Mavzu. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Sharq va G‘arb olimlarining tabiat va uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi qarashlari
Reja:
1. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ularning dunyoqarashlarini shakllantirish
3.Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining vazifalari.
4. Sharq mutafakkirlarining tabiatshunoslik
fani haqidagi ta’limotlari. Tabiat bilan
tanishtirishning pedagogik asoschilari.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Fanning asosiy maqsadi bolalarni tabiat bilan tanishtirish orqali jonli va jonsiz obyektlar haqida to‘liq ma’lumot berish, MTMlarda va oilada bolalarni tabiat bilan tanishtirish maqsadida o‘tkaziladigan metod va shakllarni o‘rganish.
Fanning vazifasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta’lim-tarbiya berishda, tabiat hodisalari, o‘simlik, hayvon hamda insonga bo‘lgan muhabbat haqidagi tushuncha va tasavvurlarni kengaytirish, oddiy ko‘nikmalarini hosil qilish, so‘z boyligini oshirish va yangi tushunchalarni hosil qilishdan iborat.
Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir.
Jonsiz tabiatga er, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o`simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi.
Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o`smaydi, ko`paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv havo ham suv ham kerak emas.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ularning dunyoqarashlarini shakllantirish
Insonning kelib chiqishi moddiy va ma’naviy talablariga ko’ra jonli va jonsiz tabiat bilan uzviy bog‘liqdir. Insonning biosferada tutgan o‘rni ikki tomonlama bo‘ladi-bu biologik, obyekt bo‘lib, muhitning fizik omillariga qaramdir, chunki bizni o‘rab turgan atrof-muhit borliqdan nafas oladi, oziqlanadi va modda almashishi natijasida tabiatning bizga bo‘lgan foydasini ko‘radi. Insonlar jonzotlardan ajralgan o‘ziga xos xususiyatlari bilan har doim ajralib turadilar.
`
Inson o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilishi natijasida ularning yangi zod, navlarini yaratadi, ko‘paytiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiat bilan bog‘chaga kelayotganda va bog‘chadan ketayotganda to‘qnash keladilar. Bunda bolalar ko‘chada ko‘rgan, eshitgan narsalari haqida bog‘chaga kelganlarida hammaga aytib beradilar. Bu esa bolalarga nutqining rivojlanishiga o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |