Paxtaga dastlabki ishlov berishda atmosferaga chiqadigan tozalangan changlar standarti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana08.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1464720
  1   2   3   4   5   6   7   8


Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 03 Issue: 02 | fab - 2023 ISSN: 2181-2608 
www.sciencebox.uz 
398 
PAXTAGA DASTLABKI ISHLOV BERISHDA ATMOSFERAGA CHIQADIGAN 
TOZALANGAN CHANGLAR STANDARTI 
Murodov Orif Jumayevich, Ph.D 
texnika fanlari bo„yicha falsafa fanlari doktori, dotsent 
Saidova Nozima A’lovidinovna 
Doktorant, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 
Annotatsiya: Maqolada paxta tozalash zavodlarida paxtaga dastlabki ishlov berishda har bir 
mashina agregatidan chiqadigan changlar miqdorining tahlillari va sog`liqni saqlash va atrof 
muhitni himoya qilish idoralari tomonidan ko`rsatilgan standartlar keltirilgan. Mashina 
agregatlaridan chiqadigan chang havo oqimi ЦС-6 va ВЗП-1200 siklonlarida tozalash 
samaradorliklari diagrammasi ishlab chiqilib, chang miqdorlari va ularning tarkibi haqida 
ma’lumotlar kelib chiqib tavsiyar berilgan. 
Kalit so‘zlar: changli havo, siklon, chang zarralari, paxta tozalash tizimi, mashina agregatlari, 
chang havo oqimi, agregat, mineral va organik moddalar, minerallar, chang massasi, atmosfera, 
atrof muhit. 
Paxta tozalash zavodlarida maxsulot sifatiga qanchalar e‟tibor berilsa, paxtaga dastlabki ishlov 
berishda hosil bo„ladigan changlarni atmosferaga tozalab chiqarilishiga ham shunchalik e‟tibor 
qilish va tegshli chora tadbirlarni ko„rish maqsadga muvofiqdiqdir. Ammo afsus, bizda bu 
narsaga juda past e‟tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda respublikamizda joylashgan paxta 
zavodlarini changsizlantirish chora tadbirlari qay yo„sinda olib borilmoqda va buning uchun 
siklonlar tozalash samaradorligi real holati qanaqa ekanligini baholi qudrat ochiqlaymiz. 
Paxta changi va uning xususiyatlari. Paxta zavodlarida chigitli paxtani dastlabki ishlash 
jarayonlarida paxtadan ma‟lum miqdorda chang ajralib chiqadi. Sog„liqni saqlash normalariga 
binoan har bir kubometr havoda chang miqdori 10 mg/m
3
dan ortiq bo„lmasligi va zavodlardan 
atmosferaga chiqarilayotgan havoning changi 150 mg/m
3
dan ortiq bo„lmasligi kerak. Paxta 
tozalash zavodlarida bu shartni bajarish uchun har bir mashinadan chiqayotgan havoni 
atmosferaga chiqarishdan oldin uni changidan tozalanadi. 
Chigitli paxtadan chiqadigan chang organik va mineral fraksiyalardan iborat:
Organik fraksiya g„o„za shoxlari, barglari va ko„saklarining maydalangan zarrachalari va 
maydalangan tola bo„lakchalaridan iborat. 
Mineral fraksiya tuproq, qum va boshqa terim vaqtida paxtaga qo„shilib qolgan jismlar 
zarrachalarndan iboratdir. 
Texnologik jarayon sxemasi boshlarida, ya‟ni chigitli paxtani transportnrovka qilish va 
iflosliklardan tozalash vaqtida undan asosan mineral chang ajralib, texnologik jarayon sxemasi 
oxirlarida, ya‟ni jinlash, lnnterlash, tolani tozalash va presslash paytlarida asosan changning 
organik fraksiyasi ajraladi. Pnevmotransport sistemasida ajralib chiqadigan changning 10. . .20% 
organik fraksiyasi bo„lib, 80. . .90% mineral fraksiyani tashkil qilsa, texnologik protsess sxemasi 
oxirida, ya‟ni jin va linter kondenserlardan chiqqan changning 80. . .90% ni organik fraksiya 



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling