O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti arxitektura va Qurilish kafedrasi “Bino va inshootlar qurilishi” yo`nalishi 70730301«Bino va inshootlar qurilishi


I.AMALIYOTNI MAQSADI VA VAZIFALARI


Download 158.5 Kb.
bet3/8
Sana19.04.2023
Hajmi158.5 Kb.
#1365920
1   2   3   4   5   6   7   8
I.AMALIYOTNI MAQSADI VA VAZIFALARI

“Bino va inshootlar qurilishi” (Energiya samarali binolar) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malakaviy amaliyotini o‘tashdan maqsad, o‘quv yili davomida fanlardan olingan nazariy bilimlarini mustahkamlab, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlovchi korxonalarning ish faoliyati, korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis-texnik xodimlarning ish faoliyatini o‘rganish hamda magistrlik dissertatsiya ishini bajarishda va malakaviy amaliyoti bo‘yicha hisobot yozishda kerak bo‘ladigan zarur materiallarni yig‘ishdir.


Qo‘yilgan maqsadga erish uchun quyida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish zarur bo‘ladi.
- loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlovchi korxonalarni strukturasi bilan tanishish;
- korxonalar tarkibidagi bo‘limlar va ularda faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis-texnik xodimlarning xizmat vazifalarini o‘rganish;
- korxonada ishni tashkil etish jarayoni va uni boshqarish bilan tanishish;
- loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash jarayonini o‘rganish va ularni tayyorlashda qatnashish;
- bino qurilmalarini loyihalashni progressiv usullarini o‘rganish,
-qurilish korxonasi barpo etayotgan energiya tejamkor zamonaviy qurilish ob’ektlari bilan tanishish;
-qurilish korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan katta ahamiyatga ega bo‘lgan qurilish ob’ektida ishlatiladigan zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallari, qurilish ishlari turlari va texnologiyalari bilan tanishish;
- Magistrlik dissertatsiya ishini bajarishda zarur bo‘ladigan materiallar yig‘ish va ular asosida hisobot yozish;
- har kungi bajarilgan ishlarni amaliyot kundaligiga qayd etib borish.


II.AMALIYOTNI O‘TISH TARTIBI

Magistrant malakaviy amaliyotiga jo‘natilishidan oldin “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasida xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi, amaliyot dasturi, bundan kelib chiqadigan vazifalar haqida suhbatdan o‘tadi. Kafedra tomonidan belgilangan amaliyot rahbari amaliyot o‘tash dasturi bilan talabalarni tanishtirib kundalik ish tartibi amaliyot kundaligini yuritish, hisobot uchun materiallar yig‘ish tartibi bilan tanishtiradi. Amaliyot o‘tish davrida talaba amaliyot o‘tiladigan korxonada har kuni korxona tomonidan biriktirilgan rahbar bilan ish olib boradi.


Malakaviy amaliyoti besh haftaga rejalashtirilgan bo‘lib, amaliyot davrida bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1: “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasida “Xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi” bo‘yicha suhbatdan o‘tish amaliyot dasturi bilan tanishish. Amaliyot kundaligini yuritish tartibi, amaliyot hisobotini yozish tartibini o‘rganish. Bitiruv oldi amaliyoti o‘tiladagan korxonaga borish u erda “Xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi” bo‘yicha suhbatdan o‘tish. Bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash jarayonini o‘rganish. Amaliyot o‘tiladigan korxonalar tarkibidagi bo‘limlar va ularda faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis-texnik xodimlarning xizmat vazifalarini o‘rganish. Bino qurilmalarini loyihalashni progressiv usullarini o‘rganish.
2- Korxona hujjatlari asosida barpo etilayotgan qurilish ob’ektlari bilan tanishish, qurilish korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan katta hajmga ega bo‘lgan qurilish ob’ektida ishlatiladigan energiya tejamkor qurilish materiallari, qurilish ishlari turlari va texnologiyalari bilan tanishish. Magistrlik dissertatsiya ishini bajarishda zarur bo‘ladigan materiallar yig‘ish va ular asosida hisobot yozish.



Download 158.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling