1 тиллар таснифи


Download 90 Kb.
bet1/11
Sana21.04.2023
Hajmi90 Kb.
#1369080
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi javoblar


1 ТИЛЛАР ТАСНИФИ.
Hozirgi vaqtda er yuzida taxminan 2000-3000 ga yaqin til bor. Tilshunoslarning 1974 yilda Ispaniyada bo‘lgan yig‘ilishida ma’lum bo‘lishicha, er yuzi a holisi 2974 xil bilan gaplashar ekan. “Naselenie mira” (M., 1965) jurnalida yozilishicha, er yuzida 2000 dan ortiq til borligi qayd qilingan. Biroq tillar va til oilalarining aniq miqdorini aytish qiyin, chunki ayrim territoriyadagi tillar kam o‘rganilgan. Masalan, Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq a holisi o‘z tiliga ega. Lekin ularning tili xaqiqatan ham, mustaqil tilmi yoki faqat dialektikmi, bu ham mavhum.
Ko‘rinadiki, tillarning qancha ekanligini aniq belgilash ancha qiyin. Dunyo tillarini yirik dialektlarini ham xisobga olganda, er yuzida tillarning soni 5000 dan oshar edi. Birgina Hind istonning o‘zida 1951 yilgi ma’lumotga qaraganda, 720 ta til va dialekt bor. Shunisi ham borki, hozirgi vaqtda dialekt va til jihatdan kam o‘rganilgan territoriyalar ham mavjud bo‘lib, ularga Avstraliya, Okeaniya va Janubiy Amerikaning ba’zi mintaqalari kiradi.Oub ikx tili jahonda eng kam uchraydigan tillardan biridir, deb taxmin qilinayotir. Chunki, hozirgi kunda yagona kishi bu tilni biladi. U 82 yoshli turk deoqoni Tofiq Esenstdir.
Turkiya territoriyasida yashovchi alohida bir qabila ana shu tilda gaplashgan. Bir yarim asr muqaddam oub ikx tilida gaplashuvchi kishilarning soni 50 ming bo‘lgan. Bugungi kunga kelib esa faqatgina bir deoqon bu ajoyib tilni o‘zlashtirib olgan. Qizig‘i shundaki, bu tilda uchta unli tovush, 82 ta undosh tovush bor.
Germaniyada chiqadigan “Voxenpost” xaftalik gazetasining xabariga ko‘ra, ayni paytda Franstiya Fanlar Akademiyasining mutaxassislari Tofiq Esenst bilan hamkorlikda ishlab til grammatikasini o‘rganmoqdalar. Mutaxassislarni, ayniqsa, tilning lug‘at boyligi, so‘zlarning talaffuzi sirlari qiziqtirayotir.
Dunyo tillari va unda gapiruvchi kishilarning miqdori ham bir xil emas. Masalan, Hind va xitoy tillarida bir necha yuz milliondan ortiq a holi gaplashgani xolda, ba’zi tillarda bir necha ming kishi gaplashadi, xolos. Shu jihatdan ham dunyo tillarini mukammal tasnif qilish qiyin.
Tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarning eng asosiy, eng muxim belgilarini nazarda tutgan xolda guruxlarga ajratilishi tasnif deyiladi (tasnif lotincha sinflarga bo‘lishdir).
Dunyodagi tillar eng asosiy, eng muxim belgilari nazarda tutilgan xolda bir necha guruxlarga bo‘lib tasnif qilinadi.
Hozirgi vaqtda tilshunoslik fanida tillarni tasnif qilishda bir-biriga o‘xshamagan ikki xil prinstip: a) morfologik (tipologik), b) geneologik prinstip qo‘llaniladi.
Tipologiya bir tomondan, tillarni tasnif qilishning umumiy nazariyalari, qonun-qoidalari va usullarini o‘z ichiga olsa, ikkinchi tomondan u til sistemasi birliklarini umumiy belgisi, xususiyati asosida tasnif qilish bilan shug‘ullanadi. (Til sistemasi). Lingvistik tipologiya til sistemasi va strukturasi qonun-qoidalariga tayangan holda tilning umumiy va o‘ziga xos kategoriyalarini o‘rganadi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling