1 тиллар таснифи
XIX АСР ЕВРОПА ТИЛШУНОСЛИК МАКТАБЛАРИ
Download 90 Kb.
|
tilshunoslik nazariyasi javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13 СТРУКТУР ТИЛШУНОСЛИКНИНГ АСОСЛАРИ ВА ЙЎНАЛИШЛАРИ
12 XIX АСР ЕВРОПА ТИЛШУНОСЛИК МАКТАБЛАРИ
Tilshunoslik maktablari Structuralism maktablari. "Yosh grammatiklar" maktabi. “Yosh grammatiklar” maktabining lingvistik qarashlari. Qozon lingvistik maktabi. Moscow lingvistik maktabi. Struktur tilshunoslik. Struktur tilshunoslik asoschilari va namoyandalari. Tilshunoslik maktablari ta'limotlarining asosiy mohiyati. Sossyur ta'limoti va strukturalism. Praga lingvistik maktabi. Neolingvistikaning shakllanishi. Glossematika maktabi ta'limoti. Deskriptiv lingvistikaning shakllanishi. Umumiy (universal) grammatika maktabi. F.de Sossyurning “Umumiy tilshunoslik kursi” asari. Til va nutq. Sinxroniya va diaxroniya. Fonologiyaning shakllanishi. Copenhagen tilshunoslik maktabi. Me'yoriy holatlardan chekinish, uzus va nutq faoliyati (akti)ning absolyutlashtirilishi. Neolinguistics. Arab tilshunosligining asoschilaridan biri Basra grammatika maktabining vakili Xalil al - Farohidi (taxminan 718-791y) birinchi arab tili lugatini yaratdi. U lugatini «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi») deb nomlab, unda grammatikaga oid muhim fikrlarni bayon etdi. Shuningdek, olim «Kitobul avomil» («Boshqaruvchilar kitobi») nomli asarni ham yozdi. Ammo bu asarlar bizgacha etib kelmagan. 13 СТРУКТУР ТИЛШУНОСЛИКНИНГ АСОСЛАРИ ВА ЙЎНАЛИШЛАРИ Strukturaviy tilshunoslik — tilshunoslik yoʻnalishlaridan biri; tilga nisbatan ilmiy qarashlar va uni tadqiq etish usullari majmui. Tilni aniq, ajralib turadigan struktur (tarkibiy) elementlar (lisoniy birliklar, ularning turkumlari va boshqalar)ga ega boʻlgan belgilar tizimi tarzida tushunish va tilni qatʼiy (aniq fanlarga oʻxshatib) formal tavsiflashga intilish mazkur qarashlar va usullar asosini tashkil etadi. St. oʻz nomini til strukturasiga boʻlgan alohida eʼtibori tufayli olgan. Til strukturasi (tuzilishi) esa, odatda, lisoniy tizimning muayyan sathlar doirasida iyerarxik (pogʻonali) bogʻlanishda joylashgan va tartibga solingan elementlari oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Tilni struktur jixatdan tavsiflash aniq bir matndan umumlashgan invariant (oʻzgarmas) birliklar (ran qoliplari, morfemalar, fonemalar)ni ajratish va ularni aniq, nutqiy boʻlaklar bilan munosabatini qatʼiy qoʻllanish qoidalari asosida aniqlashga imkon beruvchi tahlilni talab qiladi. St. gʻoyalari asosida strukturaviy (formal) grammatika yuzaga keldi, mashina tarjimasi bilan bogʻliq masalalar kun tartibiga olib chiqildi va maʼlum darajada oʻz yechimini topdi. Tilshunoslikda matematik tadqiqot usullarining keng qoʻllanishiga imkon tugʻildi. St. garchi 20-asrning 20— 30y.larida alohida yoʻnalish sifatida shakllangan boʻlsada, uning dastlabki kurtaklari qad. hind tilshunosi Panini asarlarida, oʻrta asrlardagi universal grammatikalarda, R.Dekart va G.V.Leybnitsning falsafiy lingvistik grammatikalarida uchraydi. Strukturaviy tilshunoslikning paydo boʻlishida I.A.Boduen de Kurtene, F.F.Fortunatov, E.Sepir, L.Blumfild, ayniqsa, F.seSossyurning ilmiy izlanishlari va amaliy faoliyati muhim rol oʻynagan. Strukturaviy tilshunoslikning konsepsiya va metodlari uning ayrim maktablari (Praga lingvistik toʻgaragi — funksional tilshunoslik; Kopengagen maktabi — glossematja; Amerika maktabi — deskriptiv tilshunoslik) hamda bu maktablarga mansub boʻlmagan E.Benvenist, A.Martine, L.Kurilovich, Ye.D.Polivanov va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling