O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti arxitektura va Qurilish kafedrasi “Bino va inshootlar qurilishi” yo`nalishi 70730301«Bino va inshootlar qurilishi


Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga


Download 158.5 Kb.
bet2/8
Sana19.04.2023
Hajmi158.5 Kb.
#1365920
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
3.Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Ta’kidlash joizki, 2011-2016 yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta ob’ektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.
Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan davlat oliy ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari joriy qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalari o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni loyihalashtirishda ko‘llaniladigan yagona texnik topshiriq va talablar konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihachi tashkilot sifatida “Tashgiprogor” aksiyadorlik jamiyatini belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
XX asr oxirida xalqaro shaharsozlik amaliyotida ekoshaharlarning qator loyihaviy, ba’zida taxminiy, lekin “sog‘lom” kelajakga umid beruvchi konsepsiyalari paydo bo‘ldi.
Ustivor arxitekturaviy-shaharsozlik muhitni shakllantirishda ekologik standartlarni mukammallashtirishdagi tavsiyalar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:

  • alohida bino atrofini emas, balki butun shahar muhitini majburiy tizimlangan ko‘kalamzorlashtirish talablarini joriy etish;

  • muhandislik jihozlari va boshqarish tizimini avtomatlashtirishga tegishli ekostandart talablarini minimallashtirish;

  • jamiyatning sog‘lom rivojiga olib keluvchi, insonlar fikri va faoliyatini tabiat bilan uyg‘unlashgan yuksak sifatli hayot muhitini yaratishga sotsial - psixologik yo‘naltirilgan muhitni ekologiyalash;

Ko‘rilgan chora-tadbirlar oilalarni zamonaviy, sifatli, shinam uy-joy bilan ta’minlashga, qishloqda yangi muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini shakllantirishga ko‘maklashdi, qishloqning qiyofasini yangi darajaga ko‘tarish va shu asosda qishloq aholisining hayot darajasini yaxshilash va dunyoqarashini o‘zgartirish imkonini berdi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi 30 yil mobaynida mamlakatimizda boshqa sohalar qatori qurilishda ham juda katta yutuqlarga erishildi.
Istiqlolimizning eng buyuk yutuqlaridan biri - yurtimizda tarixan qisqa muddatda milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgani bilan bugun har qancha faxrlansak arziydi. Milliy davlatchiligimizning "Eng muhim qadriyatlarini belgilab beradigan asosiy Qonunimiz — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lib, ular orasida davlat xokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qo‘yilgan.



Download 158.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling