O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti arxitektura va Qurilish kafedrasi “Bino va inshootlar qurilishi” yo`nalishi 70730301«Bino va inshootlar qurilishi


Me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash


Download 158.5 Kb.
bet7/8
Sana19.04.2023
Hajmi158.5 Kb.
#1365920
1   2   3   4   5   6   7   8
4.Me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash. Me’moriy yodgorliklarni saqlab qolish umrini uzaytirish, ulardan foydalanish kabi masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi. Bu soha ham yangi arxitektura yaratish kabi mas’uliyatli va qiyin sohadir. Ko‘pincha me’moriy yodgorliklar o‘z funksiyalarini o‘tab bo‘lgan bo‘ladi. SHuning uchun unga yangi, ko‘pincha turizm tomosha ob’ekti funksiyasi beriladi yoki o‘z funksiyasi qoldiriladi. Ta’mirlash ishlari asosan uch yo‘nalishda olib boriladi:
a) Konservatsiya. Bunda yodgorlik saqlangan holatida asrab kelinadi, keyingi buzilishlardan himoya qilinadi;
b) Restavratsiya. YOdgorlik dastlabki holatiga qaytariladi. Bu ta’mirlashning murakkab va keng tarqalgan yo‘nalish hisoblanadi. Odatda bir yodgorlikning o‘zida bir necha davrlarda kiritilgan o‘zgartirishlar — tuzatish topiladikim, bular ham o‘ziga hos darajada asrashga loyiqdir;
v) Rekonstruksiya. Bunda yodgorlikni yangi maqsadga, masalan muzeyga moslashtirish mumkin.
Malakaviy amaliyot davomida loyiha tashkiloti barpo etayotgan joylarda ham bo‘ldim. U erda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdik. Qurilayotgan binolar loyiha bo‘yicha bunyod etilayotganligiga guvoh bo‘ldik.
Bu loyiha tashkiloti bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassalari, maktablar, turar –joy binolarini loyihalash bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan obod qishloq dasturi doirasida bir qancha ishlarni bajarib kelmoqda.

Malaka amaliyot davomida amaliyot raxbarim bilan doim alokada bo‘lib turdim.


Malaka amaliyot davrimda jamoat binolariga ham bordim. Bu erda qurilayotgan binolar bilan tanishdim. Mustaqillik yiligacha qurilgan binolarning hozirgi holatini o‘rganib chiqdim.


Oxirgi o‘n yillikda qurilish industriyasining rivojlanishini asosiy yo‘nalishlaridan biri energiya samaradorligini oshirish bo‘lib hisoblanadi. Xorijda foydalaniladigan binolarning issiqlikdan himoyasini yaxshilash bo‘yicha ishlanmalar, ishlab chiqarishga 70-yillar energetik krizisga turtki bo‘ldi, 1976-1980 yillaridan boshlab ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda issiqlikdan himoya qiluvchi tashqi to‘suvchi konstruksiyalarning me’yoriy kattaligi 2-3 barobar kattalashdi. Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan issiqlikdan himoya materiallariga qo‘yiladigan talablar tinimsiz oshmoqda, issiqlik o‘tkazuvchanlik me’yorlari ayrim qurilish konstruksiyalari, shuningdek barcha bino va inshootlar uchun ham shiddatlashdi. Bino va inshootlarni issiqlik himoyasi bir qancha amaliy maqsadlarni ko‘zda tutadi: qulaylik darajasini oshirish, issiqdan va tovushdan himoya, yoqilg‘i resurslarini tejash va foydalanish sarf-harajatlarini qisqartirish. Energiya jihatdan samarali binolar sarasiga nafaqat konstruksiyasi issiqdan himoyalangan binolar, balki shamollatish va issiqlik bilan ta’minlash sistemalari muhandislik echimlari mavjud binolar ham kiradi. Energiya samarali binolar konstruksiyasini rivojlantirish uchun turli binolardan foydalanish boy tajribasiga tayanish zarur. Binolarning energiya samaradorligi ko‘pgina omillar jamlanmasi bilan belgilanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy ko‘p qavatli jamoat binolaridan foydalanilganda devor va tirqishlardan 30%gacha issiqlik, deraza orqali esa- 18-30%, erto‘ladan- 5-10%, tomdan- 10-18%, shamollatish orqali-18% issiqlik yo‘qotiladi. Issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish uchun energiya tejashga kompleks yondashish kerak. Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, to‘suvchi konstruksiyalarning termik qarshiligini pasaytirish bino energiya samaradorligini ancha pasaytiradi. Faqatgina to‘suvchi konstruksiyani isitib, issiqlik yo‘nalishini kamaytirishga erishib bo‘lmaydi, chunki binoni atrof muhit bilan faol issiqlik almashish joylarida issiqlik ko‘proq yo‘qotiladi, bu joylar “sovuqlik ko‘prik”lari deb ham ataladi. Bunday qismlar qo‘shimcha orayopma plitalar yuk ko‘taruvchi devorlar bilan ulangan joyda, to‘suvchi konstruksiyalar va derazalarda, shuningdek uch qatlamli isitkichli konstruksiyalarda sifatsiz issiqlik himoyadan foydalanilganda hosil bo‘ladi.
SHuning uchun zamonaviy isitish sistemalari bino konstruksiyasi atrofida kompleks himoya issiqlik qobig‘ini yaratishni ko‘zda tutadi. Bunday qobiq tarkibida grunt bilan kontaktda bo‘luvchi zamin konstruksiyasini isitish qiya yoki yassi tomlar isitishi bilan uyg‘unlikda, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga musbat haroratni haydab beruvchi shamollatiladigan fasadlar o‘rnatish kiradi. Bu tadbirlar majmuasi “sovuq ko‘prik” hosil bo‘lishini oldini oladi, to‘siqni issiqlik qarshiligini oshiradi, konstruksiyaning foydalanish xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kondensat bo‘lishini oldini oladi. YAna bir jiddiy muammo derazalar orqali issiqlik yo‘qotilishidir. Derazalar maydoni kichraytirib, bu masala osongina hal qilingandek tuyuladi, lekin bu holda xona qulayligi va yorug‘lik mikroiqlimi buziladi. Bu muammoni echishning eng yaxshi yo‘li 2 yoki 3 qatlamli past issiqlik o‘tkazuvchan zamonaviy shishapaketlarni qo‘llashdir.
Yuqorida aytib o‘tilgan energiyani tejashning passiv jihatlaridan tashqari yuqori texnologiyalarni jalb qilingan eng yangi echimlarni aytib o‘tish o‘rinli. Binoga issiqlik kelishini va taqsimlanishini ta’minlovchi isitish intelektual sistemalari ko‘zda tutilmoqda, ya’ni zaruriy va etarli issiqlik miqdori o‘z-o‘zidan ta’minlanadi. Lekin bunday yondashuv keng tarqalgan neytral isitish sistemasiga muhim va ayrim hollarda aniq o‘zgartirishlarni kiritishni talab qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda malakaviy amaliyot menda juda keng imkoniyat va bilim berdi. Bu bilimlarimni men magistrlik dissertatsiyamda keng qo‘llayman.


Download 158.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling