1. Tabiiy resurslar / O‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]


Download 49.93 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi49.93 Kb.
#215632
  1   2
Bog'liq
745 25.11.2020




[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.01 Umumiy qoidalar;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.04 O‘rmon tuzish. O‘rmonlarning toifalarga bo‘linishi]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / O‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Respublika hududlarida o‘rmonzorlar, shuningdek, Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash, cho‘l va tog‘oldi hududlarda, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublika hududlarida o‘rmonzorlar, shuningdek, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish (keyingi o‘rinlarda — respublika hududlarida o‘rmonzorlar barpo etish) ishlarini davom ettirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarida 2021-yilda o‘rmonzorlar, shuningdek, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish hajmlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda respublika bo‘yicha jami o‘rmonzor barpo etilishi rejalashtirilgan 560 ming gektar yer maydonining 375 ming gektari — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘rmon fondi yerlari va Orol dengizining suvi qurigan hududlarida, 172 ming gektari — Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Orolbo‘yi hududlarida hamda 13 ming gektari — boshqa hududlardagi o‘rmon fondining tog‘, vodiy va to‘qay yerlarida barpo etilishi belgilansin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda respublika hududlarida o‘rmonzorlar barpo etiladigan maydonlarni belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazsin, bunda:

bir oy muddatda 2021-yil davomida respublika hududlarida barpo etiladigan o‘rmonzorlar uchun tegishli maydonlar hududlar kesimida aniqlanishini va ularning xaritasi ishlab chiqilishini;

o‘rmonzorlar barpo etish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha yer maydonlarining doimiy foydalanish huquqi asosida davlat o‘rmon fondiga ajratilishini;

ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan hududlar va belgilangan hajmlarda o‘rmonzorlar, shuningdek, “yashil qoplamalar” o‘z muddatida va sifatli barpo etilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:

respublika hududlarida o‘rmonzorlarning o‘z muddatida barpo etilishi bo‘yicha doimiy monitoring yuritsin va uning bajarilishini muvofiqlashtirib borsin;

Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun talab etiladigan cho‘l o‘simliklarining urug‘lari sifatli tayyorlanishini tashkil etsin;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda respublika hududlarida o‘rmonzorlar barpo etishga mo‘ljallangan loyihalar yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqib, Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin.

5. Quyidagilar Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari mahalliy budjetlarining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablag‘lar;

yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;

Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi mablag‘lari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-fevraldagi 132-son qaroriga asosan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga ajratilishi belgilangan 100 mlrd so‘m mablag‘dan 57 mlrd so‘m o‘tkazib berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati yuqorida qayd etilgan qarorda nazarda tutilgan mablag‘larning qoldiq qismi bo‘lgan 43 mlrd so‘m maqsadli mablag‘lar o‘n kun muddatda grafik asosida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishini ta’minlasin.

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlari hokimliklari Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun:

qo‘shimcha ishchi-xodimlarning jalb etish, ularni oziq-ovqat, maxsus kiyim-kechaklar va ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, cho‘l o‘simliklari urug‘lari zaxirasini jamg‘arish va ekish uchun uzluksiz yetkazib berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish vositalari bilan ta’minlash, vaqtinchalik bino va inshootlar qurish, aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlarini jalb etishni hamda zarur texnika va asbob-uskunalarni sotib olish va boshqa tadbirlarni tashkil etsin;

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda zaruratga ko‘ra, qo‘nish maydonchalari tashkil etilishini, ishchi-xodimlarni hududdagi yashash joyidan “yashil qoplamalar” barpo etish joyigacha bo‘lgan masofaga tashish uchun tadbirkorlik subyektlaridan shartnoma asosida zarur avtobus va urug‘ tashish uchun yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositalari ajratilishini ta’minlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yerlarni o‘zlashtirish, yer maydonlarini tomchilatib sug‘orish tizimini yaratish ishlariga o‘z kuch va vositalarini jalb etsin.

9. “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tegishli o‘rmon xo‘jaliklariga Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun jalb etilgan ishchi-xodimlar joylashgan vaqtinchalik yashash maskanlarini, istisno tariqasida, ajratilgan hajmlar doirasida va aholiga belgilangan narx asosida mavsum davomida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining murojaatiga asosan Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida belgilangan tartibda zarur aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratishda ko‘maklashsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlov e’lon qilingan muddatlarda Orol fojiasining salbiy oqibatlarini kamaytirish, o‘simlik va hayvonot dunyosini samarali muhofaza qilish hamda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish muammolarini hal etishga qaratilgan ilmiy loyihalarni tanlovlar asosida tashkil etilishini ta’minlasin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2020-yil 25-noyabr,

745-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 745-son qaroriga


ILOVA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarida 2021-yilda o‘rmonzorlar, shuningdek, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish hajmlari

gektarda


Download 49.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling