O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti arxitektura va Qurilish kafedrasi “Bino va inshootlar qurilishi” yo`nalishi 70730301«Bino va inshootlar qurilishi
Download 158.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bino va inshootlar qurilishi” yo`nalishi 70730301«Bino va inshootlar qurilishi (Inshootlar turlari buyicha)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan Mamirova Zohidaning
KIRISH Respublikamiz iqtisodiyoti strukturasini qayta qurish, ishlab chiqarish kuchlariga tayangan holda mustaqil iqtisodiyotni tuzgan yuqori samarali texnologiyani va bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan kichik biznesni, tadbirkorlikni rivojlantirish shaxsiy mulkdorlar sinfini tuzish har tamonlama milliy mafkurani (idelogiyani) paydo etish va rivojlantirish va ruhan tetik, jismoniy sog‘lom barkamol avlod barpo etish, qonunchilikni, huquqni mustahkamlash asosida olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy arxitektura-qurilish muammolarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bunda biz Amir Temur davridagi va temuriylar tajribalariga asoslanib, Markaziy Osiyodagi va dunyo miqyosidagi zamonaviy arxitektura va qurilish tarixidagi boy tajribaga va an’analarga suyangan holda uning yaxshi tomonlarini ochib olib borish lozim. 1991 yildan boshlab davlatimiz rahbarlari, xususan Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov qurilishda milliylikni tiklash, har bir oilani uy bilan ta’minlash vazifalarini bir necha bor ko‘rib chiqildi va Davlat hujjatlari qabul qilindi. Hukumat tomonidan taklifga ko‘ra har bir fuqaro er olib milliy arxitektura talablari asosida uy qurish huquqiga ega. Qo‘rinib turubliki, YUrtimizda binolarga qo‘yiladigan talab va kapital qurilish hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan malakali va zamon talablariga javob bera oladigan quruvchi kadrlarga bo‘lgan talabni oshiradi. SHuning uchun qurilish sohasidagi olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, Magistrlik dissertatsiya ishini bajarish uchun zarur grafik, qurilish-smeta va boshqa materiallar yig‘ish maqsadida Davlat standartida malakaviy amaliyotini o‘tash rejalashtirilgan. O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. SHaharlarimizni kompleks qurish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Jizzax,Urganch, Qarshi, Termiz, Samarqand va boshqa ko‘plab shaharlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarib bormoqda. Kapital qurilishning asosiy vazifasi fan - texnika taraqqiyotini jadallashtirish, hamda uy - joy binolari, kommunal - maishiy va sotsial - madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan ob’ektlar qurish negizida mamlakatimizning ishlab chiqarish potensialini yuksaltirishdan iborat. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi 30 yil mobaynida mamlakatimizda boshqa sohalar qatori qurilishda ham juda katta yutuqlarga erishildi. Ko‘plab hashamatli binolar, sport saroylari, yopiq bozorlar, zamonaviy ko‘cha va maydonlar, xiyobonlar va bog‘lar, turar joy binolari, kollejlar, litseylar va boshqa qurilgan imoratlar qurilish va arxitektura sohasidagi ishlarning keng ko‘lamidan dalolat berib turibdi. Bugungi kunda arxitektura ijtimoiy - iqtisodiy, estetik, demografik va ko‘p asrlik tarixiy madaniyat an’analarining birligini tiklamoqda. Ma’lumki, yangi turar joy va sanoat rayonlari va majmualarining qurilishi bilan bir qatorda bugungi kunda mavjud fondni modernizatsiyalash va qayta qurish masalalari muhim ahamiyatga egadir. Jamoat binolarini qurilishida shaharsozlik talablari katta ahamiyatga ega. SHaharsozlik normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan bir qancha ishlar olib borilmokda. Parlamentimiz yuqori palatasining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi mo‘ljallangan yangi tahrirdagi “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun kelajagimiz egalari hayotida muhim tarixiy voqea bo‘lishi kutilmoqda. Darhaqiqat, navqiron avlod har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatda o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tadbiq etuvchi muhim kuch, salohiyatli resurs hisoblanadi. Albatta, yoshlarni ijtimoiy, ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquq hamda majburiyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga qulay sharoit yaratish orqali ularni yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylantirish mumkin. Eng muhimi, mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishidan tortib, kasb-hunar egallashi, ishga joylashishi, uy-joyli bo‘lishi — barchasi davlat e’tiboridagi masala bo‘lib, buning uchun davlat organlari bilan bir qatorda, jamoat tashkilotlarining, keng jamoatchilikning sa’y-harakati yo‘naltirildi. 1.Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tadbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; Download 158.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling