Moliyaning mohiyati va funksiyalari. Moliya tizimi


Download 24.59 Kb.
bet1/2
Sana25.09.2023
Hajmi24.59 Kb.
#1687681
  1   2
Bog'liq
Reja


Mavzu: Moliyaviy tizim


Reja:
Kirish

  1. Moliyaning mohiyati va funksiyalari.

  2. Moliya tizimi.

  3. Moliya tizimini boshqarish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyootlar.

Kirish
Moliya tizimini boshqarish
O`zbekiston Respublikasida moliyaviy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va tuman (shahar) xokimliklari qoshidagi moliya organlari va boshqa organlar tomonidan boshqariladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlok vakolatlari jumlasiga boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish; Vazirlar Maxkamasining takdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining budjetini kabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish… kiradi.
Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining moliya bo`yicha me`yoriy xujjatlar doirasida moliyaviy masalalarni Respublika mikiyosida muvofiqlashtirishda, moliyani markazlashgan tartibda boshqarilishini ta`minlashda ahamiyati katta.
Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida Xalq xujaligida pul resurslarini hosil etish ularni taqsimlash va ishlatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
Jamiyatning ravnaqi, aholini farovonligi,yurtning tinchligini taminlash va boshqalarni amalga oshirish moliyaga borib taqaladi.
Moliya lotincha «Finansia» so`zidan olingan bo`lib pul hisob-kitoblarini bildiradi.Moliya so`zi dastlab XIII asrda Italiyada, keyin davlatning daromad va harajatlarini mohiyati sifatida XVI asrda Fransiyada ishlatilgan.
Hozirgi vaqtda Moliya –Yalpi ichki maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida turli markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tashkil etish va ulardan foydalanishdagi pul munosabatlar hisoblanadi.
Shuni takidlash lozimki , hamma pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarga kirmaydi. Jumladan, fuqarolik va chakana savdo o`rtasidagi (xattoki,chakana narxlar davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham) yuzaga keladigan pul munosabatlari davlat fuqarolik –huquqiy uslub bilan tartibga solishi tufayli moliyaviy munosabatlarga kirmaydi.
Moliyaviy munosabatlar-bu iqtisodiyot subyektlarning moliya resurslari xususidagi o`zaro aloqalari.
Moliya tarixiy kategoriya sifatida tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo`lgan va u bilan birgalikda mavjud. Moliyaning zarurligi davlatning mavjudligidan ham kelib chiqadi,chunki davlat o`z vazifasidan kelib chiqib atrof muxitni ximoya qilish, mudofa, ijtimoiy tartibni saqlash nomoddiy soxalarni pul bilan ta`minlash aholini nochar katlamlarini ijtimoiy jixatdan ximoya qilish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta`minlash maqsadida.markazlashgan pul jamg`armalarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib moliya – bu iqtisodiy pul munosabatlarining yig`indisi bo`lib, u yordamida yaratilgan jami ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo`li bilan korxona,tashkilot,birlashma va davlatni pul daromadlari va markazlashgan jamg`armalarini tashkil etish asosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va aholini moddiy va madaniy extiyojlarini qondirishni ta`minlashdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaning obyekti bo`lib korxona, birlashma va Xalq xujaligi tarmoqlarining pul jamg`armalari va moliyaviy rusurslarni tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog`lik bo`lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Moliyaning subyekti - bu moliya munosabatlarini ishtirokchilari, firmalar, davlat va nodavlat idoralaridan iborat yuridik va jismoniy shaxslar.
Moliyaviy siyosat - Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta`minlash yuzasidan moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan siyosat.
Moliyaning turli darajalari:
- Mikromoliya - bu firmalar, davlat va jamoat tashkilotlari moliya tizimini boshlang`ich va asosiy bug`ini hisoblanadi. Mikromoliyaning muhimligi ularda moddiy boylik yaratiladi. Ularning faoliyati jamiyatning iqtisodiy axvolini shakllantiradi. Uning asosiy resurslari bo`lib foyda, ish haqi, aksiya va obligatsiyalar, kredit,sug`urta to`lovi, subsidiya va boshqalar hisoblanadi.
Korxona qanchalik yaxshi ishlab foydali faoliyat ko`rsatsa,uni moliyaviy faoliyati shunchalik yaxshilanadi, soliqlar va boshqa to`lovlarni to`liq va o`z vaqtida amalga oshirishda har xil fondlarni tashkil etishga, xodimlarni rag`batlantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, xayriya va boshqalarga imkoniyat yaratiladi.
- Makromoliya – bu mamlakat doirasidagi va milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi davlat moliyasidan iborat.U umumdavlat moliyasi bo`lib,unga davlat budjeti, ijtimoiy sug`urta jamg`armasi, boshqa maqsadli jamg`armalar kiradi.
- Metomoliya – bu xalqaro doiradagi moliya bo`lib davlatlararo pul munosabatlarini anglatadi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namayon bo`ladi va u asosan qo`yidagilarga bo`linadi.
1. Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya ko`yidagilarda o`z aksini topadi.
- Yaratilgan yalpi ichki maxsulot dastlab korxonada,uni yaratishda ishtirok etgan xodimlarga, davlat budjetiga (soliq shaklida).
-Davlat moliyasi orqali har xil fondlarni shakllantirishga.
- Korxona va boshqalar o`z daromadlarining ma`lum qismini nodavlat va jamoa tashkilotlariga, ular tomonidan turli xayriya fondlarini tashkil etishga.
- Xayriya fondlaridan kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya etishga.
- Xonadonlar moliyasida –yaratilgan daromadni iste`mol va jamg`arma extiyojlariga taqsimlanishi.
2. Nazorat funksiyasi – Bu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan o`zviy bog`lik bo`lib, u moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qiladi.
Ushbu funksiyaning bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish ,Xalq xujaligining barcha bug`inlari ishini yakunlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini to`g`ri tashkil etilishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni taminlashdan iborat.
Moliyaviy nazorat umudavlat, ichki xo`jalik ,jamoa va mustaqil nazoratlarga bo`linadi.
Umumdavlat nazorati Oliy Majlis, Moliya Vazirligi, Soliq ,kredit muassalari davlat qumitalari, vazirliklar, maxalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilib unda pul mablag`larini shakllanishi va sarflanishi nazorati olib boriladi.
Ichki xo`jalik nazorati korxona,tashkilot va muassasalarning moliyaviy xizmatlari (hisob,hisobot va rejalashtirish) bo`limlari tomonidan pul mablag`larining shakllanishi va harajatlar ustidan nazoratni ta`minlaydi.
Jamoa nazoratini aloxida jismoniy shaxslar, o`z-o`zini boshqarish organlari va boshqalar ixtiyoriy ravishda olib boradi.
Mustaqil nazoratni mustaqil auditorlik firmalari amalga oshiradi.Bunda barcha xo`jalik subyeklari faoliyati natijalarining qonuniyligi, amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha va boshqalarga tegishli me`yoriy hujjatlarga mosligi, ularga amal qilinganligi nazoratdan o`tkaziladi.
Amalga oshirish muddatidan kelib chiqib moliyaviy nazorat birlamchi, joriy va yakuniy nazoratlarga ham bo`linadi.
Birlamchi moliyaviy nazorat korxonalar moliyaviy rejalarini budjet tashkilotlarini smetalarini, budjetlar loyihalarini va boshqalarni tuzish , ko`rib chiqish va tavsiflash bosqichlarida amalga oshiriladi.
Joriy moliyaviy nazorat rejalarni bajarilishi ,xo`jalik moliyaviy operatsiyalarini borishi jarayonida amalga oshirib, unda daromad va harajatlarni amalga oshirilishini to`g`riligi, o`z muddatidaligi tezkor va moslashuvchanlik asosida olib boriladi.
Yakuniy moliyaviy nazorat amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning to`g`riligi ,qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tekshirish, tahlil va audit qilish orqali amalga oshiriladi.
Shuning bilan birga ayrim mualliflar (A. O`lmasov,A Vaxobov, «Iqtisodiyot nazariyasi» Toshkent, 2006, 379-380 betlar ) moliyaning funksiyalariga rag`batlantirish, iqtisodiy axborot berish va ijtimoiy ximoya funksiyalarini ham kiritishadi. Bizning fondimizcha rag`batlantirish va ijtimoiy ximoya funksiyalari moliyaning taqsimlash funksiyasi natijasiligini, iqtisodiy axborot berish esa korxona ,tashkilot va muassasalarni funksional vazifalari ekanligini hisobga olib ularni moliyaning aloxida funksiyalariga ajratilishi maqsadga muvofiq emas.



Download 24.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling