‘g‘risidagi kelishuv.

5. Ssuda – depozit shartnomasi bo‘yicha to‘lov foiz.

6. Foiz to‘lovlarini ayirboshlashlarga bo‘linadi.



4-kategoriya – inkasso va naqd bo‘yicha hujjatlar.

U o‘z navbatida:

I. To‘lov to‘g‘risidagi xabarnoma.

II. Tasdiqlanganlik.

III. So‘rov.

IV. Naqd bo‘yicha hujjatlarga bo‘linadi.



5-kategoriya – qimmatbaho qog‘ozlar.

1. Sotib olish topshirig‘i.

2. Xabarnomalar / sotib olish va sotishga oid tasdiq.

3. Harakat tasdig‘i.

4. Korporatsiya faoliyati, tasdiq, tanqid.

5. Blyuten va investitsiyani boshqarish.



6-kategoriya. Qimmatbaho metallar va toshlar.

U o‘z navbatida:

Qimmatbaho toshlar va metallarga va sindikatga bo‘linadi.

7-kategoriya. Hujjatli akkreditiv va garantiya.

1) emissiya.

2) 3 bankning hujjatli akkreditivi.

3) hujjatli akkreditiv jo‘natmalari.

4) tasdiq va topshiriq.

5) Gamburg vakolati.

6) topshiriq va vakolatlarga bo‘linadi.

8-kategoriya. Yo‘l cheklari.

U o‘z navbatida:

1) sotiq va hisob.

2) o‘rnini qoplash.

3) Aktivni boshqarish turlarga bo‘linadi.

9-kategoriya. Aralash xabar.

U o‘z navbatida:

1) Debet – kredit tasdig‘iga.

2) Balans siyosatiga so‘rov.

3) Foiz stavkasining o‘zgarganligi haqidagi xabarnoma.

4) Mijoz schyotining ko‘chirmasi.

5) nastro ko‘chirmasi.

6) netto ko‘chirmasi.



n umumiy guruh.

to‘lov, foiz chiqim.

Bekor qilish to‘g‘risidagi so‘rov.

So‘rov va javob.

Erkin formatning xususiy xabarlari.

Xabar turlari umumiy tomoyil asosida tuzilgan. Ular dastlabki xabar belgisini (Start of Message), sarlavha (Header), xabarli tekst boshlanganligi to‘g‘risida belgi (Start of text), tekst xabari (text of Message) va xabar yakuni belgisidan iborat. Dastlabki qism va yakuniy xabar konvert hosil qiladi, unda xabar yuboriladi, u orqali xabarlarning tarmoqdagi harakati boshqariladi.

Ma’lumotlarning matni ikkilik kodi bilan belgilangan maydonchalar ketma-ketligidan iborat.

Misol. Mijoz jo‘natmasi – bu pulli topshiriq bo‘lib, bu jo‘natma boshqa bank mijoziga berilishi kerak. Xabarda kerakli maydonchalar bo‘lishi lozim.

Kerakli maydonchalar.


    1. 20: transaction Referency Number (provodka nomeri).

    2. 30: valyuta vaqti, valyuta kodi, summa.

    3. 40: mijoz to‘lovchi.

    4. 50: jo‘natma oluvchi mijoz.

Quyida unchalik kerak bo‘lmagan maydonchalar:

    1. 52S: jo‘natuvchi banki.

    2. 56S: uchinchi bank.

    3. 70: to‘lov detallari.

    4. 72: bank axboroti.

Interfeys kompleksi SWIFT terminali deb ham ataladi. Uni deyarli pochta stantsiyasi deb ham atash mumkin. U tarmoqda tanlangan protokol bilan almashish aloqasini ko‘zda tutadi. Bir vaqtning o‘zida interfeys kompleksi ma’lumotlar bazasida qayta ishlangan xabarlarni va qilingan operatsiyalarni saqlanishini ta’minlaydi va bir qator server funktsiyalarini bajaradi.

Texnik platforma sifatida Mikro EVM va super EVMlarni ishlatish mumkin.

Interfeysning Menva (IBM), Turboswist, Safe (wang), Swift alliance kabi turlari mavjud.

SWIFT xabarlarni himoya qilishni ta’minlaydi. Kommunikatsiya havfsizligi SWIFT xabarlarni shifrlash orqali himoya qiladi. Bu esa xabarlarni uchinchi shaxslar uchun yopiq qilib qo‘yadi. Xabarlar shunday shifrlangan bo‘ladiki, maxsus ruxsatnomasiz bu xabarlarni o‘qib bo‘lmaydi.


O’z-ozini nazorat qilish savollari
1. SWIFT nima?

2. SWIFTga azo bo’lish qanday amalga oshiriladi?

3. SWIFT qachon ishga tushirilgan?

4. SWIFT II qachondan ishga tushirilgan?



5. SWIFT xabarlari va ularning turlari?
Download 24.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling