1 тиллар таснифи


ЛИНГВОМАДАНИЙ БИРЛИКЛАРНИНГ ТАҲЛИЛИ


Download 90 Kb.
bet10/11
Sana21.04.2023
Hajmi90 Kb.
#1369080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi javoblar

17 ЛИНГВОМАДАНИЙ БИРЛИКЛАРНИНГ ТАҲЛИЛИ.
XX asrning 90 – yillarida tilshunoslik bilan ma’daniyatshunoslik orasida yangi fan sohasi, lingvokulturologiya (lingvomadani-yatshunoslik) paydo bo’ldi. U tilshunoslikning mustaqil yo’nalishi sifatida tan olindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida deyarli barcha tadqiqotchilar ushbu nazaryaning ildizi V. fon Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar.
Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A. Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi:
1) fan shakllanishiga turtki bo’lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Fon Gumboldt, E.Benvnist, L.Vaysgerber, A.A. Potebnya, E.Sepir) kabi tilshunoslarning ishlari );
2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi;
3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi;
XXI asr boshiga kelib lingvokulturologiya dunyo tilshunosligidagi yetakchi yo’nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Lingvokulturologiya tilni madaniy fenomeni sifatida o’rganuvchi fan bo’lib, o’zaro aloqadorlikda bo’lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil etadi. Jumladan, V.N. Teliya bu haqida shunday yozadi: “Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog’i insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo’lgan inson to’g’risidagi antropologik paradigmaga xos bo’lgan yutuqlar majmuasidir” [3.222]
18 СИСТЕМА ВА СТРУКТУРА.
O’zaro bog’liq va shartlangan ikki va undan ortiq elementlarning munosabatidan tashkil topgan va yangi sifatga ega bo’lgan barharor butunlik sistema sanaladi. Til birliklari voqelanish belgasiga ko’ra ham, to’zilish (ontologik) tabiatiga ko’ra ham sistemadir. Masalan, har bir morfema bevosita ko’zatishda bir qancha shakliy va mazmuniy variantlar (allomorflar, morfema variantlari) orqali namoyon bo’ladigan umumlashma sifatida sistemadir. Shuningdeq har bir fonema ham bevosita nutq; jarayonida bir necha variantlar (allofonlar) orqali namoyon bo’ladigan umumlashma, butunlik sifatida sistema sanaladi. Bundan tashari morfema va undan yuqori birliklar-ning hammasi to’zilish (ontologik) tabiati jihatidan qurnlma (konstruktsiya) sifatida ma'lgum qurilish (konstruktiv) birliklarning o’zaro barharor sintagmatik munosabatidan tashkil topgan sistema hisoblanadi. Masalan, morfema ikki va undan ortiq fonemalarning o’zaro sintagmatik munosabatidan tashkil topadi va yangi sifatga ega bo’lgan butunlik sifatida sistema sanaladi (morfema bir fonemaning yangi sifatga ega bo’lib, morfemik sathga ko’tarilishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, u - unlilar sirasida fonema. Lekin shu fonema ko’rsatish olmoshi yoki III shaxs kishilik olmoshining moddiy asosi bo’lib xizmat qilnshi mumkin. Ikki birlik bo’lgan fonema va morfema o’rtasida sifat o’zgarishi ro’y beradi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling